Maryam surasi
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Arabic Holy Quran (14mb).pdf |
---|
Maryam surasi — سورة مريم | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Maryam (nom)[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 305–312[4] | ||||||||||||
Juz | 16 | ||||||||||||
Sura raqami | 19 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 98 | ||||||||||||
Sajda oyati | 58-oyat[5] | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 6[6] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Kaf, ha, yo, ayn, sod.[7] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 972 | ||||||||||||
Harflar soni | 3835 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 44[8] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Maryam surasi (arabcha: سورة مريم,) — Qurʼoni Karimning 19-chi surasi. Makkada nozil boʻlgan 98 oyatdan iborat.
Asosiy maʼnosi[tahrir]
Bu surada ham bir qancha payg‘ambarlar qissalari zikr qilinadi. Boshlab Zakariyo va uning keksalik chog‘ida ko‘rgan farzandi Yahyo haqida so‘zlanib, so‘ngra eng ajib va g‘arib qissa — Maryam va uning beota dunyoga kelgan va beshikda yotgan chog‘idayoq tilga kirib o‘zining kimligini aytgan farzandi Iysoning qissasi hikoya qilinadi va Yaratgan nazdida bu oson ish ekanligi taʼkidlanadi. Suraning Maryam deb nomlanishiga ham sabab shudir.
Yana bu surada Alloh taoloning payg‘ambarlaridan Ibrohim, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Horun, Ismoil, Idris va Nuhlarning nomlari ham zikr qilinib, ularning barchalari bir zanjirning halqalari ekanliklari, yaʼni Yagona Allohning diniga daʼvat etganliklari yana bir bor eslatib o‘tiladi.
Shuningdek, bu surada qiyomatning ayrim manzaralari, u kunning dahshatlari — jahannamga tashlanishlarini kutib, tiz cho‘kib turgan kofirlarning ahvoli ilohiy qalam bilan chizib beriladi. Lekin U zotning yolg‘iz Allohga bandalik qiladigan kishilarga bu dunyoda ham, u dunyoda ham rahm-shafqatli ekanligi taʼkidlanib, suraning bir necha o‘rinlarida Alloh kalimasining o‘rniga Rahmon-Mehribon so‘zi qo‘llanadi.
Sura nihoyasida Alloh taoloning farzand va sherikdan pok — tengi yo‘q zot ekani yana bir karra uqtirib o‘tiladi.
Manbalar[tahrir]
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
Keyingisi: Toha surasi | ![]() |
Oldingisi: Kahf surasi |
![]() |
- Ref teglaridan foydalanilmagan maqolalar
- Makkiy suralar
- Sajda oyati bor suralar
- Muqattaot harflari bor suralar
- 16-juz suralari
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 100 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar