Anfol surasi
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Arabic Holy Quran (14mb).pdf |
---|
Anfol surasi — سورة الأنفال | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Oʻljalar[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Madaniy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 177–186[4] | ||||||||||||
Juz | 9-10 | ||||||||||||
Sura raqami | 8 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 75 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 10[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 88[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Anfol surasi (arabcha: سورة الأنفال, nomining maʼnosi — Oʻljalar[8][9]) — Qurʼonning 8-surasi. Madaniy suralardan biri, 75 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 177–186[10]-sahifasida va 9-10-juzida joylashgan. 88-boʻlib nozil boʻlgan.
Suraning mazmuni[tahrir]
Ushbu surada so‘z, asosan, g‘azot — jang haqida borib, harbiy qonun-qoidalar, urush va tinchlik xolatlari hamda asir va o‘lja olish xususidagi Shariati islomiyyada bo‘lgan hukmlar bayon qilinadi.
Bu suraning «Anfol» — «Oʻljalar» deb nomlanishining sababi ham shudir.
U islom tarixidagi ilk jang — Badr jangidagi voqealarni batafsil hikoya qilgani uchun ayrim sahobalar uni «Badr» surasi, deb ham ataganlar. Islomiy g‘azotlar solnomasidan Badr jangi hijriy ikkinchi yilning Ramazon oyida Madinaning janubi-g‘arbida joylashgan Badr qishlog‘ida bo‘lib o‘tgani maʼlum. Bu jangda musulmonlar adadlari oz bo‘lishiga qaramasdan, askarlar sonida ham, harbiy qurol-anjomlarda ham o‘zlaridan bir necha barobar ortiq bo‘lgan mushriklar ustidan g‘alaba qozonib, dushmanning yetmish askarini halok qiladilar va yetmish kishini asir oladilar, katta o‘ljalarga ega bo‘ladilar. Jang tugaganidan so‘ng o‘ljalar taqsimotida ayrim musulmonlar o‘rtasida ixtilof chiqqanda, ularga pand-nasihat qilish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish bilan sura boshlanadi. Sura nihoyasida esa mo‘minlar vatan va millatlari bir-biridan qanchalar yiroq va xilma-xil bo‘lishidan qatʼiy nazar bir ummat ekanliklari, binobarin, kofir kimsalarning fitnalariga aldanmay, o‘zaro do‘st-birodar bo‘lib yashab o‘tishlari lozimligi uqtiriladi.
Manbalar[tahrir]
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Tavba surasi | ![]() |
Oldingisi: Aʼrof surasi |
![]() |
- Ref teglaridan foydalanilmagan maqolalar
- Madaniy suralar
- Sajda oyati yoʻq suralar
- Muqattaot harflari yoʻq suralar
- 9-juz suralari
- 10-juz suralari
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 100 oyatdan kam oyatli suralar
- 90 oyatdan kam oyatli suralar
- 80 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar