Mutavakkil
Mutavakkil المتوكل | |||||
---|---|---|---|---|---|
Amir al-Moʻminin Xalifat Alloh | |||||
Kumush dirhamdagi Mutavakkil byusti | |||||
Abbosiylar xalifaligining 10-xalifasi | |||||
Saltanat | 847-yil 10-avgust — 861-yil 10-dekabr | ||||
Oʻtmishdoshi | Vosiq | ||||
Davomchisi | Muntasir | ||||
Tugʻilishi |
822-yil 31-mart Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
11-dekabr 861-yil (39 yoshda) Samarra, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Dafn etilgan joy | |||||
Turmush oʻrtogʻi |
Roʻyxat
| ||||
Farzandlari | |||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | Muʼtasim | ||||
Onasi | Shuja | ||||
Dini | Islom (sunniylik) |
Jaʼfar ibn Muhammad ibn Horun (arabcha: جعفر بن محمد بن هارون); 822-yil mart – 861-yil 11-dekabr), hukmronlik nomi Mutavakkil ala Alloh (arabcha: المتوكل على الله) nomi bilan mashhur oʻninchi Abbosiy xalifasi boʻlib, 847-yildan toki 861-yilda oʻldirilgunga qadar hukmronlik qilgan. Oʻz akasi Vosiqdan (h. 842–847) keyin taxtga chiqqan va mamlakat hududini maksimal darajada kengaytira olgani bilan mashhur[1]. U kuchli dindor boʻlgan va moʻtaziladan voz kechgani, Mihnaga (islom ulamolarining taʼqiblari davri) yakun yasagani va Ahmad ibn Hanbalni ozod qilgani bilan tarixda qolgan. Ayniqsa, musulmon boʻlmagan fuqarolarga nisbatan qattiqqoʻlligi bilan mashhur.
861-yil 11-dekabrda oʻgʻli Muntasir koʻmagida turkiy gvardiyachilar tomonidan oʻldirilgan. Bu voqea „Samarradagi anarxiya“ deb atalgan ichki nizolar davrining boshlanishi boʻlgan.
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mutavakkil 822-yil fevral/mart oylarida Abbosiy shahzodasi Abu Isʼhoq Muhammad (boʻlajak Muʼtasim) va xorazmlik qul kanizak Shujadan tugʻilgan[2]. Uning yoshlik davri nomaʼlum. Chunki katta akasi Vosiq 847-yil avgustda vafot etgunga qadar siyosiy ishlarda hech qanday rol oʻynamagan[2].
Mutavakkil amakisi Maʼmun hukmronligi davrida tugʻilgan. To‘liq ismi Ja’far ibn Muhammad, kunyasi esa Abu al-Fadl boʻlgan. Yosh shahzodaning yoshlik hayoti Abbosiylar xalifaligining oltin davri deb ataladigan davrga to‘g‘ri kelgan. Yoshligida otasi 833-yilda vafotiga qadar hukmronlik qilgan xalifa amakisi Maʼmunning muhim amaldori boʻlgan. Tabariyning maʼlumotlariga koʻra, oʻlim toʻshagida yotgan Maʼmun oʻz oʻrniga Abbosni emas, balki ukasini tayinlash toʻgʻrisida maktub yozgan[3] va Abu Isʼhoq 9-avgustda Muʼtasim (toʼliq Muʼtasim billoh, „Xudodan panoh soʻragan“) xalifalik nomi bilan xalifa deb eʼtirof etilgan[4]. Otasi 833-yilda xalifalikning sakkizinchi xalifasi boʻlgan. Otasi xalifalikni sakkiz yil boshqargach, o‘rniga katta o‘g‘li Vosiq taxtga o‘tirgan.
Yosh shahzoda Jaʼfarning birinchi oʻgʻli Muhammad (boʻlajak Muntasir) 837-yilda tugʻilgan. Muntasirning onasi Hubshiya yunon ummu al-valadi boʻlgan[5]. Bu vaqtda Jaʼfar 14 yoshda boʻlgan. Boshqa oʻgʻillari Ahmad (boʻlajak Muʼtamid) va Talha (boʻlajak Muvaffaq) 842 va 843-yillarda tugʻilgan. Boʻlajak Muʼtamidning onasi Fityan ismli kufalik ummu al-valad boʻlgan[6].
Jaʼfar shahzoda sifatida 842-yilda (Vosiq taxtga oʻtirgan yili) haj ziyoratchilarini boshqargan. Vosiqning onasi Qaratis haj ziyoratiga borish niyatida unga hamrohlik qilgan. Biroq, 4-zul-qaʼdada (842-yil 14-avgust) al-Hirada vafot etgan va Kufadagi Dovud ibn Isoning Abbosiylar saroyiga dafn qilingan[7][8]. Ja’far akasining hukmronligi davrida saroy a’zosi bo‘lib qolgan.
Xalifaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Votiqning oʻlimi kutilmagan edi. Xalifaning kichik yoshdagi oʻgʻli boʻlsa-da, hali oʻz oʻrniga voris tayinlamagan edi[2]. Binobarin, yetakchi amaldorlar, vazir Muhammad ibn az-Zayyat, bosh qozi Ahmad ibn Abu Duvod, turk sarkardalari Itax va Vosif at-Turkiy hamda yana bir qancha kishilar vorisni aniqlash uchun yigʻilishgan. Ibn az-Zayyat dastlab Vosiqning oʻgʻli Muhammad (boʻlajak xalifa Muhtadiy) nomzodini taklif qilgan, lekin yoshligi sababli uning oʻrniga kengash 26 yoshli Jaʼfarni tanlagach, u Mutavakkil nomi bilan xalifa boʻlgan[9][10]. Amaldorlar yangi xalifaning Vosiq kabi qatʼiyatsiz qoʻgʻirchoq boʻlishiga umid qilishgan. Biroq Mutavakkil davlatni amalda nazorat qilib turgan otasi davridagi fuqarolik va harbiy amaldorlar guruhini yo‘q qilib, xalifalik hokimiyatini tiklab, uning mustaqilligini taʼminlashga qaror qilgan[2][11].
Mutavakkilning birinchi nishoni vazir ibn az-Zayyat bo‘lib, u o‘tmishda xalifaga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun xalifaning chuqur gina-kudurati bor boʻlgan[11]. Tabariyning yozishicha, Vosiq o‘z ukasidan g‘azablanib, shubhalana boshlaganda Mutavakkil vazirni xalifaga shafoat qilishga ko‘ndirish umidida ibn az-Zayyat huzuriga kelgan. Ibn az-Zayyat xatlarni o‘qib bo‘lguncha Abbosiy shahzodani kuttiribgina qolmay, balki boshqa odamlarning oldida oʻzidan yordam so‘rab kelgani uchun shahzodani masxara qilgan. Shahzoda ma’yus holda ketgach, ibn az-Zayyat xalifaga xat yozib, shahzodaning tashqi ko‘rinishidan shikoyat qilgan. Xatda shahzodaning ayollar uslubida kiyingani va sochlari juda uzun ekanligini ta’kidlagan. Natijada Vosiq ukasini saroyga chaqirtirgan. Mutavakkil xalifani tinchlantirish umidida yangi saroy libosida kelgan, lekin Vosiq sochlarini qirqishni buyurgan va Mutavakkilning yuziga urgan. Bu voqeadan keyin Mutavakkil umrida hech qachon bu kabi ommaviy xorlikdan koʻra dahshatroq qaygʻu chekmaganini tan olgan[12][13]. Shunday qilib, 847-yil 22-sentyabrda xalifa ibn az-Zayyatni tinglovga chaqirish uchun Itaxni yuborgan. Vazir tinglov oʻrniga Itaxning qarorgohiga keltirilib, uy qamogʻiga olingan. Uning mol-mulki musodara qilinib, oʻzi qiynoqqa solingan[14][15].
Bu davr Itax faoliyatining eng yuqori choʻqqisi boʻlgan. U xalifaning shaxsiy qoʻriqchilari boshligʻi, saroy inspektori va hukumatning razvedka tarmogʻi boʻlgan barid — jamoat posti boshligʻi lavozimlarini birlashtirgan. Biroq 848-yilda Itax hajga borishga koʻndirilgach, oʻz vakolatlarini topshirgan. Qaytib kelgach esa hibsga olingan. Uning mol-mulki musodara qilingan. Maʼlumotlarga ko‘ra, uyidan xalifaning odamlari bir million oltin dinor topishgan. Itax 849-yil 21-dekabrda qamoqxonada tashnalikdan vafot etgan.
Moʻtaziliylarning Qurʼon yaratilgan degan fikriga qarshi chiqqan mashhur faqih Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad ash-Shayboniyni qamoqdan ozod qildi. Hanbaliylik mazhabining asoschisi Ahmad ibn Hanbal mos ravishda Maʼmun (813-833), uning ukasi va Mutavakkilning otasi Mutaassim va uning oʻgʻli Vosiq hukmronligi davrida hibsga olingan va qiynoqqa solingan.
Mahmud ibn al-Faraj an-Nayshapuriy ismli shaxs o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilib bosh koʻtaradi. Uning oʻzi va bir qancha tarafdorlari Bagʻdodda qamoqqa olingan. U qamoqqa tashlangan va 850-yil 18-iyun kuni oʻlguncha kaltaklangan.
Hijriy 236-yilda (850) Mutavakkil o‘z saltanatidagi barcha nasroniy va yahudiylarni, jumladan Quddus va Kesariyadagilarni musulmonlardan farqlash uchun sariq (asal rangli) qalpoq va belbogʻ taqishni talab qiluvchi farmon chiqargan[16].
Hijriy 237-yilda (851—852) armanlar isyon koʻtarib, Abbosiylar noibini magʻlub etib, oʻldirishgan. Mutavakkil bu muammoni hal qilish uchun sarkarda Bug‘a al-Kabirni yuborgan. Bugʻa yil davomida muvaffaqiyatlarga erishgan. Keyingi yili Tiflisga hujum qilib, shaharni yoqib yuborgan va Isʼhoq ibn Ismoilni asir olgan. Isyonchilar yetakchisi keyinroq qatl etilgan. Oʻsha yili (hijriy 238-yil) vizantiyaliklar Damiettaga hujum qildilar.
Hijriy 240-yilda (854—855) Himsda politsiya boshlig‘i qo‘zg‘olon ko‘targan taniqli shaxsni o‘ldirgan. Uni lavozimidan boʻshatib, Mutavakkil yangi politsiya boshlig‘ini tayinlagan. Keyingi yili yangi politsiya boshligʻiga ham qarshi qoʻzgʻolon koʻtarilgach, Mutavakkil isyonni qattiqqoʻllik bilan bostirdi. Nasroniylar tartibsizliklarning ikkinchi bosqichiga qoʻshilishgach, xalifa nasroniylarni Himsdan quvib chiqargan.
Shuningdek, 241-yilda Yuqori Misr atrofida yashagan beja xalqining qoʻzgʻoloniga qatʼiy javob qaytarilgan. Ular oltin konlari uchun soliq toʻlashgan. Bejalar soliq toʻlashni toʻxtatib, konlarda ishlaydigan musulmonlarni quvib chiqarishgan va Yuqori Misrdagi odamlarni dahshatga solishgan. Mutavakkil tartibni tiklash uchun al-Qummiyni yuborgan. Al-Qummi mazkur uzoq hududning qiyinchiligiga qaramay, sabr-toqatli boʻlish uchun yordam bera oladigan yettita kema yetkazib bergan. U konlarni qaytarib olib, Beja qirollik qalʼasiga bostirib kirgan va jangda qirolni magʻlub etgan. Bejalar soliq toʻlashni davom ettirgan.
856-yil 23-fevralda Vizantiya imperiyasi bilan asirlar almashinuvi boʻlib oʻtgan. Taxminan toʻrt yil oʻtgach, ikkinchi marta shunday almashinuv boʻlib oʻtdi.
Mutavakkil hukmronlik davri koʻplab islohotlar bilan esda qolgan va Abbosiylarning oltin davri sifatida qabul qilingan. U Abbosiylarning oxirgi buyuk xalifasi boʻlib qoldi. Vafotidan keyin sulola tanazzulga yuz tutgan.
Diniy siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mutavakkil avvalgi xalifalarning diniy siyosatidan uzoqlashishga qaror qilgan. Buning oʻrniga Qurʼon yaratilganmi yoki yaratilmaganmi degan tortishuvlarga chek qoʻyishni tanlab, oxir-oqibat 833-yildan beri amalda boʻlgan aqidaviy tuzumga chek qoʻygan. Mutavakkil keyingi bir necha yilni moʻtaziliylarga qarshi dushmanona qadamlar bilan oʻtkazgan. Ibn Abu Duodning bir qancha qozilarini lavozimidan boʻshatgan va Qurʼon mohiyati haqidagi bahslarni toʻxtatishni buyurgan[17].
Xalifa Ahmad ibn Hanbal (855-yilda vafot etgan) bilan ham yarashmoqchi boʻldi. Shu maqsadda Ahmad ibn Nasrning jasadini namoyish qilishni chekladi. Nihoyat, 852-yilning martida inkvizitsiya aybi bilan ushlab turilgan barcha mahbuslarni ozod qilishni buyurdi va bu bilan mihnagacha boʻlgan davr siyosatiga yaqinlashdi[18].
Mutavakkil 851-yilda mashhur arab islom olimi Yahyo ibn Aktamni bosh qozi (Qozi al-quzzot) etib tayinladi. U ushbu lavozimda 854-yilda Mutavakkil lavozimidan boʻshatmaguncha faoliyat yuritdi. Mutavakkil 854-yil iyul oyida Yahyo ibn Aktam oʻrniga Jaʼfar ibn Abduvohid al-Hoshimiyni bosh qozi etib tayinlagan[19].
850-yilda Mutavakkil zimmiylarni (xristianlar va yahudiylarga) musulmonlardan farqlash uchun alohida kiyim kiyishni, ibodat joylarini vayron qilishni va eshiklariga iblis suratlarini mixlashni hamda ularga hukumat yoki mansabdor shaxslar faoliyati masalalariga juda kam aralashishga ruxsat berish haqida farmon chiqargan[16][20].
Mutavakkil zardushtiylarning qadimiy muqaddas sarvlari bo‘lmish Kashmar sarvlarini zardushtiylar jamoasining katta e’tirozlariga qaramay, o‘zining yangi saroyi qurilishida foydalanish uchun kesib tashlashni buyurgan[21]. Oʻsha vaqtda yoshi 1400 yildan oshgan sarv zardushtiylar uchun afsonaviy ahamiyatga ega boʻlib, jannatdan yerga Zardusht tomonidan olib kelingan deb ishonilgan. Mutavakkil yangi saroyiga sarv daraxti yetib kelmasidan oldin oʻldirilgan[22].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mutavakkil ukasi va otasiga oʻxshamagan. Chunki u ilmga chanqoq boʻlmagan, lekin ulugʻvorlik va qurilishga ishtiyoqi baland boʻlgan. Samarra Katta masjidi oʻz vaqtida dunyodagi eng katta masjid boʻlgan. Masjid minorasi balandligi 55 metr, spiral rampasi boʻlgan ulkan spiral konus boʻlgan. Masjid 17 ta yoʻlakdan iborat boʻlib, devorlari toʻq koʻk rangli oynadan yasalgan mozaikalar bilan qoplangan.
Katta masjid Samarraning sharqqa tomon kengayishining bir qismi boʻlib, devor bilan oʻralgan qirollik ov bogʻining bir qismida qurilgan. Mutavakkil 20 taga yaqin saroy qurgan (hujjatlardagi raqamlar turlicha). Samarra qadimgi dunyoning eng yirik shaharlaridan biriga aylangan. Hatto, shahar xarobalari joylashgan arxeologik hudud dunyodagi eng katta arxeologik maydonlardan biri hisoblanadi. Xalifaning qurilish maydonlari hijriy 245-yilda (859–860) qurilgan yangi shahar – Ja’fariyagacha cho‘zilgan bo‘lib, Mutavakkil Dajla bo‘yida Samarradan o‘n sakkiz kilometr uzoqlikda qurilishlar qilgan. Mutavakkil Dajla daryosi suvini burish uchun kanal qurishni buyurib, loyihani ikki saroy amaldoriga topshirgan. Amaldorlar mahalliy obroʻli muhandisga ishonch bildirmay, ishni buyuk astronom va yozuvchi al-Fargʻoniyga topshirgan. Jamoat ishlari boʻyicha mutaxassis boʻlmagan Al-Fargʻoniy notoʻgʻri hisob-kitob qilgan va kanalning ochilish joyi juda chuqur boʻlib, daryodan suv faqat toshqin paytida oqishi mumkin boʻlgan.
Yangilik xalifani gʻazablantirgan. Sanad ibn Ali ismli muhandis oʻz hayotini xatarga qoʻyib, loyihaning yakuniy muvafaqqiyatiga kafolat berishi amaldorlarning hayotini saqlab qolgan. Mutavakkil xatolik ommaga oshkor bo‘lishidan biroz oldin o‘ldirilgan.
Mutavakkil oʻzini koʻplab diniy bahslarga jalb qilishni xohlagan. Bu holati xalifaning turli ozchilik guruhlarga qarshi harakatlarida namoyon boʻladi. Uning otasi Madinada dars bergan va vaʼz qilgan shia imomiga toqat qilgan. Hukmronligining dastlabki yillarida Mutavakkil bu siyosatni davom ettirgan. Imom Ali al-Hadiyning obroʻsi oʻsib borayotgani Madina hokimi Abdulloh ibn Muhammadning davlat toʻntarishiga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqidagi maktubi yozilishiga sabab boʻlgan. Ushbu maktub tufayli Mutavakkil imomni Samarraga taklif qilgan noma yubordi, imom taklifni rad eta olmagan. Samarrada imom virtual uy qamogʻida ushlab turilgan va josuslik qilgan. Biroq, unga qarshi chora koʻrish uchun hech qanday bahona topilmagan. Mutavakkil vafot etganidan keyin vorisi imomni zaharlagan. Al-Hadiy Samarrada dafn etilgan. Umumiy shia aholisi qatagʻonga uchragan. Bu Husayn ibn Ali ziyoratgohini vayron qilib, goʻyoki oʻsha joyga ziyorat qilishni toʻxtatish maqsadida amalga oshirilgan harakatda[23] va Aliy Yahyo ibn Umarning kaltaklanishi va qamoqqa olinishida oʻz ifodasini topgan.
Xalifa Mutavakkil oʻz oʻgʻillariga oʻlimidan keyin xalifalikni meros qilib olish imkonini beradigan vorislik rejasi tuzgan. Otasining o‘rniga dastlab to‘ng‘ich o‘g‘li Muntasir, so‘ngra Mu’tazz va uchinchi boʻlib Muayyad o‘tirishi kerak edi[24].
Shuningdek, Mutavakkil oʻz hukmronligi davrida imperator Mixail III yuborgan rasmiy missiyada imperiya va xalifalik oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarni mustahkamlash uchun yuborilgan mashhur vizantiyalik ilohiyotshunos faylasuf Kirill bilan uchrashgan. Oʻgʻillaridan Muntasir Mutavakkilning oʻrniga oʻtirib, 862-yilda vafotiga qadar hukmronlik qilgan. Muʼtazz 866-yildan 869-yil, agʻdarilgunga qadar xalifalik qilgan. Mu’tamid 870—892-yillarda xalifalik qilgan. Ukasi Muvaffaq esa 891-yil, vafotiga qadar saltanat regenti boʻlib qolgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mutavakkilning Farida ismli bitta xotini boʻlgan. Farida garchi qoʻshiqchi Amr ibn Banaga tegishli boʻlsa-da, xalifa Vosiq uni kanizak va sevimlilaridan biri sifatida xonadonida saqlagan. Vosiq vafot etgach, Amr uni Mutavakkilga tortiq qilgan. Mutavakkil unga uylangan va sevimli ayollaridan biri boʻlib qolgan[25].
Xalifaning kanizaklaridan biri Hubshiya. U yunon boʻlib, boʻlajak xalifa Muntasirni dunyoga keltirgan[26]. Yana bir kanizak Isʼhoq edi. Andalusiyalik boʻlib, xalifaning sevimlilaridan biri boʻlgan. Undan Ibrohim al-Muayyad va Abu Ahmad (boʻlajak regent Muvaffaq) tugʻilgan[27]. Yana bir kanizak Fityan. U kufalik boʻlib, boʻlajak xalifa Muʼtamidning onasi boʻlgan[28]. Yana bir kaniza Qabiha. U yunon boʻlgan[29] va boʻlajak xalifa Muʼtazz[30], Ismoil[31] va Ummu Abdullohlarni dunyoga keltirgan[32]. Yana bir kanizak Fadl. U shoir boʻlgan va Yamamada tugʻilgan. Abdulqays qabilasidan boʻlgan. Uni Muhammad ibn al-Faraj ar-Ruxxoji sotib olib, Mutavakkilga bergan[33]. 870/71-yilda vafot etgan[34]. Yana bir kanizak Bunan. U ham shoir boʻlgan[35]. Yana bir kanizak Mahbuba. U shoir va musiqachi boʻlgan. Mutavakkil xalifa boʻlganida Ubaydulloh ibn Tohir toʻrt yuzta qul tarkibida tortiq qilgan[36]. Yana bir kanizak qoʻshiqchi Nashib boʻlgan[37].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mutavakkil qoʻzgʻolonlarni bostirish va xorijiy imperiyalar, xususan, Vizantiyaga qarshi janglar olib borishda turkiy davlat arboblari va qul askarlarga tayanishda davom etgan. Xalifaning turkiy kotibi Fath ibn Xoqon Mutavakkil davrining mashhur arbobi boʻlgan[38]. Xalifaning turkiy askarlarga tayanishi taʼqibga uchrashiga sabab boʻlgan. Mutavakkilning turkiy qoʻmondoni oʻldirilgan. Bu holat xalifaning shialarga nisbatan haddan ortiq qattiq munosabati bilan birgalikda obroʻsini juda tez pasayishiga sabab boʻlgan.
Mutavakkil 849/50-yilda toʻngʻich oʻgʻli Muntasirni merosxoʻr etib tayinlagan. Biroq, Fath ibn Xoqon va vazir Ubaydulloh ibn Yahyo ibn Xoqonning tashabbusi bilan sekin-asta ikkinchi oʻgʻli Muʼtazzga ishonchi ortib borgan. Bu raqobat siyosiy sohaga ham taʼsir qilgan. Chunki Muʼtazzning vorislik masalasi anʼanaviy Abbosiy elitalari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlishi mumkin. Muntasir esa turkiy va Magʻariba qoʻriqchi qoʻshinlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan[39][40]. 861-yil kuz oxirlarida raqobat avjiga chiqqan. Oktyabr oyida Mutavakkil turkiy general Vosifning mulklarini musodara qilish va Fathga topshirishni buyurgan. Turk rahbariyati o‘zini chetlatilgan his qilgani sababli xalifaga suiqasd uyushtirishga kirishgan[41][42]. Tez orada Muntasir ham fitnaga qoʻshilgan yoki hech boʻlmaganda soʻzsiz rozilik bildirgan. Chunki Muntasir ham ketma-ket tahqirlashlarga uchragan edi. 5-dekabrda Fath va Ubaydullohning tavsiyasi bilan Ramazon oyining oxirgi juma namoziga imomlik qilish masalasida Muntasir nomzodi Muʼtazz foydasiga chetlab oʻtilgan. Uch kundan keyin esa Mutavakkil oʻzini yomon his qilgani uchun namozga borishda Muntasirni oʻzining oʻrniga vakillikka tayinlagan. Biroq, vaziyatga yana Ubaydulloh aralashib, xalifani shaxsan borishga koʻndirgan. Bundan ham yomoni, Tabariyning so‘zlariga ko‘ra, ertasi kuni Mutavakkil to‘ng‘ich o‘g‘lini ketma-ket haqorat qilib, o‘ldirish bilan tahdid qilgan, hatto Fath shahzodaning yuziga shapaloq urgan. Vosif va boshqa turkiy rahbarlar 12-dekabrda qamoqqa olinib, qatl qilinadi degan mish-mishlar tarqalgach, fitnachilar harakat qilishga qaror qilishdi[40][43].
Tabariyning yozishicha, turkiy ayol Fath va Ubaydullohni fitna haqida oldindan ogohlantirgan, ammo hech kim buni amalga oshirishga jurʼat eta olmasligiga ishonchi komil boʻlgani uchun, bunga eʼtibor berishmagan[44][45]. 11-dekabrga o‘tar kechasi, yarim tundan bir soat o‘tgach, turklar xalifa va Fath kechki ovqatni yeyotgan xonaga bostirib kirishgan. Fath xalifani himoya qilmoqchi boʻlganda oʻldirilgan, keyin xalifa oʻldirilgan. Xalifalikni oʻz qoʻliga olgan Muntasir Fath otasini oʻldirgani uchun oʻldirilganini daʼvo qilgan. Biroq, qisqa vaqt ichida xalifaning oʻlimi haqida rasmiy voqea Mutavakkilning ichimlikdan boʻgʻilishi haqida oʻzgartirilgan[46][47]. Mutavakkilning o‘ldirilishi „Samarradagi anarxiya“ deb atalgan, 870-yilgacha davom etgan va Abbosiylar xalifaligini halokat yoqasiga olib kelgan notinch davrni boshlab bergan[48].
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mutavakkil xalifaligi davri ko‘plab islohotlar bilan yodda qolgan va Abbosiylarning oltin davri sifatida qaraladi. U Abbosiylar sulolasining soʻnggi buyuk xalifasi boʻlgan. Vafotidan keyin sulola tanazzulga yuz tutgan. Uning vafotidan keyin Roshidun, Umaviylar va Ilk Abbosiylar davrida qurilgan xalifalik ham jahon davlati sifatida tanazzulga yuz tutgan.
Mutavakkil davriga koʻplab olimlar tomonidan yuqori baho berilgan. Mashhur olim at-Taymiy fikri:
Uchta buyuk xalifa boʻlgan. Kofirlar bilan taslim boʻlmagunlaricha urushgan Abu Bakr. Umaviylar davrida zulmni cheklagan Umar ibn Abdulaziz. Bidʼatlarni bekor qilib, sunnatni oshkora eʼlon qilgan Mutavakkil[49].
Ali ibn al-Jahm fikri:
Xalifa Mutavakkil meni huzuriga chaqirdi va „Ali, men tushimda payg‘ambarni ko‘rdim. Men oʻrnimdan turib, salom berdim. U esa „Siz xalifa boʻlsangiz ham men uchun xizmat qilasizmi?“, dedi.“ Men esa „Bu yaxshi tush, ey mo‘minlar amiri“, deya „Sizning u uchun xizmat qilishingiz sunnat uchun xizmat qilishingizni anglatadi. Va u sizni xalifa deb atagan“, deb javob berdim[50].
Ali ibn Ismoil fikri:
Tarsusda ekanimda tushimda Mutavakkilni nurga to‘la joyda o‘tirganini ko‘rdim[51].
Mutavakkil uch oʻgʻlini merosxoʻr etib tayinlagan. Muntasir birinchi merosxoʻr, Muʼtazz ikkinchi va Muʼayyad uchinchi merosxoʻr boʻlgan. Al-Muntasir 861-yil 11-dekabrda, otasi Mutavakkil turkiy gvardiya aʼzolari tomonidan oʻldirilganidan keyin xalifa boʻlgan[52]. Muntasir Mutavakkilni o‘ldirish fitnasiga aloqadorlikda gumon qilingan bo‘lsa-da, tezda poytaxt Samarradagi boshqaruvni o‘z qo‘liga olishga va davlatning yetakchi kishilaridan bay’at olishga muvaffaq boʻlgan[53]. Muntasirning to‘satdan xalifa boʻlishi taxtga chiqqanidan so‘ng hukumatdagi yuqori lavozimlarga erishgan bir qancha yaqinlariga foyda keltirgan. Ular orasida Muntasirning kotibi, vazir boʻlgan Ahmad ibn al-Xosib va Mutavakkilning o'ldirilishida ishtirok etgan turkiy general Vosif ham bor edi[54]. Muntasirning hukmronligi yarim yildan kamroq davom etgan. 862-yil 7-iyun yakshanba kuni nomaʼlum sabablarga koʻra 24 yoshida vafot etgan. Muntasirning qisqa hukmronligi davrida (861–862 yillar) turklar xalifaga Muʼtazz va Muʼayyadni vorislik huquqidan mahrum qilish uchun bosim oʻtkazgan. Muntasir vafot etgach, turk zobitlari yig‘ilib, o‘lgan xalifaning amakivachchasi Mustainni (ukasi Muhammadning o‘g‘li) taxtga chiqarishga qaror qilishgan[55]. Yangi xalifa taxtga chiqishi bilan Samarrada huquqdan mahrum boʻlgan Muʼtazzni qoʻllab-quvvatlash uchun katta gʻalayon koʻtarildi. Qoʻzgʻolon harbiylar kuchi bilan bostirilgan, ammo har ikki tomondan katta talofatlar berilgan. Mustaʼin Muʼtazz yoki Muayyad xalifalikka daʼvo qilishlari mumkinligidan xavotirlanib, avval ularni sotib olishga urinib koʻrgan, keyin esa zindonga tashlagan[56]. 866-yilda Mustaʼin beshinchi fitna natijasida Muʼtazz tomonidan oʻldirilgan. Muʼtazz hukmronligi xalifalik markaziy hokimiyatining tanazzulga uchrashi boshlanishi va Abbosiylar xalifaligida avtonom sulolalarning paydo boʻlishi orqali yuzaga kelgan markazdan qochish tendensiyalarning avj nuqtasi boʻlgan. Nihoyat, turkiy qoʻshinlarning moliyaviy talablarini qondira olmagach, iyul oʻrtalarida saroy toʻntarishi natijasida Muʼtazz taxtdan agʻdarilgan. Qamoqqa tashlangach, unga nisbatan juda yomon munosabatda boʻlinishi natijasida uch kundan keyin, 869-yil 16-iyulda vafot etgan[57]. Taxtga Muʼtazzning amakisi Muhtadiy chiqqan[57]. Yangi xalifa 870-yil 21-iyunda oʻldirilgunga qadar hukmronlik qilib, keyin taxtga amakisi Muʼtamid (h. 870–892) chiqqan[58].
Ommaviy madaniyatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mutavakkil Assassin's Creed Mirage video oʻyini muqaddimasida koʻrsatilgan. Unda xalifa insoniyatni qullikka qaytarishga bagʻishlangan maxfiy jamiyat - Qadimchilar ordeni uchun qoʻgʻirchoq sifatida tasvirlangan. U dastlab jamiyat nomidan xabarchilar merosini himoya qiladi, lekin oʻyin qahramoni Basim uni oʻgʻirlamoqchi boʻlganida, yosh oʻgʻri va uning doʻsti Nehal bilan jang qiladi. Nehal oʻz xanjari bilan xalifani pichoqlaydi. Uning oʻlimi ordenga Bagʻdodda koʻproq nazoratni qoʻlga kiritish imkonini beradi. Bu esa Samarradagi anarxiya davrida davom etadigan oʻyin syujetini yuzaga keltiradi[59].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rein Taagepera (September 1997). "Expansion and Contraction Patterns of Large Polities: Context for Russia". International Studies Quarterly 41 (3): 475–504. doi:10.1111/0020-8833.00053. http://www.escholarship.org/uc/item/3cn68807. Qaraldi: 28 December 2018.Mutavakkil]]
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Kennedy 1993, s. 777.
- ↑ Bosworth 1987, ss. 222–223, 225.
- ↑ Bosworth 1991, s. 1.
- ↑ Kennedy 2006, s. 173.
- ↑ Kennedy 1993, s. 765.
- ↑ "The History of al-Tabari Vol. 34: Incipient Decline: The Caliphates of al-Wathiq, al-Mutawakkil, and al-Muntasir A.D. 841-863/A.H. 227-248". The Events of the Year 842 page 4. Joel L. Kraemer. 2015. ISBN 9781438409627. https://books.google.com/books?id=TxWvpqe_ilYC&dq=Qaratis&pg=PA3.
- ↑ Kraemer 1989, s. 4.
- ↑ Kennedy 2006, ss. 232–233.
- ↑ Kraemer 1989, s. 68.
- ↑ 11,0 11,1 Kennedy 2006, s. 234.
- ↑ Kraemer 1989, ss. 65–68.
- ↑ Kennedy 2006, ss. 234–235.
- ↑ Kraemer 1989, ss. 65–71.
- ↑ Kennedy 2006, ss. 234–236.
- ↑ 16,0 16,1 „Decree of Caliph al-Mutawakkil“ (2002-yil 14-iyul). 2002-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Turner 2010, s. 95; Melchert 1996, ss. 321–25; Ibn Khallikan 1871, ss. 66, 69–70; Yarshater 1985–2007, v. 34: p. 75.
- ↑ Turner 2010, ss. 95–98; Melchert 1996, ss. 325–26; Hinds 1993, ss. 4–5; Zetterstéen & Pellat 1960, s. 271; Ibn Khallikan 1871, s. 70; Yarshater 1985–2007, v. 34: pp. 116-19.
- ↑ Yarshater 1985–2007, v. 34: pp. 131-32; Gordon et al. 2018, s. 1265; Ibn Khallikan 1871, s. 48.
- ↑ „The Longest Hatred“. New Internationalist (2004-yil 2-oktyabr).
- ↑ Mary Boyce, Zoroastrians: Their Religious Beliefs and Practices, (Routledge Kegan Paul Ltd, 1979), 158.
- ↑ Mary Boyce, Zoroastrians: Their Religious Beliefs and Practices, 158.
- ↑ „Imam Haadi, Biographies of Masumeen, Shahaadat, al-Mutawakkil, al-Muntasir, Imamate (Imamah)“. www.ezsoftech.com.
- ↑ Bosworth, "Mu'tazz," p. 793
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 53.
- ↑ Masudi 2013, s. 267.
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 36.
- ↑ Masudi 2013, s. 312.
- ↑ El-Hibri, T.. The Abbasid Caliphate: A History. Cambridge University Press, 2021 — 171-bet. ISBN 978-1-107-18324-7.
- ↑ Masudi 2013, s. 294.
- ↑ Masudi 2013, s. 297.
- ↑ Benge, J.; Benge, G.. Christian Heroes - Then and Now - Nate Saint Unit Study: Curriculum Guide, Christian Heroes Series. YWAM Publishing, 2000 — 37-bet. ISBN 978-1-57658-187-2.
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 38.
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 43.
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 44.
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 45.
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 51.
- ↑ Pinto, O. "Al-Fath b. Khakan." The Encyclopedia of Islam, Volume II. New Ed. Leiden: E. J. Brill, 1991. ISBN 90-04-07026-5. p. 837
- ↑ Gordon 2001, s. 82.
- ↑ 40,0 40,1 Kennedy 2004, s. 169.
- ↑ Kraemer 1989, s. 171.
- ↑ Kennedy 2004, ss. 168–169.
- ↑ Kraemer 1989, ss. 171–173, 176.
- ↑ Kraemer 1989, ss. xx, 181.
- ↑ Kennedy 2006, s. 265.
- ↑ Kraemer 1989, ss. 171–182, 184, 195.
- ↑ Kennedy 2006, ss. 264–267.
- ↑ Kennedy 2004, ss. 169–173.
- ↑ "Chapter 73 - His Experience with al-Mutawakkil". The Life of Ibn Hanbal p. 212 (73:2). Ibn al-Jawzi, Michael Cooperson. 2016. doi:10.18574/nyu/9781479886241.003.0078. ISBN 9781479886241. https://www.degruyter.com/document/doi/10.18574/nyu/9781479886241.003.0078/html.
- ↑ "Chapter 73 - His Experience with al-Mutawakkil". The Life of Ibn Hanbal p. 212 (73:3). Ibn al-Jawzi, Michael Cooperson. 2016. doi:10.18574/nyu/9781479886241.003.0078. ISBN 9781479886241. https://www.degruyter.com/document/doi/10.18574/nyu/9781479886241.003.0078/html.
- ↑ "Chapter 73 - His Experience with al-Mutawakkil". The Life of Ibn Hanbal p. 212 (73:4). Ibn al-Jawzi, Michael Cooperson. 2016. doi:10.18574/nyu/9781479886241.003.0078. ISBN 9781479886241. https://www.degruyter.com/document/doi/10.18574/nyu/9781479886241.003.0078/html.
- ↑ Bosworth, "al-Muntasir," p. 583
- ↑ Kennedy, 266-68
- ↑ Gordon, pp. 88-91
- ↑ Bosworth, "Muntasir," p. 583
- ↑ Saliba (1985) pp. 6-7
- ↑ 57,0 57,1 Bosworth 1993, s. 794.
- ↑ Zetterstéen & Bosworth 1993, ss. 476–477.
- ↑ Ubisoft Bordeaux. Assassin's Creed Mirage. Ubisoft, October 5, 2023.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- El-Hibri, Tayeb „Al-Mutawakkil: an encore of the family tragedy“, . Reinterpreting Islamic Historiography: Hārūn al-Rashı̄d and the Narrative of the ʿAbbāsid Caliphate. Cambridge University Press, 1999 — 178–215-bet. ISBN 0-521-65023-2.
- Gordon, Matthew S.. The Breaking of a Thousand Swords: A History of the Turkish Military of Samarra (A.H. 200–275/815–889 C.E.). Albany, New York: State University of New York Press, 2001. ISBN 0-7914-4795-2.
- Ibn al-Sāʿī. Consorts of the Caliphs: Women and the Court of Baghdad, Introduction by Julia Bray, Foreword by Marina Warner, New York: New York University Press, 2017. ISBN 978-1-4798-0477-1.
- Kennedy, Hugh (1993). "al-Mutawakkil ʿAlā ’llāh". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VII: Mif–Naz (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 777–778 b. ISBN 978-90-04-09419-2. https://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_5658.
- Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, Second, Harlow: Longman, 2004. ISBN 978-0-582-40525-7.
- Kennedy, Hugh. When Baghdad Ruled the Muslim World: The Rise and Fall of Islam's Greatest Dynasty. Cambridge, MA: Da Capo Press, 2006. ISBN 978-0-306814808.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXIV: Incipient Decline: The Caliphates of al-Wāthiq, al-Mutawakkil and al-Muntaṣir, A.D. 841–863/A.H. 227–248, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-874-4.
- Masudi. Meadows Of Gold. Routledge Taylor & Francis, 28 October 2013. ISBN 978-1-136-14522-3.
- Bosworth, C.E. (1993). "al-Muntasir". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VII: Mif–Naz (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. ISBN 978-90-04-09419-2. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=al-Muntasir&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Turner, John P. (2010). "The End of the Mihna". Oriens 38: 89–106. doi:10.1163/187783710X536671. http://booksandjournals.brillonline.com/content/journals/10.1163/187783710x536671;jsessionid=1ndtcph4mor7u.x-brill-live-03. Qaraldi: 29 March 2016.Mutavakkil]]
- Melchert, Christopher (1996). "Religious Policies of the Caliphs from al-Mutawakkil to al-Muqtadir: AH 232-295/AD 847-908". Islamic Law and Society 3 (3): 316–342. doi:10.1163/1568519962599069.
- Ibn Khallikan, Shams al-Din Abu al-Abbas Ahmad ibn Muhammad. Ibn Khallikan's Biographical Dictionary, Vol. I, Trans. Bn. Mac Guckin de Slane, Paris: Oriental Translation Fund of Great Britain and Ireland, 1871.
- Hinds, M. (1993). "Mihna". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VII: Mif–Naz (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 2–6 b. ISBN 978-90-04-09419-2. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/mihna-COM_0732?s.num=10.
- The Works of Ibn Wadih al-Ya'qubi: An English Translation. Leiden and Boston: Brill, 2018. ISBN 978-90-04-35621-4.
- Zetterstéen, K. V.; Pellat, Ch. (1960). "Ahmad b. Abi Du'ad". in Gibb, H. A. R.. Encyclopaedia of Islam. Volume I: A–B (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 271. OCLC 495469456. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/ahmad-b-abi-duad-SIM_0391.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXII: The Reunification of the ʿAbbāsid Caliphate: The Caliphate of al-Maʾmūn, A.D. 813–33/A.H. 198–213, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1987. ISBN 978-0-88706-058-8.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXIII: Storm and Stress Along the Northern Frontiers of the ʿAbbāsid Caliphate: The Caliphate of al-Muʿtasim, A.D. 833–842/A.H. 218–227, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1991. ISBN 978-0-7914-0493-5.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXV: The Crisis of the ʿAbbāsid Caliphate: The Caliphates of al-Mustaʿīn and al-Muʿtazz, A.D. 862–869/A.H. 248–255, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1985. ISBN 978-0-87395-883-7.
- The History of al-Ṭabarī (40 vols), SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1985–2007. ISBN 978-0-7914-7249-1.
- Bosworth, C. E., ed (1993). "al-Muhtadī". Encyclopaedia of Islam. Volume VII: Mif–Naz (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 476–477 b. ISBN 978-90-04-09419-2. https://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_5437.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiiqtibosdagi Mutavakkil bilan bogʻliq iqtiboslar
- Vikiomborda Al-Mutawakkil mavzusiga oid fayllar bor
- Imam Haadi and al-Mutawakkil
- The great mosque at Samarra
- al-Mutawakkil's decree of 850 (English)
- al-Farghani and the canal (Wayback Machine saytida 4 June 2014 sanasida arxivlangan)
- 11-dekabrda vafot etganlar
- 861-yilda vafot etganlar
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- Commons category link from Wikidata
- Abbosiy xalifalari
- 822-yilda tugʻilganlar
- Arab musulmonlari
- Suiqasd qilingan xalifalar
- 9-asrda oʻldirilgan monarxlar
- Moʻtazila
- Ming bir kecha qahramonlari
- Abbosiy xalifalarning oʻgʻillari
- IX asr Abbosiylar xalifaligi