Kofirun surasi
| Kofirun surasi — سورة الكافرون | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
| |||||||||||||
|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Kofirlar[1][2] | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 603[4] | ||||||||||||
| Juz | 30 | ||||||||||||
| Sura raqami | 109 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 6 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 1[5] | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 27 | ||||||||||||
| Harflar soni | 95 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 18[7] | ||||||||||||
|
| |||||||||||||
| Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Kofirun surasi (arabcha: سورة الكافرون, nomining maʼnosi — Kofirlar[8][9]) — Qurʼonning 109-surasi. Makkiy suralardan biri, 6 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 603[10]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 18-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu surada Islom dini kuchayib, tarqalib ketayotganini koʻrib, xavotirga tushib qolgan kofirlar paygʻambar alayhissalomni ham, sahobalarni ham bu toʻgʻri yoʻldan chalgʻitish gʻarazida u kishining oldilariga kelib: "Ey Muhammad, kel, bizlar sening Xudoyingni tan olib, Unga ham ibodat qilaylik, sen ham oʻz Xudoyingga qoʻshib, bizlarning butlarimizga ham sigʻingin", -deyishganida nozil boʻlgandir. Bu suradan koʻzda tutilgan maqsad — Paygʻambar alayhissalomni ham, u zotning to Qiyomatgacha keladigan barcha ummatlarini ham kofirlarning bunday nayranglariga uchmaslikka va yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishga daʼvat etishdir.
Tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alouddin Mansur tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
- (Ey Muhammad,) ayting: "Ey kofirlar!
- Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman.
- Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
- Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman.
- Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
- Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!"
Abdulaziz Mansur tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
- (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar!
- Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman.
- Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
- Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman.
- Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
- Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir".[11]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Kofirun surasi, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-13
| Keyingisi: Nasr surasi | Oldingisi: Kavsar surasi |
| Qurʼon suralaridan biri — Kofirun surasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Makkiy suralar
- Sajda oyati yoʻq suralar
- Muqattaot harflari yoʻq suralar
- 30-juz suralari
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 100 oyatdan kam oyatli suralar
- 90 oyatdan kam oyatli suralar
- 80 oyatdan kam oyatli suralar
- 70 oyatdan kam oyatli suralar
- 60 oyatdan kam oyatli suralar
- 50 oyatdan kam oyatli suralar
- 40 oyatdan kam oyatli suralar
- 30 oyatdan kam oyatli suralar
- 20 oyatdan kam oyatli suralar
- 10 oyatdan kam oyatli suralar
- 1 rukuʼli suralar
- 5 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar