Yunus surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hud    10–sura   Tavba
Yunus surasi — سورة يونس
Qurʼon nusxalaridan biridagi Yunus surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 109, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 10, qora rangda - Yunus surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 51, 3. Rukuʼsi soni - 11; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:10, 3. Nozil boʻlish tartibi:51, 4. Rukuʼsi:11, 5. Oyati:109, 6. Porasi (Juzi):11 deb koʻrsatilgan.
Sura10.pdf
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Yunus (nom) [1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 208–221[4]
Juz 11
Sura raqami 10
Oyatlar soni 109
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 11[5]
Muqattaot harflari Alif, lom, ro.[6]
Soʻzlar soni 1841
Harflar soni 7425
Nozil boʻlish tartibi 51[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
Tilovat tartibi
Hud surasi  Keyingisi 10 Oldingisi  Tavba surasi
Nozil boʻlish tartibi
Hud surasi   Keyingisi 51 Oldingisi  Isro surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg

Yunus surasi (arab. سورة يونس, nomining maʼnosi — Yunus (nom) [8][9]) — Qurʼonning 10-surasi. Makkiy suralardan biri, 109 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 208–221[10]-sahifasida va 11-juzida joylashgan. 51-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi[tahrir]

Ushbu surada islomiy aqidaning asl mohiyati: Allohga iymon keltirish, Uning kitoblariga, payg‘ambarlariga, qayta tirilishga va qiyomat kunidagi jazo-mukofotga ishonish haqida so‘z boradi. U ilohiy kitoblarga, xususan Qurʼoni Karimga iymon keltirishga qizg‘in daʼvat qilishi bilan boshqa suralardan ajralib turadi.

Bu sura boshlab payg‘ambarlik va payg‘ambarlar haqida so‘zlab, Alloh avvalu oxir hamma bandalariga Oʻz payg‘ambarini yuborganini, binobarin, oxirgi payg‘ambar Muhammad alayhis-salomning kelishlaridan ajablanishga o‘rin yo‘qligini uqtiradi. Keyin xudo va bandaning haqiqati bayon qilinib, yaratgan bilan yaralgan orasidagi aloqa qanday bo‘lishi lozimligi aytiladi va odamlarga haqiqiy Parvardigorlari qanday zot ekanligi tanitilib, faqat Ungagina ibodat qilishlari durust va zarur ekanligi taʼkidlanadi. Yana bu surada mushriklarning Qurʼonga bo‘lgan munosabatlari haqida hikoya qilinib, bu Kitob haqiqiy ilohiy mo‘‘jiza ekani aytiladi, Va “uni Muhammad o‘zi to‘qib yozgan”, deb unga o‘xshash birgina sura yozib bersinlar, asossiz ekanligi oshkor etiladi.

Surada Nuh, Muso, Yunus kabi payg‘ambarlarning qissalari zikr qilinadiki, suraning nomi ham ulardan biri — Yunus payg‘ambar ismlari bilan atalgandir. Sura nihoyasida esa payg‘ambar alayhis-salomga faqat Allohning ko‘rsatma-vahiylariga amal qilish va Alloh yo‘lida chekiladigan ozor-mashaqqatlarga sabru toqat qilish amr etiladi.

Manbalar[tahrir]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

YUNUS SURASI

Keyingisi: Hud surasi Wikisource-logo.svg 10-sura — arabcha matni Oldingisi: Tavba surasi