Baxitli
Baxitli (Chimboy tumani) | |
|---|---|
| qishloq fuqarolar yig'ini | |
|
| |
| 42°59′23″N 59°40′25″E / 42.98972°N 59.67361°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Respublika | Qoraqalpogʻiston |
| tuman | Chimboy tumani |
| Hukumat | |
| • OFY raisi | Raxat Tajimuratov |
| Asos solingan | 1953-yil |
| Aholisi | 7 341 kishi |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +998 |
|
| |
Baxitli OFY – Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qarashli qishloq. Chimboy tumani tarkibiga kiradi[1]. Chimboy shahridan 15 km uzoqlikda joylashgan[2].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholi soni 7300ga yaqin. Xalqi, asosan, dehqonchilik, charvadorlik bilan shugʻillanadi[2].
1200dan ortiq oilada qoraqalpoq, oʻzbek, qirgʻiz va boshqird millatina mansub insonlar yashaydi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]OFY joylashgan yerda Ikkinchi Jahon urushi yillarida „Oktabrning 40 yilligi“ kolxozi joylashgan. 1953-yili „Baxitli“ ovul kengashi tashkillashtirilgan[2].
1971-yilda „Yangi qurol“, „Kommunizm“, „Ilich“, „Kunxoʻja“, „Dmitriev“, „Partsyezd“ xoʻjaliklari birlashmasi „Baxitli“ sovxozi (kengash xoʻjaligi) boʻlib qayta atalgan[2].
1993-yildan „Baxitli“ ovul fuqarolar yigʻini deb atala boshlagan[2].
Tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hududda 4 ta maktab, 2 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 ta qishloq vrachlik punkti, 3 ta oziq-ovqat doʻkonidan tashqari „Baxtli“ mashina-traktor parki, neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari boʻlimlari mavjud[2].
Avtomobillarga gaz va benzin quyish tarmogʻi, suyultirilgan ballonli gaz uzatish tarmogʻi xizmat koʻrsatadi[2].
Shuningdek, 44 ta fermer xoʻjaligi mavjud boʻlib, qishloq aholisi paxta, gʻalla, poliz mahsulotlari yetishtirish, shu bilan birga chorvachilik, bogʻdorchilik, baliqchilik bilan shugʻullanadi[2].
Raislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovxoz boʻlib tashkil etilganda dastlabki direktor boʻlib, koʻp yillar davomida Chimboy tumanida qishloq xoʻjaligining rivojlanishiga oʻzining fidokorona mehnati bilan katta hissa qoʻshgan Uzoqboy Bekimbetov tayinlangan[2].
Undan keyingi yillarda Qarjavboy Nurliboyev (1978), Jumaboy Jumaniyozov (1984), Baxit Mambetmuratov (1990), Marat Allamuratov (1997), Jumaboy Sirojatdinov (2002), Poʻlat Nurmanov xoʻjalikka rahbarlik qilgan[2].
1983-yili „Baxitli“ xoʻjaligidan P. Seytov nomidagi, „Ilich“ boʻlimlari asosida yangi xoʻjalik tuzildi. Bugungi kunda u Pashentau qishloq fuqarolar yigʻini deb ataladi[2].
„Baxitli“ sovxoziga Baxit Mambetmuratov direktor boʻlgan yillarda: 1990-yili bolalar bogʻchasi, 1991-yili 19-sonli maktab, 1994-yili qishloq vrachlik punkti, 1996-yili 27-sonli maktab qurilganini, tabiiy gaz olib kelinganini. Jumaboy Jumaniyozov ishlagan davrlarda (1984) ichki yoʻllar asfaltlandi[2].
Bu maskan 1993 yildan boshlab „Baxitli“ ovul fuqarolar yigʻini deb atala boshlaydi. Shundan buyon qishloq fuqarolar yigʻiniga Shodimurat Idayev, Joʻlimbet Seytimbetov, Davlatboy Qalilayev, Baxitboy Aliyev, Avazboy Yusupbayev, Toʻliboy Qalenov va boshqalar oqsoqollik qildi[2].
Chegaralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]OFY Qamishariq, Peshenttov, Toza joʻl, Qoʻsterak ovul va Gujimli makan fuqarolar yigʻini bilan chegaralangan[2].
Qishloqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Baxitli“ qishloq fuqarolar yigʻini oʻz tarkibiga 19 qishloqni birlashtiradi: Oqtoʻgʻin, Qulmon, Sermanjap, Abbos Keneges, Arshon, Oqmangʻit, Qorasirayroq, Shuyit, Abbosqoragʻon, Arsari, Jambas ariq, Noʻkarkoʻl va h.k[2].
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]OFY hududidan chiqqan taniqli insonlar:
- Esemurat Berdimuratov – qoraqalpoq tilshunosi;
- Srajatdin Axmedov – qoraqalpoq adabiyotshunosi;
- O‘rozboy Berdimuratov – kimyogar, professor;
- Almurod Elmuradov – biolog, biologiya fanlari doktori;
- Janabay Mamutov – jamoat arbobi;
- Siysengaliy Seksenbayev – oʻqituvchi;
- Janabay Jumaniyazov – jamoat arbobi;
- Arzayim Axmedova – pedagogika fanlari doktori;
- Serimbet Seytimbetov – falsafa fanlari nomzodi;
- Qallibek Ismoilov – oʻqituvchi;
- Qurbongul Ametova – shifokor;
- Allamurat Xo‘jasov – qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Baxitli haqida turkum mavjud |
