Hud surasi
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Arabic Holy Quran (14mb).pdf |
---|
Hud surasi — سورة هود | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Hud (nom)[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 221–235[4] | ||||||||||||
Juz | 11-12 | ||||||||||||
Sura raqami | 11 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 123 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 10[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Alif, lom, ro.[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 1947 | ||||||||||||
Harflar soni | 7633 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 52[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Hud surasi (arabcha: سورة هود, nomining maʼnosi — Hud (nom)[8][9]) — Qurʼonning 11-surasi. Makkiy suralardan biri, 123 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 221–235[10]-sahifasida va 11-12-juzida joylashgan. 52-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mazmuni[tahrir]
Bu surada ham yolg‘iz Allohga, u zot yuborgan payg‘ambarlarga va ular keltirgan dinlarning haq ekaniga iymon keltirish, qiyomat kunida qayta tirilib, bu dunyoda qilib o‘tgan barcha yaxshi-yomon amallariga yarasha mukofot-jazo olishga ishonish islomiy aqidaning mohiyat-haqiqati ekani borasida so‘zlanadi. Bu surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuʼayb, Muso va boshqa payg‘ambarlarning qissalari ancha mufassal hikoya qilinadiki, bundan murod birinchidan, barcha mo‘minlarga ilgari o‘tgan payg‘ambarlar va ularni yolg‘onchi qilishlari sababli halokatga uchragan qavmlar haqida maʼlumot berish bo‘lsa, ikkinchidan, yaqinda ikki aziz kishisidan — amakisi — Abu Tolib hamda jufti haloli Hadichadan ajralib qolgan va mudom Makka mushriklari tomonidan ozor-aziyatlarga ro‘baro‘ bo‘layotgan Muhammad alayhissalomga o‘tmishdoshlarining hayotlari va ularning Haqqa daʼvat qilish yo‘lida chekkan mashaqqatlarini bayon qilish bilan taskin- tasalli berishdir.
Bu sura Qurʼoni Karimning aybu nuqsonlardan pok va nazmu mag‘ziga hech qachon, hech kim tomonidan xalal yetmaydigan ilohiy Kitob ekanini taʼriflash bilan boshlanib, Alloh taoloning bandalariga payg‘ambarlar yuborishdan ko‘zlagan hikmatini bayon etish bilan tugallanadi. Bu sura Alloh taolo tomonidan Od Qavmiga yuborilgan Hud payg‘ambar nomi bilan atalgandir.
Manbalar[tahrir]
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Yusuf surasi | ![]() |
Oldingisi: Yunus surasi |
![]() |
- Ref teglaridan foydalanilmagan maqolalar
- Makkiy suralar
- Sajda oyati yoʻq suralar
- Muqattaot harflari bor suralar
- 11-juz suralari
- 12-juz suralari
- 100 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar