Gʻusl
Qiyofa
Gʻusl (arabcha: غسل – choʻmilish) – pok boʻlish uchun butun badanni maxsus tartibda yuvish. Gʻusl jinsiy aloqa, ihtilom, hayzdan keyin farz boʻladi. Hanafiylik mazhabida gʻuslning sharti 3 ta – ogʻizni gʻargʻara qilish, burunni yaxshilab yuvish, badanning hamma joyini suv bilan poklash. Boshqa mazhablarda ogʻiz-burun chayish farz emas.
Islomda bir haftada bir marta (juma kuni), ikki hayit va arafa kunlari gʻusl qilish sunnat sanaladi. Gʻusl katta tahorat deb ham ataladi. Gʻusl mayitga nisbatan ham ishlatilib, bu ishni gʻassol (yuvgʻuchi) bajaradi[1] .
Qurʼondagi dalil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurʼonda gʻusl haqida Niso surasining 43-oyatida quyidagicha zikr qilingan:[2]
43. Ey iymon kеltirganlar! Mast holingizda, to aytayotgan gapingizni biladigan boʻlmaguningizcha, namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham, to gʻusl qilmaguningizcha. Magar yoʻldan oʻtuvchi boʻlsa, mayli. Agar bеmor yoki safarda boʻlsangiz, yoki sizdan biringiz hojatdan kеlsa, yoxud ayollarga yaqinlashgan boʻlsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq ila tayammum qiling. Bas, yuzlaringizga va qoʻllaringizga mash torting. Albatta, Alloh oʻta afv qiluvchidir, oʻta magʻfirat qiluvchidir. — „Tafsiri hilol“ kitobidan
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَقْرَبُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنتُمْ سُكَـٰرَىٰ حَتَّىٰ تَعْلَمُوا۟ مَا تَقُولُونَ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِى سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغْتَسِلُوا۟ ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَآءَ أَحَدٌۭ مِّنكُم مِّنَ ٱلْغَآئِطِ أَوْ لَـٰمَسْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَلَمْ تَجِدُوا۟ مَآءًۭ فَتَيَمَّمُوا۟ صَعِيدًۭا طَيِّبًۭا فَٱمْسَحُوا۟ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوًّا غَفُورًا
— Qurʼon, Niso surasi 43-oyat
Bundan tashqari Moida surasining 6-oyatida ham bu borada oyat kelgan:[3]
6. Ey, iymon kеltirganlar! Namozga turmoqchi boʻlsalaringiz, yuzlaringizni va qoʻllaringizni chigʻanoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mash tortinglar. Va oyoqlaringizni toʻpiqlari ila yuvinglar. Agar junub boʻlsalaringiz, poklaninglar. Agar bеmor yoki safarda boʻlsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kеlsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qilinglar. Undan yuzingizga va qoʻllaringizga mash tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik tugʻdirishni istamas. Ammo sizlarni poklashni va sizlarga Oʻz nеʼmatini batamom qilib bеrishni istaydir. Shoyadki, shukr qilsangizlar. — „Tafsiri hilol“ kitobidan
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ وَإِن كُنتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُوا وَإِن كُنتُم مَّرْضَى أَوْ عَلَى سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِّنكُم مِّنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُم مِّنْهُ مَا يُرِيدُ اللَّهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُم مِّنْ حَرَجٍ وَلَكِن يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
— Qurʼon, Moida surasi 6-oyat
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Gʻusl“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Gʻ-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- ↑ „Niso surasi“. Islom.uz. Qaraldi: 2025-yil 7-aprel.
- ↑ „Moida surasi“. Islom.uz. Qaraldi: 2025-yil 7-aprel.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |