Oli Imron surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
  Qurʼonning 3–surasi  
Oli Imron surasi — سورة آل عمران
Sura3.pdf
Suraning arabcha matni
Tasnifi Madaniy sura
Statistika
Sura raqami 3
Oyatlar soni 200
Sajda oyati yoʻq
Sahifasi 50–76[1]
Juz 3-4
Soʻzlar soni 3 530
Harflar soni 14 605
Arabcha matni ar.wikisource.orgda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg



Oli Imron surasi (arab. آل عمران, Imronning xonadoni) — Qur'oni Karimning uchinchi surasi. Madinada nozil bo'lgan 200 oyatdan iborat.

Asosiy mavzusi[tahrir]

Ushbu surada Madina shahridagi musulmon jamoatning hijratning ikkinchi yilida bo‘lib o‘tgan Badr jangi bilan uchinchi yilidagi Uhud jangi mobaynidagi va undan keyingi davrdagi hayotidan jonli lavhalar tasvirlanadi hamda bu voqealarga munosabat bildirilib, hukmlar bayon qilinadi.

"Oli Imron"da dinning asoslaridan bo‘lgan ikki narsa batafsil yoritiladi: birinchisi — aqida va Allohning birligiga aloqador dalilu hujjatlar; ikkinchisi — shariat qonunlari va xususan, Alloh yo‘lidagi kurash — jihodga taalluqli amru farmonlar.

Agar «Baqara» surasida ahli kitoblarning yahudiy qavmi va ularning kirdikorlari haqida so‘z ketgan bo‘lsa, “Oli Imron”da ahli kitoblardan bo‘lgan nasroniylar to‘g‘risida so‘z boradi va ularning Iyso alayhis-salomni xudo deb e’tiqod qilishlari xato ekanligi ochiq-ravshan dalillar orqali batafsil yoritiladi. Shuningdek, ularning ichida Qur’on va Muhammad alayhis-salomning payg‘ambarliklarini inkor qiluvchilar ham borligi ayti-lib, bunday munkirlarga aniq xujjatlar bilan javob qilipadi.

Bulardan tashqari, ushbu surada shariatning yana boshqa ko‘pdan-ko‘p ahkomlariga asos bo‘lgan oyatlar x,am bor. Bu surada Maryamning otasi bo‘lmish Imron va uning ahli oilasi haqidagi qissa zikr qilingani uchun «Oli imron» — «Imronning xonadoni» deb nomlangan.

Islomdan boshqa dinlar haqida[tahrir]

Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir. (85)

Eslatma[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Oli Imron surasi

Oldingisi: Baqara surasi Wikisource-logo.svg 3-sura — arabcha matni Keyingisi: Niso surasi


  1. 604 sahifali Qurʼonda.