Niso surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moida    4–sura   Oli Imron
Niso surasi — سورة النساء
Qurʼon nusxalaridan biridagi Niso surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 176, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 4, qora rangda - Niso surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 92, 3. Rukuʼsi soni - 24; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:4, 3. Nozil boʻlish tartibi:92, 4. Rukuʼsi:24, 5. Oyati:176, 6. Porasi (Juzi):4-6 deb koʻrsatilgan.
Sura4.pdf
Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Ayollar[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 77–106[4]
Juz 4-6
Sura raqami 4
Oyatlar soni 176
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 24[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Soʻzlar soni 3 712
Harflar soni 15 937
Nozil boʻlish tartibi 92[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
Tilovat tartibi
Moida surasi  Keyingisi 4 Oldingisi  Oli Imron surasi
Nozil boʻlish tartibi
Zalzala surasi   Keyingisi 92 Oldingisi  Mumtahina surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg

Niso surasi (arab. سورة النساء, nomining maʼnosi — Ayollar[8][9]) — Qurʼonning 4-surasi. Madaniy suralardan biri, 176 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 77–106[10]-sahifasida va 4-6-juzida joylashgan. 92-boʻlib nozil boʻlgan. Bu sura uzun suralardan biri hisoblanadi. U musulmonlarning ichki va tashqi ish faoliyatlariga doir shariat ahkomlari bilan to‘la bir suradir. Unda ayol, uy, oila, davlat, jamiyatga aloqador bo‘lgan muhim masalalarga javob beriladi hamda birovlarning qaramog‘idagi yetim-yesirlar va ularning haq-huquqlari to‘g‘risida so‘z boradi. Bu surada shuningdek, meros hukmlari ham batafsil bayon qilindi.

Bulardan tashqari, er-xotin o‘rtasidagi aloqalar — ularning bir-birlari oldidagi huquq va burchlari hamda er oilada boshliq ekani va bu huquqdan u qanday foydalanishi lozimligi haqida yo‘l-yo‘riqlar beriladi. So‘ngra oila doirasidan jamiyat miqyosiga chiqib, jamiyat mustahkam bo‘lishi uchun kishilar o‘rtasida birdamlik va mehr-shafqat, xolislik va bag‘rikenglik barqaror bo‘lishi zarurligi o‘ziga xos uslubda uqtiriladi. Bu surada boshqalardagiga nisbatan ayollarga oid shariat hukmlari ko‘p va batafsil bayon etilganligi sababli unga „Niso“ nomi berilgan.

Manbalar[tahrir]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Moida surasi Wikisource-logo.svg 4-sura — arabcha matni Oldingisi: Oli Imron surasi