Kavsar surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kofirun    108–sura   Moun
Kavsar surasi — سورة الكوثر
Qurʼon nusxalaridan biridagi Kavsar surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 3, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 108, qora rangda - Kavsar surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 15, 3. Rukuʼsi soni - 1; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:108, 3. Nozil boʻlish tartibi:15, 4. Rukuʼsi:1, 5. Oyati:3, 6. Porasi (Juzi):30 deb koʻrsatilgan.
Sura108.pdf
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Kavsar[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 602[4]
Juz 30
Sura raqami 108
Oyatlar soni 3
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 1[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 15[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Kofirun surasi  Keyingisi 108 Oldingisi  Moun surasi
Nozil boʻlish tartibi
Takasur surasi   Keyingisi 15 Oldingisi  Adiyat surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg

Kavsar surasi (arabcha: سورة الكوثر, nomining maʼnosi — Kavsar[8][9]) — Qurʼonning 108-surasi. Makkiy suralardan biri, 3 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 602[10]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 15-boʻlib nozil boʻlgan.

Tafsir[11][tahrir | manbasini tahrirlash]

“Kavsar” - Muxammad (a.s.)ga atab yaratilgan jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq, Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko'rmaydi. 1-oyat. Kavsar so'zining daryo va hovuzdan boshkd ma'nolari ham mavjud.

Masalan, Kavsar - bu kasir so'zining mubolaga siyg'asi, ya'ni juda ko'p (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato etdik, degan ma'noni ham anglatadi. 3-oyat. Sura oxirida Paygambar dushmanlarini ta'riflab, Alloh taolo ular - abtar, deydi. “Abtar” so'zining ham bir necha tafsirlari mavjud. Masalan abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o'chadigan; nasl-nasabi quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Paygambar (a.s.)ga nisbatan mushriklar bu so'zni qo'lab, undan o'g'il farzand qo'lmadi, demak uning nomi ham, zurriyoti xam qirqildi, deb ta'na qilganlarida, Alloh taolo shu qisqa sura orqali ularga raddiya bergan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
  11. Абдулазиз МАНСУР. Қуръони карим маьноларининг таржима ва тафсири. "Тошкент ислом университети”нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2004 й. 
Keyingisi: Kofirun surasi Wikisource-logo.svg 108-sura — arabcha matni Oldingisi: Moun surasi