Kontent qismiga oʻtish

Abbosiy xalifalar roʻyxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abbosiy xalifadan yoʻnaltirildi)

Abbosiy xalifalar islom paygʻambari Muhammadning amakisi Abbos ibn Abdulmuttalib avlodidan boʻlgan Quraysh qabilasining Abbosiylar sulolasi vakillaridan islom xalifasi unvoniga ega boʻlganlar.

Ushbu oila 748—750-yillardagi Abbosiylar inqilobida Umaviylar xalifaligini agʻdarib, hokimiyat tepasiga kelgan. Sulola Abbosiylar xalifaligining hukmdorlari, shuningdek, 10-asrda shia Fotimiylar xalifaligi (909-yilda tashkil etilgan) va Qurtuba xalifaligi (929-yilda tashkil etilgan) ustuvorligiga qarshi chiqqaniga qadar Islomning umumeʼtirof etilgan ekumenik rahbarlari boʻlgan. Abbosiylarning siyosiy tanazzulga uchrashi Samarradagi anarxiya davrida (861—870) boshlangan hamda bu voqea musulmon dunyosining avtonom sulolalarga boʻlinishini tezlashtirgan edi. Xalifalar 936—946-yillarda oʻz hokimiyatlarini dastlab bir qator harbiy kuchlar, soʻngra Bagʻdodni qoʻlga olgan shia Buvayhiy amirlari hisobiga boy berdilar. 11-asr oʻrtalarida buvayhiylar oʻrniga sunniy saljuqiy turklar sulolasi ustuvorlikka erishgan va turk hukmdorlari oʻz hukmronliklari davrida „Sulton“ unvonini qabul qilishgan. Shunday qilib, Abbosiy xalifalari sunniy islomning umumeʼtirof etilgan syuzerinlari boʻlib qolishdi. 12-asr oʻrtalarida Abbosiylar saljuqiylardan mustaqillikka erishdilar, ammo Abbosiylar hokimiyatining tiklanish davri 1258-yilda moʻgʻullar Bagʻdodni tor-mor qilishi bilan yakunlandi.

Abbosiy xalifalarning koʻpchiligi „ummu al-valad“ (arabcha: أم الولد) degan statusga ega kanizak onadan tugʻilgan. Bu atama oʻz egasidan farzand koʻrgan choʻri ayolni anglatadi. Bu ayollar oʻzlarining goʻzalligi va aql-zakovati bilan mashhur edilar. Bu holatda mulkdor oʻz farzandlarining oʻzidan qonuniy ravishda erkin va toʻliq meros huquqiga ega boʻlish huquqini tan olishi va keyinchalik mazkur farzandlarning onalarini oldi-sotdi qilishdan voz kechishi mumkin edi[1]. Bu kanizaklar asosan Habashlar, armanlar, berberlar, Vizantiya yunonlari, turklar yoki hatto Sitsiliyadan edilar[2][3][4].

Abbosiy xalifalar (750-yil 25-yanvar – 1258-yil 20-fevral)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbosiy xalifalar roʻyxati[5][6]:

T/R Hukmronlik davri Hukmdorlik ismi Asl ismi Ota-onasi Muhim voqealar
1. 750 – 754-yil 8-iyun As-Saffoh Abulabbos Abdulloh
2. 754-yil 10-iyun – 775 Mansur Abū Jaʼfar Abdulloh
  • 754-yilda akasi xalifa As-Saffoh (abbosiylar sulolasining asoschisi) merosxoʻr etib tayinlagan.
  • Al-Mansur 753-yilda (hijriy 136) Makkaga ketayotib, xalifa deb eʼlon qilinib, keyingi yili qasamyod qilgan[7].
  • Bagʻdodning asoschisi va eng mashhur Abbosiy xalifalardan biri.
  • Hukmronligi davrida qochqindagi Umaviy shahzodasi Abdurahmon I Andalusda Kordova amirligiga asos solgan (756).
3. 775 – 785-yil 4-avgust Al-Mahdiy billoh Abū Abdulloh Muḥammad
  • Otasi merosxoʻr etib tayinlagan va otasining vafotidan soʻng, oʻrnini egallagan.
  • Mahdiy oʻz hukmronligini bir qancha siyosiy mahbuslarni ozod qilish, Makka va Madinaning muqaddas joylarini kengaytirish va bezash, haj ziyoratchilari uchun favvoralar va yotoqxonalar qurishdan boshlagan. Pochta xizmatini kengaytirdi, maxfiy xizmatni rivojlantirdi, shaharlarni mustahkamladi va qozilar sonini koʻpaytirdi. Hayratlanarli miqdorda koʻp xayriyalar ham qilgan[8].
4. 785-yil avgust – 786-yil sentyabr Al-Hodiy Abū Muḥammad Mūsā
  • Otasi tomonidan merosxoʻr etib tayinlangan va otasi vafotidan keyin hukmronligini boshlagan.
5. 786-yil 14-sentyabr – 809-yil 24-mart Horun ar-Rashid Horun
  • Otasi al-Mahdiy tomonidan ikkinchi merosxoʻr etib tayinlangan. Akasi al-Hodiy vafotidan keyin 786-yilda hukmronligini boshlagan.
  • Hozirgi Marokash hududi 788-yil Idrisiylar sulolasi hukmronligi oʻrnatilgunga qadar Abbosiylar qoʻl ostida boʻldi.
6. 809-yil mart – 813-yil 24/25-sentyabr Muhammad al-Amin Abū Mūsā Muḥammad
  • Otasi Horun ar-Rashid tomonidan birinchi merosxoʻr etib tayinlanib, 809-yilda otasining vafotidan keyin hukmronligini boshlagan.
  • Oʻgay akasi Abdulloh al-Maʼmunni merosxoʻrlik huquqidan mahrum qilishga harakat qilgan. 811-yilda Toʻrtinchi fitna nomini olgan fuqarolar urushi boshlandi. Amin Bagʻdod qamali natijasida taxtdan agʻdarilib, oʻldirilgan.
7. 813-yil sentyabr – 833-yil 9-avgust Maʼmun Abul Abbos Abdulloh
  • Otasi tomonidan ikkinchi merosxoʻr etib tayinlangan. Oʻgay ukasi Amin merosxoʻrlikdan mahrum qilishga harakat qilgan. Aminni taxtdan agʻdarib, 813-yildagi fuqarolar urushidan keyin oʻgay ukasi Aminning oʻrniga xalifa boʻldi. Fuqarolar urushida gʻalaba qozondi.
  • Tarjima harakatini yoʻlga qoʻydi, „Donishmandlar uyi“ni tubdan yangiladi. Turli sivilizatsiyalarga oid bilimlarni toʻplash va tarjima qilishda olimlarni tizimli qoʻllab-quvvatladi.
  • Hukmronligi davrida xalifalik Oʻrta yer dengizi orollari hisobidan hukmronligini kengaytirdi. Ayniqsa, Krit amirligi tashkil etildi (824/827) va Sitsiliyani musulmonlar bosib olishi boshlandi (827).
  • 833-yilda Maʼmun hukmronligining oxiriga kelib, Ibn Abu Duod xalifaning yaqin hamkoriga aylandi. Oʻlim toʻshagida yotgan Mamun unga ukasi va oʻrinbosari al-Muʼtasimga Ibn Abu Duodni oʻz maslahatchilari tarkibiga kiritishni tavsiya qildi[9].
8. 833-yil 9-avgust – 842-yil 5-yanvar al-Muʼtasim billoh Abu Isʼhoq Muhammad
  • Akasi Maʼmun rasmiy ravishda oʻz vorisi etib tayinlamagan. Tabariy bergan maʼlumotga koʻra, Maʼmun oʻlim toʻshagida yotganida oʻz oʻrniga oʻgʻli Abbosni emas, balki ukasining nomzodini koʻrsatish toʻgʻrisida maktub yozgan[10].
  • Turk gʻilmoni hokimiyat lavozimlarini egallay boshladi. Boshqaruvning harbiylashuvi va markazlashuvi kuzatildi.
  • 833-yildan Abbosiy amaldori Ahmad ibn Abu Duod boshchiligida mihna instituti boʻlgan moʻtaziliylikni rasmiy qoʻllab-quvvatlash boshlandi.
  • Samarra shahriga asos soldi. 836-yilda poytaxtni Samarraga koʻchirdi.
9. 842-yil 5-yanvar – 847-yil 10-avgust al-Vosiq billoh Abu Jaʼfar Horun
  • Otasi Muʼtasim oʻgʻli va merosxoʻrining boshqaruv tajribasiga ega boʻlishi uchun harakat qilgan.
  • Merosxoʻrlikka nomzodi otasi tomonidan koʻrsatilgan. Vosiq otasidan keyin xalifalik taxtiga oʻtirib, mamlakatni olti yil boshqargan. Vosiq shishish kasalligidan vafot etgan[11].
10. 847-yil 10-avgust – 861-yil 11-dekabr Mutavakkil Jaʼfar
  • Yosh shahzoda sifatida 842-yilda akasi Vosiq amir al-haj etib tayinlagan. Akasining hukmronligi davrida saroy aʼyoni boʻlib qolgan.
  • Moʻtaziliylikni rasmiy qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatib, mihnani bekor qilgan (848/851). Anʼanaviy diniy eʼtiqodga qaytgan.
  • Mutavakkil Abbosiylarning oxirgi buyuk xalifasi. Vafotidan keyin sulola tanazzulga yuz tutgan. Oʻgʻli Muntasir koʻmagida qoʻriqchilari tomonidan oʻldirilgan.
11. 861 – 862-yil 7 yoki 8-iyun al-Muntasir billoh Abu Jaʼfar Muhammad
  • Samarradagi anarxiya davrida hukmronlik qilgan.
  • Xalifa Mutavakkil (847—861) vafotidan keyin oʻgʻillariga xalifalikni meros qilib olish imkonini beradigan vorislik rejasini tuzgan edi. Unga koʻra, oʻrniga birinchi boʻlib toʻngʻich oʻgʻli Muntasir, soʻngra Muʼtazz va uchinchi oʻrinda Muayyad oʻtirishi kerak edi[12]. Biroq, Muntasir rejani oʻzgartirishga harakat qilib, deyarli muvaffaqiyatga erishdi.
  • Abbosiylar xalifaligi tanazzulga uchradi.
  • Aksariyat Abbosiy xalifalari kabi oʻz qavmdoshlari boʻlgan Banu Hoshimga vaqf bergan.
12. 862 – 866 al-Mustaʼin billoh Ahmad
13. 866 – 869 al-Muʼtazz billoh Abu Abdulloh Muhammad
  • Samarradagi anarxiya davrida hukmronlik qilgan.
  • Muʼtazz hukmronligi (866—869) davrida xalifalik markaziy hokimiyati tanazzulga uchrashining apogeyini va avtonom sulolalar paydo boʻlishi orqali ifodalangan siyosiy tarqoqlik tendensiyalarining eng yuqori choʻqqisi kuzatildi.
  • Turkiy harbiy ofitserlar tomonidan agʻdarilgan.
14. 869 – 870-yil 21-iyun al-Muhtadiy billoh Abu Isʼhoq Muhammad
  • Samarradagi anarxiya davrida hukmronlik qilgan.
  • Muhtadiy hukmdor sifatida islom olamida yuqori mavqega ega boʻlgan[13] umaviylar xalifasi Umar ibn Abdulazizga[14] taqlid qilishga intildi.
  • Samarradagi anarxiya yakunida turkiy harbiylar tomonidan oʻldirilgan.
15. 870-yil 21-iyun – 892-yil 15-oktyabr Muʼtamid Abul Abbos Ahmad
  • Muʼtamid hukmronligi „Samarradagi anarxiya“ning tugashi va Abbosiylar hokimiyatining qayta tiklanishining boshlanishi bilan xarakterlidir. Ukasi Muvaffaq harbiylarning sadoqatini taʼminlagan va akasiga katta taʼsir koʻrsatgan bosh qoʻmondon edi.
  • „Abbosiylar uygʻonishi“ning boshlanishi. Safforiylar qoʻzgʻolonining qaytarilib, Zanjilar qoʻzgʻolonining bostirilishi.
  • Misrda muxtor Tuluniylar sulolasining barpo etilishi, Movarounnahr, Fors, Sind va Panjob, Shimoliy Afrika, Oʻrta Sharq va Arabistonda Abbosiylar hukmronligining bosqichma-bosqich tanazzulga uchrashi.
16. 892-yil oktyabr – 902-yil 5-aprel al-Muʼtazid billoh Abul Abbos Ahmad
  • Muʼtamidning jiyani boʻlgan. Oʻz ismini merosxoʻrlar qatoriga qoʻshib, amakivachchasini merosxoʻrlikdan mahrum qilgan. Amakisining vafotidan keyin taxtni egallagan.
  • Muʼtazid hukmdor sifatida otasining qobiliyatlarini meros qilib olib, iqtisodiy va harbiy qobiliyati bilan ajralib turdi. Qattiqqoʻlligiga qaramay, Abbosiylarning eng buyuklaridan biriga aylandi[15].
  • „Abbosiylar uygʻonishi“ oʻz choʻqqisiga chiqdi. Jazira, Tugʻur, Jibalda xalifa hokimiyatining tiklanishi.
  • Poytaxtning Bagʻdodga qaytishi. Qarmatlarning missionerlik faoliyati va bosqinlarining boshlanishi.
17. 902-yil 5-aprel – 908-yil 13-avgust al-Muktafiy billoh Abu Muhammad Ali
  • Otasi xalifa Muʼtazid merosxoʻrlikka nomzod qilib koʻrsatgan.
  • Muʼtazid oʻzining toʻngʻich oʻgʻli va vorisi Ali al-Muktafiyni birinchi navbatda Ray, Qazvin, Qum va Hamadon viloyatlariga hokim etib tayinlash orqali vorislikka tayyorlagan.
  • Hukmronligi davrida Abbosiylar Misr va Suriyani Tuluniylardan butunlay tortib oldilar. „Abbosiylar uygʻonishi“ davri tugadi.
18. 908-yil 13-avgust – 929 al-Muqtadir billoh Abu Fadl Jaʼfar
19. 929 al-Qohir billoh Abu al-Mansur Muhammad
  • Birinchi hukmronlik davri.
  • Bosh qoʻmondon Muʼnis al-Muzaffar ikki kunga hokimiyatga chiqargan.
(18) 929 – 932-yil 31-oktyabr al-Muqtadir billoh Abu Fadl Jaʼfar
(19) 932-yil 31-oktyabr – 934 al-Qohir billoh Abu al-Mansur Muhammad
  • Ikkinchi hukmronlik davri.
  • 932-yil 31-oktyabrda akasi taxtdan agʻdarilib, oʻldirilganidan keyin xalifalik taxtini egallagan.
20. 934 – 940-yil 23-dekabr ar-Radiy billoh Abul Abbos Ahmad/Muhammad
  • Dastlab otasi Muqtadir tomonidan merosxoʻr etib tayinlangan. Amakisi Qohir vafotidan keyin taxtga oʻtirdi.
  • Ar-Radiy koʻpincha oxirgi haqiqiy xalifa sifatida tilga olinadi. Jumladan, juma namozlarida nutq soʻzlagan, faylasuflar bilan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun majlislar oʻtkazgan yoki davlat ishlari boʻyicha maslahatlashgan oxirgi xalifa edi. Shuningdek, muhtojlarga nafaqa tarqatish yoki zolim zobitlarning qattiqqoʻlligiga qarshi turgan oxirgi xalifa ham edi.
21. 940 – 944 al-Muttaqiy billoh Abu Isʼhoq Ibrohim
  • Soʻnggi Abbosiylar davrining boshlanishi.
  • Akasi ar-Radiy vafotidan keyin harbiylar tomonidan tayinlangan.
  • Amir ul-umaro Tuzun hokimiyatdan agʻdarib, koʻzini koʻr qilgan.
22. 944-yil sentyabr – 946-yil 29-yanvar al-Mustakfiy billoh Abdulloh
23. 946-yil 29-yanvar – 974 al-Mutiy lilloh Abul Qosim al-Fadl
  • Amakivachchasi Mustakfiyning oʻrnini egalladi. Hukmronligi davrida buvayhiylarning taʼsiri kuchaydi.
  • Buvayhiy amiri Muizz ud-Davlaning qoʻllovi bilan hokimiyatni egallagan.
  • Hukmronligining soʻnggi yillarida Abbosiylar Misr, Falastin va Hijoz ustidan nazoratni butunlay yoʻqotdilar.
  • 970-yilda insultdan keyin boshlangan qisman falajlanish tufayli kuchsizlanib qolgan al-Mutiy sogʻligʻini bahona qilib taxtdan voz kechishga majbur boʻldi. Oʻrniga oʻgʻli Abdulkarim at-Toiy (h. 974–991) 5-avgust kuni taxtga chiqdi.
24. 974 – 991 At-Toiy amrilloh Abdulkarim
  • Otasi al-Mutiy tomonidan merosxoʻr etib tayinlangan va 970-yilgi insultdan keyin boshlangan qisman falajlik tufayli otasi taxtdan voz kechgan.
  • Hukmronligi davrida Suriya qarama-qarshi guruhlar – Fotimiylar va Karmatlar oʻrtasida parchalanib ketgan. Buvayhiylar esa ichki nizolashayotgan guruhlarga boʻlinib ketishdi. Buning ustiga Vizantiya imperatori John Tzimisces 975-yilda sharqqa hujum qilib, gʻalaba qozondi. Oʻn yetti yillik xalifalik qilgan aṭ-Ṭaʼiʼ 991-yilda taxtdan tushirildi.
  • Buvayhiy amiri Baho ud-Davla tomonidan taxtdan tushirilgan.
25. 991-yil 1-noyabr – 1031-yil 29-noyabr al-Qodir billoh Ahmad
  • Amakivachchasi xalifa at-Toiyning oʻrniga oʻtirgan.
  • Hokimiyatni egallashini buvayhiy amiri Baho ud-Davla qoʻllab-quvvatlagan.
  • Hukmronligi davrida musulmon hukmdorlariga sulton unvonini bergan. Sultonlar keyingi barcha Abbosiy xalifalarning diniy noiblari boʻlib qoldilar.
  • Anʼanaviy sunniylikni qoʻllab-quvvatlagan. Bagʻdod manifestini nashr ettirgan.
26. 1031-yil 29-noyabr – 1075-yil 2-aprel al-Qoim bi-amrilloh Abu Jaʼfar Abdulloh
27. 1075-yil 2-aprel – 1094-yil fevral al-Muqtadiy bi-amrilloh Abul Qosim Abdulloh
  • Abbosiy shahzodasi Muhammad Zakirat va arman kanizak Ummu valaddan tugʻilgan[16].
  • Saljuqiylar sultoni Malikshoh xalifani sharaflagan. Hukmronlik davrida xalifalik Saljuqiylar sultonligining butun hududida tan olingan. Fotimiylardan qutulgan Muqaddas shaharlar bilan bilan birga Hijoz yana Abbosiylar yurisdiktsiyasini tan oldi.
28. 1094-yil fevral – 1118-yil 6-avgust al-Mustazhir billoh Abul Abbos Ahmad
  • Otasidan keyin xalifa boʻlgan. Soʻnggi Abbosiylar davrining mashhur xalifasi edi.
  • Suriyada birinchi salib yurishining boʻlib oʻtishi. Mavdudning Levant sohilidagi musulmon yerlarini qayta egallash uchun salib yurishlariga qarshi kurashga hissa qoʻshgani bilan mashhur.
29. 1118-yil 6-avgust – 1135-yil 29-avgust al-Mustarshid billoh Abu Mansur al-Fadl
  • Otasining oʻrniga xalifa boʻldi. Soʻnggi Abbosiylar davrining taniqli xalifasi va arab shoiri ham edi.
  • Mustarshid oʻz vaziri Amiduddavlo Jaloliddin Hasan ibn Alini lavozimidan boʻshatib, qamoqqa tashladi. Oradan bir yil oʻtib Ahmad ibn Nizomulmulkni ham vazirlikdan boʻshatdi.
  • Magʻribda Almohodlar imperiyasining tashkil topishi (1121). Almohadlar Abbosiylarga qarshi boʻlishgan.
30. 1135-yil 29-avgust – 1136 Ar-Rashid billoh Abu Jaʼfar al-Mansur
  • Otasi merosxoʻr etib tayinlagan. Otasi suiqasd natijasida oʻldirilganidan keyin taxtni egallagan.
  • Saljuqiylar sultoni Gʻiyosiddin Masʼud tomonidan taxtdan agʻdarilgan.
  • Rashid Billohni saljuqiylar taxtdan agʻdargan va Isfahonga qochib ketgan. U yerda 1138-yil iyun oyida toʻrtta shia Nizoriy ismoiliylari (qotillar) tomonidan oʻldirilgan. Bu voqea Alamutda bir hafta nishonlangan[17].
31. 1136 – 1160-yil 12-mart al-Muqtafiy li-amrilloh Abu Abdulloh Muhammad
32. 1160-yil 12-mart – 1170-yil 20-dekabr al-Mustanjid billoh Abu Muzaffar Yusuf
  • Otasidan keyin xalifalik davri boshlangan.
33. 1170-yil 20-dekabr – 1180-yil 30-mart al-Mustadiy bi-amrilloh Hasan
  • Mustadiy otasi Mustanjiddan xalifalikni meros qilib olgan.
  • Oʻzi ishlab topgan mablagʻ hisobidan tirikchilik qilgan. Shuning uchun zobitlari bozorda xalifa oʻz qoʻli bilan tayyorlagan koʻrpachalar sotishgan.
  • Siyosiy va diniy hokimiyatini butun Yaqin Sharq, ayniqsa Misr hukmdori Salohiddin ham tan olgan. Xalifa Mustadiy Salohiddinga sulton unvonini bergan. Shuningdek, muqaddas shaharlar: Makka, Madina va Quddus ham uning boshqaruviga berilgan.
  • 1171-yilda Fotimiylar xalifaligi tugatilib, Salohiddin boshqaruvi ostidagi Misrda Abbosiylar hokimiyati tiklandi.
34. 1180-yil 2-mart – 1225-yil 4-oktyabr An-Nosir Abul Abbos Ahmad
  • Salohiddin tomonidan Quddusning salibchilardan tortib olinishi (1187).
  • An-Nosir soʻnggi Abbosiylar davrining nufuzli xalifasi boʻlgan.
  • Tarixchi Angelika Hartmanning yozishicha, An-Nosir Abbosiylar xalifaligining samarali boshqara olgan soʻnggi xalifasi boʻlgan[18].
  • Siyosiy va diniy hokimiyati butun Yaqin Sharqda, xususan, Salohiddinning Ayyubiylar sulolasi hududida ham tan olingan.
35. 1225-yil 5-oktyabr – 1226-yil 11-iyul az-Zohir bi-amrilloh Abu Nasr Muhammad
  • 1189-yilda merosxoʻr etib tayinlangan. Otasining vafotidan keyin taxtga chiqqan.
  • Qisqa hukmronligi davrida soliqlarni pasaytirdi va bosqinlarga qarshi tura oladigan kuchli qoʻshin tuzdi. 1226-yil 10-iyulda, taxtga oʻtirganidan 9 oy oʻtib vafot etdi.
  • Oʻzining qisqa hukmronligi davrida Sharqiy Islom olamining baʼzi qismlarida halokatli moʻgʻul istilosi boshlanganini koʻrdi.
36. 1226-yil 11-iyul – 1242-yil 2-dekabr al-Mustansir billoh Abu Jaʼfar al-Mansur
  • Otasi xalifa az-Zohirdan keyin xalifalik taxtiga chiqdi.
  • Mustansir soʻnggi Abbosiylar davrining oxirgidan oldingi xalifasi edi.
  • Hukmronligi davrida Sharqiy Islom olamini moʻgʻullar bosib olgan. Buxoro, Samarqand kabi buyuk shaharlar vayron boʻlib, millionlab musulmonlar oʻldirilgan.
37. 1242-yil 2-dekabr — 1258-yil 20-fevral al-Mustaʼsim billoh Abdulloh
  • Soʻnggi Abbosiylar davrining soʻnggi xalifasi
  • Abbosiylar sulolasining tugashi. Mustaʼsim tan olingan eng soʻnggi musulmon xalifasi ham edi. Uning oʻlimi xalifalikning Yaqin Sharqdagi siyosiy va diniy tuzilma sifatida to‘liq tugatilishini belgilab berdi.
  • 15 yil, 2 oy, 15 kun hukmronlik qilgach, moʻgʻullar Bagʻdodni talon-taroj qilishi bilan qatl etilgan.

Qohira xalifaligi (1261-yil 13-iyun — 1517-yil 22-yanvar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1261-yilda Abbosiylar sulolasi hokimiyati Qohirada mahalliy mamluk sultonlari homiyligida sulolaning kadet boʻlimi tomonidan qayta tiklandi. Biroq, bu xalifalar sof diniy va ramziy shaxslar edi. Amalda esa hokimiyat Mamluklar qoʻlida edi. Qohirada qayta tiklangan xalifalik 1517-yilda Usmonlilar Misrni zabt etgunga qadar davom etdi. Shundan soʻng xalifa unvoni Usmonlilar sulolasiga oʻtdi.

Qohira Abbosiylari, asosan, Ayyubiylar sulolasi hukmronligidan keyin paydo boʻlgan Mamluklar sultonligi homiyligi ostidagi ramziy xalifalar edi[19][20].

T/R xalifalik davri Hukmdorlik ismi Asl ismi Ota-onasi Muhim voqealar
1. 1261-yil 13-iyun — 1261-yil 28-noyabr al-Mustansir billoh Abulqosim Ahmad
  • Mamluk hukmdori Baybars homiyligidagi Qohira Mamluk xalifaligining asoschisi.
  • 1261-yilda soʻnggi Abbosiylar hukmdorlari oʻrniga Qohirada Mamluklar sultonligi xalifalari oʻtirdilar.
  • 1261-yilda mamluk sultoni Baybars Misrning Qohira shahrida xalifa etib tayinlagan. Shuningdek, xalifa unvoniga Halab hukmdori Aqqush al-Burliy xalifa etib tayinlagan al-Hakim I ham daʼvo qilgan.
2. 1262-yil 16-noyabr — 1302-yil 19-yanvar al-Hakim billoh Abul Abbos Ahmad
  • Abu Ali Hasan ibn Abu Bakr ibn Hasan
  • Mamluk hukmdori Baybars homiyligidagi Mamluk xalifaligining asoschisi.
  • Qohira Abbosiylarining kelib chiqishi bahsli. 1261-yilda Halab hukmdori Aqqush al-Burliy xalifa etib tayinlagan. Mustansir II vafotidan keyin Baybars xalifa deb eʼlon qilgan.
  • 1269-yilda Almohod xalifaligining qulashi.
3. 1302-yil 20-yanvar — 1340-yil fevral al-Mustakfiy bi-amrilloh I Abu ar-Rabiy Sulaymon
4. 1340-yil fevral — 1341-yil 17-iyun al-Vosiq billoh I Abu Isʼhoq Ibrohim
5. 1341 — 1352 'al-Hakim bi-amrilloh II Abul Abbos Ahmad
6. 1352 — 1362 al-Mutazid billoh I Abul Fadl Abu Bakr
7. 1362 — 1377 Mutavakkil I Abu Abdulloh Muhammad
  • Birinchi xalifalik davri.
  • Otasidan keyin Mamluk sultonligining yettinchi xalifasi boʻldi.
  • 1377-yilda taxtdan tushirilgan.
8. 1377 al-Mustaʼsim billoh Abu Yahyo Zakariya
(7.) 1377 — 1383 Mutavakkil I Abu Abdulloh Muhammad
  • Ikkinchi xalifalik davri
9. 1383-yil sentyabr — 1386-yil 13-noyabr [[Vosiq II|al-Vosiq billoh II Abu Hafs Umar
(8) 1386 — 1389 al-Mustaʼsim billoh Abu Yahyo Zakariya
  • Ikkinchi xalifalik davri.
(7.) 1389 — 1406-yil 9-yanvar Mutavakkil I Abu Abdulloh Muhammad
  • Uchinchi xalifalik davri
10. 1406-yil 22-yanvar — 1414-yil 9-mart [[Mustaʼin (Qohira)|al-Mustaʼin billoh Abul Fadl al-Abbos
11. 1414 — 1441 al-Mutazid billoh II Abul Fadl Dovud
12. 1441 — 1451-yil 29-yanvar al-Mustakfiy billoh II Abu ar-Rabiy Sulaymon
13. 1451 — 1455 al-Qoim bi-amrilloh Abu al-Baqo Hamza
14. 1455 — 1479-yil 7-aprel al-Mustanjid billoh Abu al-Mahasin Yusuf
15. 1479-yil 5-aprel — 1497-yil 27-sentyabr Mutavakkil II Abu al-lzz Abdulaziz
16. 1497 — 1508 al-Mustamsik billoh Abulsabr Yoqub
  • Birinchi hukmronlik davri
  • Otasidan keyin Mamluk sultonligining Qohiradagi oʻn oltinchi xalifasi boʻldi.
17. 1508 — 1516 Mutavakkil III Muhammad
  • Birinchi hukmronlik davri
  • Otasidan keyin Mamluk sultonligining Qohiradagi oʻn yettinchi xalifasi boʻldi.
(16) 1516 — 1517 al-Mustamsik billoh Abulsabr Yoqub
  • Ikkinchi hukmronlik davri
  • Ikki marta xalifalik qilgan. Birinchi muddat 1497-yildan 1508-yilgacha, ikkinchi muddat esa 1516-yildan 1517-yilgacha. Oʻgʻli Mutavakkil III foydasiga taxtdan voz kechgan.
(17) 1517 Mutavakkil III Muhammad
Abbosiylar oilasiga mansub shajara daraxti. Yashil rangda Bagʻdodda xalifalik qilganlar koʻrsatilgan. Sariq rangda Qohira xalifalari koʻrsatilgan. Muhammad Abbosiylarning u bilan qarindoshligini koʻrsatish uchun (yuqorida) kiritilgan.
  1. „Umm al-Walad“. Oxford Islamic Studies. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
  2. „The golden age of Islam (article)“ (en). Khan Academy. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  3. Khan, Syed Muhammad „خاندان بنو عباس“ (ur). عالمی تاریخ انسائیکلوپیڈیا. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  4. „Roznama Dunya: اسپیشل فیچرز :- خلافت عباسیہ کا خاتمہ“ (en). Roznama Dunya: اسپیشل فیچرز :-. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  5. „List of Rulers of the Islamic World | Lists of Rulers | Heilbrunn Timeline of Art History | The Metropolitan Museum of Art“ (en). The Metʼs Heilbrunn Timeline of Art History. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  6. Hays, Jeffrey „ABBASID RULERS (A.D. 750 to 1258) | Facts and Details“ (en). factsanddetails.com. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
  7. Aikin, John. General biography: or, Lives, critical and historical, of the most eminent persons of all ages, countries, conditions, and professions, arranged according to alphabetical order. London: G. G. and J. Robinson, 1747 — 201-bet. ISBN 1333072457. 
  8. Bobrick 2012, s. 24.
  9. Hurvitz 2002, s. 124; Zetterstéen & Pellat 1960, s. 271; Al-Tabari 1985–2007, v. 32: pp. 229-30; Ibn Khallikan 1842, s. 65.
  10. Bosworth 1987, ss. 222–223, 225.
  11. Kennedy 2006, s. 232.
  12. Bosworth, "Mu’tazz, " p. 793
  13. Cobb 2000, ss. 821–822.
  14. Zetterstéen & Bosworth 1993, ss. 476–477.
  15. Zetterstéen 1987, s. 777.
  16. Bennison, Amira K. (2009) The Great Caliphs: The Golden Age of the 'Abbasid Empire. Princeton: Yale University Press, p. 47. ISBN 0300167989
  17. Daftary, Farhad. The Isma'ilis: Their History and Doctrines (en). Cambridge University Press, 1992 — 384-bet. ISBN 978-0-521-42974-0. 
  18. Hanne, Eric J.. Putting the Caliph in His Place: Power, Authority, and the Late Abbasid Caliphate. Fairleigh Dickinson University Press, 2007 — 204-bet. ISBN 978-0-8386-4113-2. 
  19. Bosworth 2004, p. 7
  20. Houtsma & Wensinck 1993, p. 3