Nahl surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isro    16–sura   Hijr
Nahl surasi — سورة النحل
Qurʼon nusxalaridan biridagi Nahl surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 128, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 16, qora rangda - Nahl surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 70, 3. Rukuʼsi soni - 16; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:16, 3. Nozil boʻlish tartibi:70, 4. Rukuʼsi:16, 5. Oyati:128, 6. Porasi (Juzi):14 deb koʻrsatilgan.
Sura16.pdf
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Asalari[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 267–281[4]
Juz 14
Sura raqami 16
Oyatlar soni 128
Sajda oyati 50-oyat[5]
Rukuʼlar soni 16[6]
Muqattaot harflari yoʻq[7]
Soʻzlar soni 1845
Harflar soni 7642
Nozil boʻlish tartibi 70[8]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
Tilovat tartibi
Isro surasi  Keyingisi 16 Oldingisi  Hijr surasi
Nozil boʻlish tartibi
Nuh surasi   Keyingisi 70 Oldingisi  Kahf surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg

Nahl surasi (arab. سورة النحل, nomining maʼnosi — Asalari[9][10]) — Qurʼonning 16-surasi. Makkiy suralardan biri, 128 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 267–281[11]-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 70-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi[tahrir]

Bu surada qiyomat soati yaqinlashib qolgani haqida xabar berish bilan boshlanadi. So‘ngra Tangri taolo o‘zining yakka-yolg‘iz ekani, yerdagi jonli-jonsiz butlar Unga sherik bo‘lolmasliklari xususida ogohlantiradi va yeru osmonlar, dengizlar, tog‘lar, vodiy va vohalar, osmondan tushib yerni ko‘kartirayotgan yomg‘ir, yerdan unib chiqib, osmonga intilayotgan nabotot, dengizlarda suzib borayotgan kemalar, kechalarda yo‘lovchi musofirlar uchun mayoq bo‘lgan yulduzlar va xususan bir tomchi suvdan yaralib butun borliqdan aziz va mukarram bo‘lgan inson — bularning barchasi bir dono va bilimdon Yaratguvchi Zot borligiga dalolat qilib turishi to‘g‘risida uqtiriladi. So‘ngra Alloh taolo ato etgan behisob neʼmatlarning shukrini ado qilish lozimligi, kufroni neʼmat qilgan ko‘rnamak kimsalarning oqibati halokat ekanligini bayon qiluvchi oyatlar keltiriladi. Sura nihoyasida payg‘ambar alayhis-salom va u kishining ummatlariga Allohning diniga ilmu hikmat va chiroyli pand-nasihat qilish bilan daʼvat etish hamda bu daʼvat yo‘lida chekiladigan jabru jafolarga sabr-toqat qilish amr etiladi. Tangri taoloning ojiz va mo‘‘jiz maxluqi bo‘lmish asalari xususida, uning ibratli hayot tarzi haqida hikoya qiladigan oyatlar o‘rin olgani uchun u „Nahl“ — „Asalari“ surasi deb atalgandir.

Manbalar[tahrir]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
  6. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  7. Qurʼondan koʻrilgan.
  8. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  9. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  10. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  11. 604 sahifali Qurʼonda.

NAHL SURASI

Keyingisi: Isro surasi Wikisource-logo.svg 16-sura — arabcha matni Oldingisi: Hijr surasi