Isro surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
| Isro surasi — سورة الإسراء | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
| |||||||||||||
|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Tungi sayr[1][2] | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 282–293[4] | ||||||||||||
| Juz | 15 | ||||||||||||
| Sura raqami | 17 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 111 | ||||||||||||
| Sajda oyati | 109-oyat[5] | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 12[6] | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq[7] | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 1559 | ||||||||||||
| Harflar soni | 6480 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 50[8] | ||||||||||||
|
| |||||||||||||
| Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Isro surasi (arabcha: سورة الإسراء, nomining maʼnosi — Tungi sayr[9][10]) — Qurʼonning 17-surasi. Makkiy suralardan biri, 111 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 282–293[11]-sahifasida va 15-juzida joylashgan. 50-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu surada ham boshqa Makka suralarida boʻlgani kabi eʼtiqod, Alloh taoloning yakka-yolgʻizligi, qayta tirilish aniq maʼlumligi borasida soʻz ketsa-da, undagi eng asosiy jihat paygʻambar Muhammad alayhissalomning shaxsiyatlari va u zotga Alloh tomonidan ato etilgan moʻjizalar taʼrif-tavsifidir. Bu sura Alloh taolo Oʻzining soʻnggi paygʻambariga koʻrsatgan "sayr" moʻjizasi haqida xabar berish bilan boshlanadi. Shu boisdan suraning nomi "Al-isro" — "Tungi sayr" deb atalgandir.
Bu surada Bani Isroil qavmi xususida ham soʻz yuritilib, ularning tugʻyon va isyonlari hamda oxirat-oqibat topajak musibatlari haqida xabar beriladi. Shuning uchun ayrim ulamolar uni "Bani Isroil" surasi deb ham ataydilar.
Bu sura moʻminlarga yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishdan keyingi eng zarur amal ota-onaga yaxshilik qilish, ularning huzurida taʼzim-tavozuʼ bilan turish, buyurgan ishlarini quloq qoqmay bajarish ekanini uqtiradi. Yana bu surada borliqdagi jonli-jonsiz barcha mavjudot oʻz vujudlari, oʻzaro bogʻlanishlari va bir tartib-intizomga soʻzsiz boʻyinsunishlari bilan ularni yaratgan ham, boshqarib turgan ham yolgʻiz Alloh taolo ekanligiga dalolat qilib turishi taʼkidlanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
| Keyingisi: Kahf surasi | Oldingisi: Nahl surasi |
| Qurʼon suralaridan biri — Isro surasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Makkiy suralar
- Sajda oyati bor suralar
- Muqattaot harflari yoʻq suralar
- 15-juz suralari
- 100 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar