Samarra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samarra

سَامَرَّاء
Shahar
Skyline of Samarra
34°11′45.240″N 43°53′8.448″E / 34.19590000°N 43.88568000°E / 34.19590000; 43.88568000 G OKoordinatalari: 34°11′45.240″N 43°53′8.448″E / 34.19590000°N 43.88568000°E / 34.19590000; 43.88568000 G O
Mamlakat Iroq
Muhofazot Saladin muhofazoti
Aholisi
 (tax. 2003)
348,700
Samarra xaritada
Samarra
Samarra

Samarra (arabcha: سَامَرَّاء, Sāmarrāʾ) Iroqdagi shahar. Shahar Saladin muhofazotida, Dajlaning sharqiy qirgʻogʻida, Bagʻdoddan 125 kilometer (78 mi) shimolda joylashgan. Hozirgi Samarra shahri 836-yilda abbosiylar xalifasi Muʼtasim tomonidan yangi maʼmuriy poytaxt va harbiy baza sifatida tashkil etilgan[1]. 2003-yil holatida shahar aholisi 348,700 nafarni tashkil qilgan. Iroq fuqarolar urushi davrida Samarra qarshilikning „sunniy uchburchagi“da edi.

Samarra arxeologik obʼekti hanuzgacha tarixiy shaharning asl rejasi, meʼmorchiligi va badiiy yodgorliklarining katta qismini saqlab qolgan[2]. Shahar 2007-yilda UNESCO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi davrda Samarra[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi davr Samarra qoldiqlari birinchi marta 1911—1914-yillarda Ernst Gersfeld tomonidan qazib, oʻrganilgan. Samarra Samarra madaniyatining bir qismiga aylandi. 1946-yildan beri daftarlar, xatlar, eʼlon qilinmagan qazishma hisobotlari va fotosuratlar Vashingtondagi Freer sanʼat galereyasida saqlanadi.

Samarra sivilizatsiyasi Ubayd madaniyatining bir qismi boʻlib, Yaqin Sharqdagi ilk shahar davlatlaridan biri sifatida gullab-yashnagan. Shahar miloddan avvalgi 5500-yilda mavjud boʻlgan va oxir-oqibat miloddan avvalgi 3900-yilda qulagan.

Yangi Ossuriya davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sur-marrati shahri (miloddan avvalgi 690-yilda Sennaxerib tomonidan qurilgan. Uolters sanʼat muzeyidagi stellaga koʻra qayta tiklangan) zamonaviy Samarra roʻparasida Dajla boʻyidagi mustahkam ossuriyaliklar joylashgan joy al-Xuvayshda. Ossuriya Onlayn davlat arxivida Surimarratni Samarraning zamonaviy oʻrni sifatida belgilangan[4].

Samarra arxeologik tadqiqoti qayd etgan Samarraning qadimiy nomlari yunoncha Souma (Ptolomey V.19, Zosimus III, 30), lotincha Sumere, miloddan avvalgi 363-yilda Julian qoʻshinining chekinishi voqealarida (Ammian Marsellin XXV, 6, 4) tilga olingan qalʼa va qishloq deya tasvirlangan (Hoffmann, Auszüge, 188; Suriyalik Mixail III, 88) suryoniycha Sumradir.

Yoqut Hamaviy tomonidan Anushirvonga bagʻishlab yozilgan asarda (Muʼjam, „Qatul“ boʻlimiga qarang) Samarra mintaqasida Dajla daryosidan suv oladigan Nahravon kanalining shimoliy davomi boʻlgan Qatul al-Kisraviyning ochilishi aholi sonining koʻpayishi uchun imkoniyat taqdim etgani haqida yozgan. Ushbu loyihaning yakunlanishini nishonlash uchun Samarraning janubiy kirish qismida yodgorlik minorasi (hozirgi Burj al-Qoim) qurilgan. Ad-Davr yaqinidagi shimoliy kirish qismida esa (hozirgi Nahr ar-Rasasi) devor bilan oʻralgan ov bogʻi boʻlgan saroy qurilgan. Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid tomonidan qazilgan qoʻshimcha kanal, Qatul Abi al-Jund, al-Muborak deb nomlangan va 796-yilda qurilishi tugallanmay, qarovsiz qoldirilgan sakkizburchakli shaklda qurilgan rejali shahar qurilishi (hozirgi Husn al-Qadisiyya) bilan nishonlangan.

Abbosiylar poytaxti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarrada zarb etilgan Muntasir dirhami. Mil. 861/862

836-yilda Abbosiylar xalifasi Muʼtasim Dajla boʻyida yangi poytaxtga asos solgan. Xalifa bu yerda asosan Oʻrta Osiyo va Erondan (eng mashhuri turklar, shuningdek, Xurosonlik Ishtaxoniy, faragʻina va ushrusoniy boʻlinmalari) yoki Shimoliy Afrikadan (magʻaribalar kabi) jalb qilingan askarlar uchun garnizon bilan oʻralgan katta saroy majmualari qurdirdi. Mamluklarni qul askarlar deb atashsa ham, aslida ularning mavqei ancha baland edi. Mamluklarning baʼzi sarkardalari soʻgʻdlarga xos zodagonlik unvonlari egasi edilar[6].

Muʼtasim (h. 833–842) qurdirgan Dor ul-Xilafa saroyidagi ziyofat zallari bilan oʻralgan dumaloq hovuz qoldiqlari[7].

Shahar xalifa Mutavakkil davrida yanada rivojlandi. Xalifa Mutavakkiliya kabi hashamatli saroy majmualari va 847-yilda qurilgan mashhur spiral minora yoki Malviya hamda Samarra Katta masjidi qurilishiga homiylik qildi. Xalifa oʻgʻli Muʼtazz uchun katta Bulkuvara saroyini qurdirdi.

Samarra yaqinidagi Abbosiylar davriga oid Qasr al-Oshiq.

Nestorian patriarxi Sargis (860—872) Sharq cherkovining patriarxal markazini Bagʻdoddan Samarraga koʻchirdi. Patriarxning bevosita vorislaridan bir yoki ikkitasi ham oliy hokimiyatga yaqin boʻlish uchun Samarrada faoliyat olib borgan boʻlishi mumkin[8].

Samarra 892-yilgacha, Mutazid poytaxtni Bagʻdodga qayta koʻchirgunga qadar xalifa qarorgohi boʻlib qoldi[9]. Tarixiy manbalarda shahar aynan shu davrda talon-taroj qilingani haqida maʼlumotlar mavjud. Ehtimol, shahar aholisi kamaygan, shahar ham kichraygan, lekin muhim bozor markazi mavqeini saqlab qola olgan[9].

10-asrdan boshlab shahar muhim ziyoratgohga aylangan. 12—13-asrlarda daryo oqimining shahar janubiga tomon oʻzgarishi shaharning ham sharq tomonga siljishiga olib kelgan. Natijada Bag‘dod va Mosul o‘rtasidagi asosiy yo‘l g‘arbiy sohilga ko‘chirilib, Samarra savdo shaharchasi sifatidagi ahamiyatini yo‘qotgan[9].

Zamonaviy davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-asrda 1730—1735-yillardagi Usmonli—Fors urushining eng shiddatli janglaridan biri Samarra jangi boʻlib o'tdi. Ushbu jangda 50 000 dan ortiq turklar va forslar qurbon boʻldi. Bu jang Usmonli Iroqining taqdirini hal qilib, uning Birinchi jahon urushigacha Istanbul hukmronligi ostida qolishiga sabab boʻldi.

1950-yillarda Bagʻdodni tez-tez suv bosishining oldini olish maqsadida qurilgan Samarra toʻgʻonining qurilishi natijasida doimiy koʻl — Tartar koʻli yaratilgach, Samarra yana muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Toʻgʻon tufayli koʻplab mahalliy aholi koʻchirilishi natijasida Samarra aholisi koʻpaygan[10].

Al-Askariy ziyoratgohi

Samarra Saladin muhofazotidagi muhim shahar boʻlib, Iroq urushi paytida isyonchilar faol boʻlgan sunniy uchburchagining asosiy qismidir[11]. Samarra shialarning muqaddas joylari, jumladan, bir nechta shia imomlarining qabrlari bilan mashhur boʻlsa-da, shaharda anʼanaviy tarzda va yaqin vaqtgacha sunniy arablar hukmronlik qilgan. Iroq urushi paytida sunniylar va shialar oʻrtasida keskinlik yuzaga kelgan. 2006-yil 22-fevralda al-Askariy masjidining oltin gumbazi bombardimon qilingach, mamlakat boʻylab yuzlab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan tartibsizliklar va repression hujumlar boshlandi. Hech qaysi tashkilot portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. 2007-yil 13-iyunda isyonchilar masjidga yana hujum qilib, gumbaz xarobalari yonidagi ikkita minorani vayron qilishdi[12]. 2007-yil 12-iyulda soat minorasi portlatilgan. Halok bo‘lganlar haqida xabar berilmagan. Shia ruhoniysi Muqtada as-Sadr tinch namoyishlar va uch kunlik motam eʼlon qilishga chaqirdi[13]. Uning taʼkidlashicha, hujum ortida sunniy arab turmagan. Biroq, Nyu-York Taymsga koʻra, hujumchilar Al-Qoida bilan aloqador sunniylar boʻlishi mumkin[14]. Masjid majmuasi 2006-yildagi portlashdan so‘ng yopilgan va o‘sha paytda Iroq politsiyasi shaharda noma’lum muddatli komendantlik soati joriy qilgan edi[15][16]. 2009-yilda restavratsiya ishlari davom etayotgan boʻlsa-da, masjid qayta ochilgan[17].

2007-yilda Iroqdagi fuqarolar urushi tugaganidan buyon muqaddas shahardagi shia aholisi keskin koʻpaydi. Biroq zo‘ravonliklar davom etib, 2011 va 2013-yillarda portlashlar sodir etilgan. 2014-yil iyun oyida Shimoliy Iroq hujumi doirasida shahar IShID hujumiga uchragan. IShID kuchlari munitsipalitet binosi va universitetni egallab oldi, biroq keyinchalik Iroq armiyasi va SWAT kuchlari tomonidan siqib chiqarildi[18]. Yaqin atrofdagi Imom Dur maqbarasi, shia hukmdori Muslim ibn Qurayshga bagʻishlangan tarixiy maqbara IShID tomonidan 2014-yilda vayron qilingan[19].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarra ssiq choʻl iqlimiga ega (Köppen iqlim tasnifi BWh). Asosiy yomgʻir qishda yogʻadi. Samarradagi oʻrtacha yillik harorat 22.7 °C (72.9 °F). Yillik taxminiy yogʻingarchilik miqdori 171 mm (6.73 in).

Climate data for Samarra
Month Jan Feb Mar Apr May Jun Jul Aug Sep Oct Nov Dec Year
Average high °C (°F) 15.3
(59.5)
18.0
(64.4)
22.1
(71.8)
28.3
(82.9)
35.7
(96.3)
41.1
(106.0)
43.9
(111.0)
43.6
(110.5)
39.7
(103.5)
33.2
(91.8)
24.4
(75.9)
17.4
(63.3)
30.2
(86.4)
Average low °C (°F) 4.4
(39.9)
5.9
(42.6)
9.3
(48.7)
14.2
(57.6)
19.6
(67.3)
23.5
(74.3)
25.9
(78.6)
25.4
(77.7)
21.4
(70.5)
16.4
(61.5)
10.6
(51.1)
5.8
(42.4)
15.2
(59.4)
Average precipitation mm (inches) 25
(1.0)
30
(1.2)
29
(1.1)
21
(0.8)
8
(0.3)
0
(0)
0
(0)
0
(0)
0
(0)
4
(0.2)
20
(0.8)
34
(1.3)
127
(5.0)
Source: climate-data.org

Diniy ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda al-Askariy ziyoratgohi joylashgan. Shuningdek, oʻninchi va oʻn birinchi shia imomlari Ali al-Hadiy va Hasan al-Askariylar maqbarasi, oʻn ikki yoki shia eʼtiqodida „gʻayb“ga kirganligi haqida maʼlumot berilgan „Yashirin imom“ nomi bilan taniqli Muhammad al-Mahdiy nomli joy joylashgan. Ushbu ziyoratgohlar tufayli shahar shialar uchun muhim joy hisoblanadi[20]. Bundan tashqari, shaharda musulmonlar hurmatiga sazovor bo‘lgan Muhammad payg‘ambar va imomlarning ayol qarindoshlari Hakima va Narjislar dafn etilgani bu masjidni eng muhim ibodat maskanlaridan biriga aylantirgan[20].

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘limni anglatuvchi „Samarradagi uchrashuv“ hikoyasi Bobil Talmudida qayd etilgan. U.Somerset Moem qadimgi Bobil afsonasi asosida adabiy havola yozgan boʻlib[21], unda O‘lim odamning undan Bagʻdoddan Samarraga qochib, behuda urinishini hikoya qiladi. „Samarradagi uchrashuv“ hikoyasi keyinchalik Jon OʼHaraning xuddi shu nomdagi romani uchun asos boʻlgan[22].

1968-yilda suratga olingan Targets filmida Boris Karloff rol o‘ynagan qari va qo‘rqinchli film yulduzi Bayron Orlok o‘zining yosh hamkasblariga Maugʻamning hikoya versiyasini aytib beradi[23].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Northedge, Alastair E. „ʿAbbāsid art and architecture“,. Encyclopaedia of Islam, Three. Brill, 2012. ISBN 9789004161658. 
  2. „Samarra Archaeological City“ (en). UNESCO World Heritage Centre. Qaraldi: 2023-yil 24-aprel.
  3. „Unesco names World Heritage sites“. BBC News (2007-yil 28-iyun). Qaraldi: 2010-yil 23-may.
  4. SAAO
  5. Stanley A. Freed, "Research Pitfalls as a Result of the Restoration of Museum Specimens", Annals of the New York Academy of Sciences, Volume 376, The Research Potential of Anthropological Museum Collections, pages 229–245, December 1981. Template loop detected: Andoza:Doi
    This citation will be automatically completed in the next few minutes. You can jump the queue or expand by handSamarra]].
  6. Babaie, Sussan. Slaves of the Shah. New York: I.B.Tauris & Co Ltd, 2004 — 4–5 bet. ISBN 1-86064-721-9. 
  7. Blair, Sheila S.; Bloom, Jonathan M. „Samarra“,. The Art and Architecture of Islam 1250-1800. Yale University Press, 1995. ISBN 9780300064650. 
  8. Mari, 80–1 (Arabic), 71–2 (Latin)
  9. 9,0 9,1 9,2 Northedge, Alastair (1995). "Sāmarrā'". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VIII: Ned–Sam (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1039–1041 b. ISBN 978-90-04-09834-3. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=S%C4%81marr%C4%81%27&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search. 
  10. Hann, Geoff; Dabrowska, Karen; Townsend-Greaves, Tina. Iraq: The ancient sites and Iraqi Kurdistan (en). Bradt Travel Guides, 2015-08-07. ISBN 978-1-84162-488-4. 
  11. Bazzaz, Sahar „The Discursive Mapping of Sectarianism in Iraq: The “Sunni Triangle” in the Pages of The New York Times“,. Imperial Geographies in Byzantine and Ottoman Space, Hellenic Studies Series (en). Washington, DC: Center for Hellenic Studies, 2013. 
  12. Thomas E. Ricks. The Gamble: General Petraeus and the American Military Adventure in Iraq. Penguin Publishing Group, 6 January 2010 — 228 bet. ISBN 978-1-101-19206-1. 
  13. „Explosion Topples Minarets At Iraqi Shi'ite Shrine“. RadioFreeEurope/RadioLiberty (2007-yil 13-iyun). Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
  14. John F. Burns; Jon Elsen „Several Mosques Attacked, but Iraq Is Mostly Calm - New York Times“. The New York Times (2007-yil 14-iyun). Qaraldi: 2015-yil 22-avgust.
  15. Qassim Abdul-Zahra.. „Iraqi police say famous shrine attacked“. Associated Press (2007-yil 13-iyun).
  16. „Blast hits key Iraq Shia shrine“. BBC (2007-yil 13-iyun). Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
  17. Chulov, Martin. „Bombed Iraq shrine reopens to visitors“ (en-GB). The Guardian (2009-yil 16-aprel). Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  18. Hassan, Ghazwan „Iraq dislodges insurgents from city of Samarra with airstrikes“. Reuters (2014-yil 5-iyun). Qaraldi: 2014-yil 27-iyun.
  19. „Archnet > Site > Qubba Imam al-Dur“. www.archnet.org. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  20. 20,0 20,1 The Shi'a of Samarra: The Heritage and Politics of a Community in Iraq (en). Bloomsbury Publishing, 2012. ISBN 978-1-78672-982-8. 
  21. "The Appointment in Samarra" (as retold by W. Somerset Maugham [1933]).
  22. John O'Hara, Appointment in Samarra, Harcourt, Brace & Co., . L., "The Destined Hour" in From Many Times and Lands (London, 1953); reprinted in Every Poem Tells a Story: A Collection of Stories in Verse, ed. Raymond Wilson (London, 1988; ISBN 0-670-82086-5 / 0-670-82086-5).
  23. Bogdanovich, Peter (director). Targets. United States of America: Criterion.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]