Rahmon surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Voqea    55–sura   Qamar
Rahmon surasi — سورة الرحمن
Qurʼon nusxalaridan biridagi Rahmon surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 78, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 55, qora rangda - Rahmon surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 96, 3. Rukuʼsi soni - 3; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:55, 3. Nozil boʻlish tartibi:96, 4. Rukuʼsi:3, 5. Oyati:78, 6. Porasi (Juzi):27 deb koʻrsatilgan.
Sura55.pdf
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Mehribon[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 531–534[4]
Juz 27
Sura raqami 55
Oyatlar soni 78
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 3[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 96[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Voqea surasi  Keyingisi 55 Oldingisi  Qamar surasi
Nozil boʻlish tartibi
!   Keyingisi 96 Oldingisi  Muhammad surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg

Rahmon surasi (arab. سورة الرحمن, nomining maʼnosi — Mehribon[8][9]) — Qurʼonning 55-surasi. Madaniy suralardan biri, 78 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 531–534[10]-sahifasida va 27-juzida joylashgan. 96-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi[11][tahrir]

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Mehribon (Alloh)

2. Qurʼonni taʼlim berdi.

3. (U) insonni yaratdi.

4. Unga bayonni (nutqni) taʼlim berdi.

5. Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob bilan (joriydirlar).

6. Poliz ekinlariyu daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (boʻyin sunur).

7. Osmonni baland qilib qoʻydi va tarozini joriy qildi.

8. Toki, tarozida haddan oshmagaysizlar.

9. (Ey, insonlar, muomalada) vaznda adolat oʻrnatinglar va tarozidan urib qolmanglar!

10. (U) Yerni odamlar uchun (tekis qilib) qoʻydi.

11. Unda meva va gʻunchali xurmo daraxtlari bor.

12. Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor).

13. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

14. U insonni (Odamni) sopol yangliq quruq loydan yaratdi.

15. Jin (va shaytonlarni) esa olovdan yaratdi.

16. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

17. (Alloh) ikki mashriqning (yaʼni, kun va oy chiqadigan tomonlarning) ham, ikki magʻribning (kun va oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir.

18. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

19. U ikki dengiz (daryo)ni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qoʻydi.

20. (Ammo) u ikkisining oʻrtasida bir toʻsiq boʻlib, ular (oʻsha toʻsiqdan) oshib oʻtmaslar.

Izoh: Adan koʻrfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob al-Mandab boʻgʻozida va Atlas ummoni (Atlantika okeani) bilan Oq (Oʻrta Yer) dengiz tutashgan Jabali Toriq (Gibraltar) boʻgʻozida ikki dengiz suvi bir-biriga aralashmagan holda oqar ekan. Bu haqda 14 asr avval zikr qilinganligini bilgach, mashhur sayyoh kapitan Kusto ham Qurʼoni Karimning ilohiy moʻjiza ekanligini tan oldi.

21. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

22. U ikkisidan (dengizdan) marvarid va marjon chiqur.

23. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

24. Uning dengizda (yelkanlari) togʻlar kabi baland koʻtarilgan kemalari ham bordir.

25. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

26. (Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir.

27. Ulugʻlik va ikrom sohibi boʻlmish Rabbingizning „yuzi“ bogʻliy qolur.

28. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

29. Osmonlar va Yerdagi (barcha) jonzot (hojatlarini) Undan soʻrar. U har kuni faoliyatdadir.

Izoh: Alloh taolo kecha va kunduzning har bir daqiqa va soniyasida biror ishni qilib turgan boʻladi. Masalan, birovni kechiradi, birovning hojatini chiqaradi, kimningdir darajasini koʻtaradi, kimnidir pastlatadi, nimanidir yaratadi, kimlarnidir dunyoga keltiradi, kimlarnidir vafot ettiradi. Bu oyati karima Alloh shanba kuni yoki yakshanba kuni dam oladi deydigan qavmlarning aqidasi qanchalik puch ekanligiga dalildir. Zero, Alloh taolo mabodo bir lahza dunyoni tasarruf etishdan toʻxtasa, yeru osmon vayron boʻlib ketgan boʻlur edi.

30. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

31. Yaqinda (Qiyomatda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun foriq boʻlajakmiz, ey, insu jinlar!

32. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

33. Ey, jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va Yer hududlaridan oʻtib ketishga qodir boʻlsangizlar, oʻtib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz sira oʻtib keta olmassizlar!

34. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

35. (U Kunda) ustingizga olovdan iborat bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar (unga qarshi) yordam topa olmassizlar.

36. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

37. Bas, qachonki, (Qiyomat qoyim boʻlgach,) osmon yorilib, (jahannam haroratidan) yogʻ kabi qizarib qolganida,

38. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

39. Ana oʻsha Kunda na ins va na jindan (qilib oʻtgan) gunohi toʻgʻrisida soʻrab oʻtirilmas.

40. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

41. (Balki) jinoyatchi (osiy) kimsalar oʻz belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar (va jahannamga tashlanular).

42. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

43. Jinoyatchi (osiy)lar yolgʻon deydigan jahannam mana shudir.

44. Ular oʻsha (jahannam) bilan oʻta qaynoq suv oʻrtasida aylanib tururlar.

45. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

46. Parvardigori (huzurida) turishdan (soʻralishdan) qoʻrqqan kishi uchun ikki jannat (bogʻli) bordir.

47. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

48. (U ikki jannat bogʻli qalin) shox-novdalarga egadir.

49. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

50. U ikkisida ikki oqin chashma bordir.

51. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

52. U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir.

53. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

54. (Ahli jannat) astarlari shoyidan boʻlgan koʻrpachalar uzra yastangan hollarida (oʻtirurlar). U ikki jannat mevasi yaqindir.

55. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

56. U (jannat)larda shunday koʻzlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (qiz)lar borki, ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.

57. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

58. Ular (ning badanlari) goʻyoki yoqut va marjondirlar.

59. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

60. Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir.

61. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

62. U ikkisidan quyiroqda yana ikki bogʻ bordir.

63. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

64. Ikkisi (sersuv va sersoyalikdan) toʻq yashildirlar.

65. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

66. U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir.

67. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

68. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.

69. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

70. U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir.

71. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

72. (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir.

73. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

74. Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.

75. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

76. (Jannat ahli) yashil yostiqlar va goʻzal gilamlar uzra yastangan hollarida (oʻltirurlar).

77. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!

78. Ulugʻlik va ikrom sohibi boʻlmish Rabbingizning ismi barakotlidir.

Manbalar[tahrir]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
  11. [1]
Keyingisi: Voqea surasi Wikisource-logo.svg 55-sura — arabcha matni Oldingisi: Qamar surasi