Kontent qismiga oʻtish

Al-Mutiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
al-Mutiy lilloh
المطيع لله
Xalifa
Moʻminlar amiri

Somoniylar hukmdori Mansur I ibn Nuhning al-Mutiy hukmdor deb koʻrsatilgan mis falslari (Buxoro, 964/65-yil).
Abbosiylar xalifaligining 23-xalifasi
Saltanat 946-yil 28-yanvar — 974-yil 5-avgust
Oʻtmishdoshi al-Mustakfiy
Davomchisi at-Toiy
Tugʻilishi 913/14
Bagʻdod
Vafoti 974-yil 12-oktyabr (60 yoshda)
Dayr al-Aqul
Dafn etilgan joy
ar-Rufasa, Bagʻdod
Turmush oʻrtogʻi Utb
Farzandlari at-Toiy
Toʻliq nomi
Abulqosim al-Fadl ibn Jaʼfar al-Muqtadir il-Mutiy lilloh
Sulola Abbosiylar
Otasi al-Muqtadir
Onasi Mashʼala
Dini Islom (Sunniylik)

Abulqosim al-Fadl ibn al-Muqtadir (arabcha: أبو القاسم الفضل بن المقتدر; 913/14 — 974-yil sentyabr/oktyabr), hukmdorlik nomi al-Mutiy lilloh (arabcha: المطيع لله[1]) bilan mashhur, 946—974-yillarda Bagʻdodda buvayhiy amirlari qoʻl ostida hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi.

Al-Mutiy hukmronligi Abbosiylar xalifaligi qudrati va hokimiyatining eng past nuqtasi boʻlgan. Oʻtgan oʻn yilliklarda xalifalarning dunyoviy hokimiyati Iroqqa qadar qisqargan. Hatto poytaxtda ham kuchli sarkardalar tomonidan cheklangan edi. Bagʻdodni buvayhiylar bosib olishi bilan xalifa hokimiyati butunlay bekor qilingan. Al-Mutiyni buvayhiylar taxtga chiqargan. Xalifada Iroqdagi sud va diniy tayinlovlar ustidan juda kam boʻlsa-da, hokimiyat mavjud boʻlib, xalifa hokimiyati asosan ramziy ahamiyat kasb etgan. Xalifaning boʻysunishi va kuchsizligining oʻzi xalifalik institutida barqarorlikni tiklashga yordam bergan. Qisqa muddatli va zoʻravonlik bilan agʻdarilgan oʻtmishdoshlaridan farqli oʻlaroq, al-Mutiy uzoq va nisbatan barqaror hokimiyatda qolib, taxtni oʻgʻli at-Toiyga topshirishga muvaffaq boʻlgan.

Xalifaning musulmon dunyosi nominal yetakchisi sifatidagi nufuzi al-Mutiy davrida keskin pasayib ketgan. Buvayhiylarning mintaqaviy raqiblari al-Mutiy qiyofasida faqatgina buvayhiylar qoʻgʻirchogʻini koʻrishgani sababli uning xalifaligini tan olishni kechiktirishgan. Xalifaning Vizantiya erishgan yutuqlarga samarali javob bera olmagani ham uning obroʻsiga putur yetkazgan. Eng muhim jihati shia rejimlarining Yaqin Sharqda kuchayishi bevosita sunniy va abbosiylarning hukmronligiga shubha tugʻdirgan. Buvayhiylarning oʻzlari shia boʻlsa-da, oʻz manfaatlarini koʻzlab Abbosiylar xalifaligini saqlab qolishgan. Gʻarb tomonda kengayib borayotgan Fotimiylar xalifaligi Abbosiylar uchun bevosita gʻoyaviy va siyosiy muammo tugʻdirgan. Al-Mutiy hukmronligi davrida Fotimiylar Misrni bosib olib, Bagʻdodning oʻziga ham tahdid solib, Levantga tomon kengaya boshlagan.

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Bowen 1928, s. 392.