Humaza surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fil    104–sura   Asr
Humaza surasi — سورة الهمزة
Qurʼon nusxalaridan biridagi Humaza surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 9, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 104, qora rangda - Humaza surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 32, 3. Rukuʼsi soni - 1; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:104, 3. Nozil boʻlish tartibi:32, 4. Rukuʼsi:1, 5. Oyati:9, 6. Porasi (Juzi):30 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Bo‘htonchi[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 601[4]
Juz 30
Sura raqami 104
Oyatlar soni 9
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 1[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 32[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Fil surasi  Keyingisi 104 Oldingisi  Asr surasi
Nozil boʻlish tartibi
Mursalot surasi   Keyingisi 32 Oldingisi  Qiyomat surasi
                                   

Humaza surasi (arabcha: سورة الهمزة, nomining maʼnosi — Bo‘htonchi[8][9]) — Qurʼonning 104-surasi. Makkiy suralardan biri, 9 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 601[10]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 32-boʻlib nozil boʻlgan.

Humaza — birovning ortidan imo ishoralar bilan gʻiybat qiluvchi shaxsdir. Surada dunyoparastlikka oʻta berilib, faqat boylikka suyanuvchi, oʻzgalarni pisand qilmay ustilaridan kuluvchi kufrga ketgan shaxslar qoralanib, ularning oxirati achinarli ekani uqtiriladi.

Asosiy mavzusi[11][tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Kishilar ortidan) gʻiybat qiluvchi, (oldida) masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy!

2. Qaysiki, u mol-dunyoni yigʻib, uni sanagani-sanagan

3. va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi deb oʻylab yurgan kimsadir.

4. Yoʻq! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur!

5. (Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?!

6.(U) yoqib qoʻyilgan Allohning bir olovidirki,

7. (u badanlarni teshib oʻtib) yuraklarga qadar yetur.

8. Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir.

9. (Oʻzlari) uzun ustunlarda (zanjirband) boʻlurlar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
  11. http://ziyouz.com/downloads/quran_uz_abd_mansur_ziyouz_com.pdf (PDF), 2016-02-05da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2016-02-11 {{citation}}: External link in |title= (yordam)
Keyingisi: Fil surasi 104-sura — arabcha matni Oldingisi: Asr surasi