Maʼmun
Maʼmun المأمون | |
---|---|
Abbosiylar xalifasi, Al-Maʼmun nomini olgan Abul Abbos Abdulloh ibn Horunning tasavvuriy chizmasi. | |
Abbosiylar xalifaligining 7-xalifasi | |
Saltanat | 813-yil 5-sentyabr — 833-yil 9-avgust |
Oʻtmishdoshi | Muhammad al-Amin |
Davomchisi | Muʼtasim |
Tugʻilishi |
14-sentyabr 786-yil Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi |
Vafoti |
9-avgust 833-yil (46 yoshda) Tarsus, Abbosiy xalifaligi, hozirgi Mersin, Turkiya |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi | |
Farzandlari |
|
Sulola | Abbosiylar |
Otasi | Horun ar-Rashid |
Onasi | Umm Abdulloh Marojil |
Dini | Islom[izoh 1]. |
Abul Abbos Abdulloh ibn Horun ar-Rashid (arabcha: أبو العباس عبد الله بن هارون الرشيد 786-yil 14-sentyabr — 833-yil 9-avgust), hukmdorlik nomi Maʼmun (arabcha: المأمون) — yettinchi abbosiy xalifa. 813-yildan 833-yil, vafotigacha hukmronlik qilgan. Abbosiylar xalifaligining markaziy hokimiyati qoʻzgʻolonlar va kuchli mahalliy yetakchilarning koʻtarilishi tufayli yuzaga kelgan fuqarolar urushidan soʻng oʻgay ukasi Aminning oʻrnini egallagan. Hukmronligining katta qismi tinchlantirish kampaniyalarida oʻtgan. Yaxshi maʼlumotga ega boʻlgan va ilm-fanga katta qiziqish bildirgan Maʼmun Bagʻdodda „Tarjima“ harakati, fan va ilmlarning gullab-yashnashi hamda al-Xorazmiyning hozirgi kunda „Algebra“ deb nomlanuvchi kitobining nashr etilishiga yordam bergan. Shuningdek, moʻtaziliylik taʼlimotini qoʻllab-quvvatlagani va imom Ahmad ibn Hanbalni qamoqqa tashlashi, diniy taʼqiblar (mihna) avj olgani, Vizantiya imperiyasi bilan keng koʻlamli urushlarni qayta boshlagani bilan mashhur.
Tavalludi va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulloh, boʻlajak al-Maʼmun, Bagʻdodda 786-yil 13-sentyabrdan 14-sentyabrga oʻtar kechasi Horun ar-Rashid va kanizagi Badgʻislik Marojil oilasida tugʻilgan. Keyinchalik „uch xalifa kechasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan oʻsha kechada amakisi Al Hodiy vafot etib, oʻrniga Maʼmunning otasi Horun ar-Rashid Abbosiylar xalifaligi hukmdori etib tayinlandi[1]. Marojil bola tugʻilganidan koʻp oʻtmay vafot etgan. Abdulloh Horun ar-Rashidning rafiqasi, abbosiy xalifa al-Mansurning (h. 754–775) nabirasi Zubayda qoʻlida katta boʻldi[2]. Yosh shahzoda Abdulloh puxta bilim oldi. Al-Kisoiy klassik arab tilidan, Abu Muhammad al-Yozidiy adab, musiqa va she’riyatdan saboq berishdi. Al-Hasan al-Luʼluiydan fiqh boʻyicha taʼlim olgan, hanafiy mazhabida va hadisda oʻziga xos yuksak mahorat koʻrsatib, roviy sifatida tanilgan[2]. M.Rekayaning taʼkidlashicha, „Maʼmun ilmga boʻlgan muhabbati bilan ajralib turgan. Bu xislati uni Abbosiylar sulolasining eng ziyoli xalifasiga aylantirib, xalifalikning rivojlanish yoʻlidan dalolat berardi“[2].
Voris va Xuroson noibi etib tayinlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulloh oʻgʻillarining eng kattasi boʻlsa-da, Horun 794-yilda 787-yil aprelda tugʻilgan ikkinchi oʻgʻli Muhammadni, onasi Zubayda, vorislik masalasida birinchi oʻringa qoʻydi. Vorislikka bu holatda tanlanishning asosiy sababi Muhammadning ham otasi, ham onasi Abbosiylar sulolasidan boʻlgani edi. Shuningdek, bu Muhammadning yuqori nasabli oilasining xalifaga bosimi natijasi edi. Haqiqatdan ham Muhammad bunday nasldan boʻlgan yagona Abbosiy xalifasi boʻlib qoldi. Muhammad Amin („Ishonchli“) nomi bilan dastlab Xurosonda, oʻz valiysi Barmakiy al-Fazl ibn Yahyodan, keyin esa Bagʻdodda bayʼat oldi[2]. Abdulloh balogʻat yoshiga yetgandan keyingina, 799-yilda Maʼmun („Ishonchli“) nomi bilan ikkinchi merosxoʻr sifatida tan olingan. Boshqa bir barmakiy Jaʼfar ibn Yahyo uning vasiysi boʻlgan. Shu bilan birga, Abdulmalik ibn Solih vasiyligida Muʼtamin nomi ostida Qosim uchinchi merosxoʻr etib tayinlandi[2].
Bu kelishuvlar 802-yilda Horun va Abbosiylar hukumatining eng qudratli amaldorlari Makkaga haj ziyorati vaqtida tasdiqlanib, ommaga eʼlon qilindi. Ularga koʻra, Al-Amin Bagʻdodda Horunning vorisi boʻladigan, Al-Maʼmun al-Aminning vorisi boʻlib qoladigan va qoʻshimcha ravishda kengaytirilgan Xurosonni boshqaradigan boʻldi[2]. Bu alohida ahamiyatga ega boʻlgan tayinlov boʻlgan. Chunki Xuroson Abbosiylarni hokimiyat tepasiga olib kelgan Abbosiylar inqilobining tayanch nuqtasi sifatida xalifalik viloyatlari orasida imtiyozli mavqeini saqlab qolgan edi. Qolaversa, Abbosiylar sulolasi harbiy rahbarlik va boshqaruvchilik masalalarida asosan Xurosoniylarga tayangan. Abbosiylar bilan gʻarbga kelgan Xurosoniy arab qoʻshinlarining (Xurosoniyya) koʻpchiligiga Iroq va Abbosiylarning yangi poytaxti Bagʻdoddan mulklar berilib, ular abnāʾ al-davla („davlat/sulola oʻgʻillari“) deb nomlanuvchi elita guruhiga aylandi[3][4]. Abbosiylar davlatining eng yuqori doiralarida eroniy doiralarning keng miqyosda mavjudligi, eng koʻzga koʻringan vakillar Barmakiylar oilasi boʻlishi, shubhasiz, al-Maʼmunning onasi orqali sharqiy Eron bilan bogʻliq viloyat, Xuroson noibi va voris lavozimiga tayinlanishida muhim omil boʻldi[5]. Tarixchi Tabariy batafsil qayd etgan shartnoma shartlariga koʻra, al-Maʼmunning Xurosoniy noiblariga keng muxtoriyat berilgan. Biroq, zamonaviy tarixchilarning fikriga koʻra, bu maʼlumotlar al-Maʼmun haqida keyinchalik tarix yozganlar tomonidan ukasining foydasiga buzib talqin qilingan boʻlishi mumkin[6]. Horunning uchinchi vorisi al-Muʼtamin Yuqori Mesopotamiya va Suriyadagi Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh hududlarni boshqarishni oʻz zimmasiga oldi[2][7].
Ikki aka-uka oʻrtasidagi yashirin raqobat juda tez oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Hukumat 803-yil yanvarda Bagʻdodga qaytgandan soʻng deyarli darhol Barmakiylar oilasining hokimiyatdan keskin qulashi Abbosiy elitalarini larzaga keltirdi. oshqa tomondan, bu voqea Barmakiylar xalifaga yoqmaydigan darajada kuchayib ketganini aks ettirishi mumkin, ammo ushbu voqeaning sodir boʻlgan vaqti vorislik masalasiga ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Abnāʾ Al-Amin tarafida, barmakiylar al-Maʼmun tarafida boʻlib, ikki lager kundan-kunga bir-biridan uzoqlashib borar ekan, al-Amin muvaffaqiyatga erishish imkoniga ega boʻlish uchun barmakiylar kuchini sindirishi kerak edi[2][8][9].
Ja’far ibn Yahyo oʻrniga otasi islom dinini qabul qilib, barmakiylar xizmatiga kirgan, asli Eronning Kufasidan boʻlgan Al-Fadl ibn Sahl Ma’munning tarbiyachisi etib tayinlandi. 806-yilda Maʼmunning kotibi ham boʻldi. Bu tayinlov, agar Maʼmun taxtga oʻtirsa, vazirlikka asosiy nomzod boʻlishni ham anglatar edi[2]. 804-yilda Maʼmun oʻzining amakivachchasi, xalifa al-Hodiyning (h. 785–786) qizi Ummu Isoga uylandi. Ushbu juftlikdan ikki farzand Muhammad al-Asqar va Abdullohlar tugʻildi[2].
Barmakiylar qulagandan keyingi yillarda boshqaruvning markazlashuvi kuchayib borishi bilan bir qatorda abnoning taʼsiri ham oshib bordi. Ularning aksariyati viloyat hokimi lavozimlarini egallashib, bu viloyatlarni Bagʻdod nazoratiga yaqinlashtirish uchun yuborildi[9]. Bu boshqaruv uslubi viloyatlarda, ayniqsa Xurosonda tartibsizliklarga sabab boʻldi. Bu yerlardagi mahalliy elitalar abna bilan uzoq vaqtdan buyon raqobat qilib kelishardi va viloyatni (va uning daromadlarini) Iroqdan nazorat qilish tendensiyasi mavjud edi[10]. Abnoning nufuzli aʼzosi Ali ibn Iso ibn Mahon tomonidan yuritilgan shafqatsiz soliq siyosati hatto Rofe ibn Lays boshchiligidagi qoʻzgʻolonga sabab boʻldi. Bu esa oxir-oqibat Horunning oʻzini al-Maʼmun, qudratli guruhi (hojib) va bosh vazir al-Fadl ibn ar-Rabiy hamrohligida 808-yilda viloyatga borishga majbur qildi. Al-Maʼmun qoʻshinning bir qismi bilan Marvga joʻnatildi, Horun esa Tusda qolib, shu yerda 809-yil 24-mart kuni vafot etdi[2][9][11].
Abbosiy fuqarolik urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]802-yilda Amin va Maʼmunning otasi Horun ar-Rashid Aminning oʻziga voris boʻlishi, Maʼmun esa Xuroson noibi boʻlib, Aminning vafotidan keyingina xalifa boʻlishi mumkinligi haqida buyruq bergan edi. Horun hayotining soʻnggi kunlarida sogʻligʻi yomonlashdi va tushida Muso ibn Jaʼfarning xonada namoz oʻqib yigʻlab oʻtirganini koʻrdi. Bu Horunning oʻz xalifaligini barpo etish uchun qanchalar mashaqqatli kurash olib borganini eslatardi. U ikkala oʻgʻlining shaxsiyatini bilar edi va Abbosiylar sulolasi farovonligi uchun vafotidan keyin Maʼmun xalifa boʻlishi kerak degan qarorga kelib, bu haqda bir guruh saroy aʼyonlariga maʼlum qildi. Saroy a’yonlaridan biri Fazl ibn Rabi’ Horunning soʻnggi istaklariga boʻysunmay, xalifalikda koʻpchilikni Horunning xohishi oʻzgarmaganligiga ishontirdi. Keyinroq Horunga sodiqlik qasamyod qilgan uch nafar saroy aʼyoni, Iso Jorudiy, Abu Yunus va Ibn Abu Umron Horunning Maʼmunni qoʻllab-quvvatlaganini maʼlum qilishib, Fazl bilan bahslarida yengib chiqdilar va Fazl Horun Maʼmunni tayinlaganini tan olsa-da, Horunning aqli joyida emasligi sababli, uning qaroriga amal qilmaslik kerakligini uqtirdi. Maʼlumotlarga koʻra, Maʼmun Horunning katta farzandi, biroq uning onasi fors ayoli boʻlgan. Aminning onasi esa Abbosiylar oilasining vakili edi. 809-yilda ar-Rashid vafotidan keyin ikki aka-uka oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Maʼmunning mustaqillikka intilishiga javoban Amin oʻz oʻgʻli Musoni merosxoʻri deb eʼlon qildi. Horun ar-Rashid vasiyatini bu tarzda buzish vorislik kurashiga sabab boʻldi. Amin 811-yilda Bagʻdodda Iso ibn Maxon boshchiligida katta qoʻshin yigʻib, Xurosonga bostirib kirdi. Maʼmunning sarkardasi Tohir ibn Husayn (vaf. 822) qoʻshinni magʻlub qilib, Iroqqa bostirib kirdi hamda 812-yilda Bagʻdodni qamal qildi. 813-yilda Bagʻdod quladi. Aminning boshi kesildi va Maʼmun xalifa boʻldi[12].
Ichki nizo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sahl ibn Salama al-Ansoriy
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼmun hukmronligining dastlabki bir necha yillarida xalifa Marvda (hozirgi Mari, Turkmaniston) boʻlgan. Shu vaqtda Iroqda tartibsizliklar boʻlgan. 815-yil 13-noyabrda Muhammad ibn Ja’far as-Sodiq (ad-Dibaj) Makkada oʻzini xalifa deya da’vo qildi. U magʻlubiyatga uchradi va Maʼmunning vafot etgani haqidagi xabardan soʻng xalifa boʻlganni taʼkidlab, tezda taxtdan voz kechdi. Bagʻdoddagi qonunbuzarliklar diniy qarashlar bilan mahalliy qoʻriqchilar shakllanishiga olib keldi. Ularning ikki taniqli rahbari Xolid al-Daryush va Sahl ibn Salama al-Ansoriy edi. Sahl la taʼa lil-maxluq fi maʼsiyat al-xoliq yoki «Yaratganga itoatsizlikda maxluqqa itoat qilmaslik»[13] (aslida xorijiylarning shiori)[14] shiorini oʻzlashtirib, „Xudoning irodasi va xalifa hokimiyati o'rtasida mojaro“ga ishora qildi. Bu harakat rahbariyatining „koʻpchiligi“ sulaahd („mahalla va mahallalarning yaxshi niyatli kishilari“) va „mashhur voizlar“dan (Xolid ad-Daryush va Sahl ibn Salama al-Ansoriy kabi) yetishib chiqqan. Taʼlimotning izdoshlari amma (oddiy xalq) deb atalgan[13].
Harakat tarkibidagi koʻngillilar mutavviya nomi bilan mashhur boʻlib, xuddi shu nom „chegara burchini bajargan va Vizantiyaga qarshi muqaddas urushdagi koʻngillilarga“ ham berilgan edi[14]. Sahl va harakatning taʼsiri shunday boʻldiki, harbiy rahbarlar dastlab „Maʼmunga taslim boʻlishni kechiktirishdi“ va Sahlning diniy „formulasi“ni qabul qilishdi. Birq, mazkur rahbarlar 817-18-yillarda uning kuchidan xavotirga tushib, Sahlni tor-mor qilish uchun birlashdilar[15].
Imom ar-Rizo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hijriy 201-yilda (milodiy 817) Ma’mun Ali ar-Rizoni (Alining oltinchi avlodi va sakkizinchi shia imomi) xalifalik uchun o‘z vorisi deb atagan. Bu harakat Iroqdagi shialarni tinchlantirish va „Hoshimiylar oilasining Ali va Abbosiy toifalarini yarashtirish“ uchun qilingan bo'lishi mumkin. Biroq bu harakat Bagʻdodda „al-Harbiyya“ harbiy boshliqlari, jumladan Muttalib va „Iso ibn Muhammad“ qoʻllab-quvvatlagan Hoshimiylar uchun Maʼmunni taxtdan agʻdarib, Ibrohim ibn al-Mahdiyni xalifalikka saylash uchun sabab boʻldi[15].
Shia manbalariga ko‘ra, Bag‘dodda Ma’umning taxtdan ag‘darilishi donishmand va taqvodor Imom Rizoga qarshilik tufayli emas, balki Fazl ibn Sahl tarqatgan mish-mishlar tufayli sodir bo‘lgan. Maʼmun imom Rizoni nazorat qilish umidida Marvga koʻchirdi, ammo imomning oʻsib borayotgan mashhurligi bu yerda ham toʻsqinlik qildi. Butun musulmon dunyosidan odamlar payg‘ambarning nabiralari bilan uchrashish, uning o‘gitlari va yo‘l-yo‘riqlarini tinglash uchun kelishgan (manbalarga ko‘ra). Maʼmun imomni sharmanda qilmoqchi boʻlib, dunyo dinlarining eng buyuk ulamolari bilan bahsga kiritgan, ammo imom gʻalaba qozondi. Keyin Maʼmun sadrati Fazl ibn Sahl xalifadan muhim maʼlumotlarni yashirganini maʼlum qildi[16].
Bagʻdodda Maʼmun oʻrniga Ibrohim ibn Mahdiy tayinlangan edi. Buning sababi Maʼmunning imom Rizoni oʻz merosxoʻri deb atagani ommalashmagani emas, balki Fazl ibn Sahl tarqatgan „mish-mishlar“ boʻlgan edi.
Xalifa Maʼmun Bagʻdoddagi qoʻzgʻolonni bostirish maqsadida 818-yil 12-aprelda shaharga yoʻl oldi. Tusda otasining qabrini ziyorat qilish maqsadida toʻxtaydi. Biroq Saraxs shahriga yetib kelganlarida, vaziri Fazl ibn Sahl o‘ldirildi. Tusga yetib borgach, imom zaharlandi. Maʼmun imomni otasi Horun ar-Rashid qabri yoniga dafn qilishni buyurdi. Dafn marosimida qattiq qaygʻuriub, uch kun qolib ketdi. Shunga qaramay, shia urf-odatlariga koʻra, u Maʼmunning buyrugʻi bilan oʻldirilgan. Wilferd Madelungga koʻra, vazir va vorisning kutilmagan oʻlimi, „ularning tirik boʻlishi Bagʻdoddagi kuchli Abbosiy muxolifati bilan yarashishni deyarli imkonsiz qilishi sababli ham oʻlimda Ma'munning qoʻli bor degan kuchli shubha uygʻota olsa kerak“[17][18].
Imom Rizo vafotidan so‘ng Xurosonda qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Maʼmun jinoyat uchun oʻzini oqlashga urinib koʻrdi[19].
Bagʻdodga qaytgandan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bag‘doddagi qo‘zg‘olonchilar Ma’munga qarshi ikkiga bo‘linib ketishdi. Olim va tarixchi Tabariy (839—923) maʼlumotlariga koʻra, Maʼmun 819-yil 11-avgustda Bagʻdodga kirgan[20]. Xalifa yashil rangda kiyinib, boshqalarga ham shunday qilishni buyurgan. Bu amrga rioya qilish xalqning rangga qarshi eʼtirozini uygʻotishi mumkinligini bilib, 18-avgust kuni anʼanaviy abbosiy qora rangga qaytildi. Bagʻdod tinchlansa-da, boshqa joylarda tartibsizliklar boʻldi. Hijriy 210-yilda (milodiy 825–826) Abdulloh ibn Tohir Xurosoniy Misrni Maʼmun uchun qoʻlga kiritib, Iskandariyani Andalusiyaliklardan ozod qildi va tartibsizliklarni bostirdi. Andalusiyaliklar Kritga koʻchib oʻtishgan. Tabariyning yozishicha, koʻchganlarning avlodlari Tabariy davrida ham u yerda yashagan (qarang Krit amirligi). Abdulloh hijriy 211-yili (milodiy 826-827) mag‘lubiyatga uchragan isyonchilar bilan Bag‘dodga qaytdi.
Shuningdek, hijriy 210-yilda (825–826) Qumda soliqlar boʻyicha shikoyatlar sabab qoʻzgʻolon boʻlgan. Qoʻzgʻolon bostirilgach, soliqlar sezilarli darajada oshirildi. Hijriy 212-yilda (827—828) Yamanda ham qoʻzgʻolon koʻtarildi. Hijriy 214-yil (milodiy 829—30) bir yamanlik isyonchini asirga olgan Abu ar-Roziy boshqa isyonchi tomonidan oʻldirilgan. Misrda tinchlik huk surdi. Sind isyonkor boʻlib bordi. Isyonni hijriy 216-yilda (milodiy 831—832) Gʻasson ibn Abbod bostirdi. Maʼmun uchun asosiy muammo Bobak Xurramdin boshchiligidagi davom etayotgan qoʻzgʻolon edi. 214-yilda Bobak xalifalik qoʻshinini tor-mor etib, qoʻshin qoʻmondoni Muhammad ibn Humaydni oʻldirdi.
Vizantiya bilan urushlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼmun xalifa boʻlganida, arablar va Vizantiya imperiyasi chegaralarda nazoratlarni kuchaytirishgan. Arablarning oʻljalar va nasroniylarni qullikka aylantirish uchun Onadoʻliga chuqur kirib borib, uyushtirgan bosqinlari arablar va Vizantiya imperiyasi oʻrtasida oʻzaro toʻqnashuvlar boshlanishiga sabab boʻldi. Vaziyat milodiy 820-yilda Michael II hokimiyatga kelishi bilan oʻzgardi. Qoʻzgʻolonchi Foma Slavyanin bilan kurashishga majbur boʻlgan Michael eramizning 824-yilida Kritga qarshi 40 ta kema va 10 000 kishidan iborat kichik Andalusiya bosqiniga qarshi juda oz qoʻshinlarini saqlab qoldi. Milodiy 826-yilda Vizantiya qarshi hujumi muvaffaqiyatsiz boʻldi. Bundan ham yomoni, 827-yilda Tunis arablarining Sitsiliyaga bostirib kirishi edi. Shunga qaramay, Sitsiliyadagi Vizantiya qarshiligi shiddatli boʻlib, muvaffaqiyatga erisha olmadi. Arablar tezda ichki janjallarga duchor boʻlishdi. Oʻsha yili arablar Sitsiliyadan siqib chiqarildi, ammo ular koʻp oʻtmay yana qaytib kelishdi.
829-yilda Michael II vafot etdi va oʻgʻli Theophilos taxtga chiqdi. Theophilos arab raqiblariga qarshi turli muvaffaqiyatlarga erishdi. 830-yilda arablar Sitsiliyaga qaytib, bir yillik qamaldan keyin Palermoni egallashdi. Keyingi 200 yil davomida ular oʻzlarining zabt etishlarini yakunlash uchun u yerda qolishdi. Bu orada Maʼmun 830-yilda bir qancha Vizantiya qalʼalarini egallab, Onadoʻliga bostirib kirdi. Taslim boʻlgan vizantiyaliklarning hayoti saqlab qolindi. Oʻz navbatida Theophilos 831-yilda Tarsni egalladi. Keyingi yili Vizantiyaliklar bir ming olti yuzga yaqin odamni oʻldirganini bilgan Maʼmun qaytib keldi. Bu safar oʻttizta qalʼa xalifalik qoʻshinlari qoʻliga oʻtib, Kappadokiyada Vizantiya ikki marta magʻlubiyatga uchradi.
Theophilos Maʼmunga xat yozdi. Xalifa Vizantiya Vizantiya hukmdorining maktubini sinchiklab koʻrib chiqib, unda tinchlik va savdo takliflari urush tahdidlari bilan uygʻunlashganini koʻrgach, Theophilosga shahodatni qabul qilib, soliq toʻlash yoki jang qilish variantlarini taklif qildi. Maʼmun katta yurishga tayyorgarlik koʻrdi, ammo Tyana harbiy ekspeditsiyasiga rahbarlik qilayotib, yoʻlda vafot etdi.
Maʼmunning vizantiyaliklar bilan aloqalari yunon falsafasi va fanini tarjima qilishdagi saʼy-harakatlari bilan ajralib turadi. Maʼmun Bagʻdodda koʻplab dinlar ulamolarini toʻplab, ular bilan ajoyib muomala qilgan. Vizantiya imperiyasiga u yerdagi eng mashhur qoʻlyozmalarni toʻplash va ularni arab tiliga tarjima qilish uchun elchi yubordi[21]. Vizantiya imperatori bilan tuzilgan tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida Maʼmun har yili bir qancha yunon qoʻlyozmalarini olishi kerak edi. Qoʻlyozmalardan biri Ptolemeyning astronomik asari Al-Majistiy edi[22].
Maʼmun hukmronligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼmun Mesopotamiya tekisliklari daraja oʻlchovini aniqlash uchun ikkita astronomik tadqiqot oʻtkazdi (Maʼmun yoyi oʻlchovi). Oydagi Almanon krateri Maʼmunning astronomiyaga qoʻshgan hissasini eʼtirof etish uchun nomlangan.
Maʼmunning boshqaruvchi sifatidagi faoliyati ham hokimiyatni markazlashtirish, ham vorislikning aniqligiga qaratilgan saʼy-harakatlari bilan ajralib turadi. Maʼmun hukmronligi davrida Bayt ul-hikma yoki Hikmatlar uyi tashkil etilgan[23]. Ulamo Maʼmun vafotidan toʻrt oy oldin, 833-yilda boshlangan mihnaga qarshi chiqqani uchun islom siyosatida haqiqiy kuch sifatida maydonga chiqdi.
Michael Hamilton Morgan oʻzining „Lost history“ kitobida Maʼmunni „oʻrganishni yaxshi koʻradigan“ inson sifatida tasvirlagan. Maʼmun bir marta jangda Vizantiya imperatorini magʻlub etib, oʻlpon sifatida Ptolemeyning milodiy 150-yillarda yozilgan astronomiya boʻyicha ellinistik fikrlari toʻplami Almagest nusxasini soʻraydi[24].
„Mihna“ qamoqqa olish, diniy sinov va sadoqat qasamini oʻz ichiga olgani bois Oʻrta asrlar Yevropa inkvizitsiyalari bilan taqqoslash mumkin. Mihnaga boʻysunadigan odamlar ijtimoiy taʼsiri juda yuqori boʻlgan olimlar edi. Maʼmun xalifalik institutida diniy hokimiyatni markazlashtirish va oʻz fuqarolarining sadoqatini sinab koʻrish niyatida mihnani joriy qilgan. Mihna elita, olimlar, qozilar va boshqa davlat amaldorlari tomonidan oʻtkazilishi kerak boʻlib, ilohiyot va eʼtiqodga oid bir qator savollardan iborat edi. Asosiy savol Qurʼonning yaratilgani haqida edi. Agar soʻroq qilinuvchi Qurʼon vahiy boʻlganidan koʻra yaratilganiga ishonishini aytsa, oʻz kasbini tark etishi va yashashda davom etishi mumkin edi.
Mihna boʻyicha bahslar Maʼmunning moʻtaziliy ilohiyotiga hamda boshqa munozarali qarashlarga xayrixohligi tufayli yanada kuchaydi. Moʻtaziliy ilohiyoti Aristotel tafakkuri va yunon ratsionalizmidan chuqur taʼsirlangan holda eʼtiqod va amaliyot masalalarini tafakkur bilan hal qilish kerakligini taʼkidlagan. Bu Ahmad ibn Hanbal va boshqalarning anʼanaviy va literalistik pozitsiyasiga qarshi edi. Unga koʻra moʻmin iymon va amal haqida bilishi kerak boʻlgan hamma narsa Qurʼon va Hadisda tom maʼnoda bayon etilgan. Bundan tashqari, moʻtaziliylar Qurʼon Xudo tomonidan vahiy qilingani emas, balki yaratilganini taʼkidladilar. Bu eʼtiqod jahmiylar va shialarning bir qismi tomonidan qoʻllansa-da, Qurʼon va ilohiylik birga ekanini taʼkidlovchi anʼanaviy-sunniy eʼtiqodiga zid kelardi.
Maʼmun hukmronligi davrida alkimyo juda rivojlangan. Bu ilmning kashshoflari Jobir ibn Xayyom va uning shogirdi Yusuf Lukva bo‘lib, unga Ma’mun homiylik qilgan. Garchi oltinga aylantirish ishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlsa-da, uning usullari farmatsevtik birikmalarning rivojlanishi uchun asos boʻldi[25].
Maʼmun astronomlar va geograflarning katta guruhiga dunyo xaritasi tuzishni buyurtma qilgan kartografiya kashshofi edi. Xarita hozirda Istanbuldagi Topkapi saroy muzeyida mavjud ensiklopediyada saqlanmoqda. Xaritada Yevrosiyo va Afrika qitʼalarining katta qismlari, mashhur qirgʻoqlari va yirik dengizlari koʻrsatilgan. Xaritada dunyo arab yelkanli kema kapitanlariga maʼlum boʻlgani kabi tasvirlangan. Kapitanlar musson shamollari aylanishidan uzoq masofalarga savdo qilish uchun foydalanishgan (9-asrda arab dengiz savdogarlari Xitoyning Guanchjou shahriga yetib kelishgan). Yunon va rimliklar xaritalari Oʻrta yer dengizi kabi yopiq dengizlar haqida yaxshi maʼlumot bera olsa-da, undan tashqaridagi ulkan okeanlar haqida kam maʼlumot beradi[26].
Mahdiy xalifani islomning bid’atdan himoyachisi ekanligini e’lon qilgan va ortodoks qarashlarni e’lon qilish qobiliyatini ham da’vo qilgan bo’lsa-da, islom olamidagi din ulamolari Ma’mun mihna borasida oʻz chegarasidan chiqib ketayotganiga ishonishgan. Ulamolar kuchayib, oʻz qarshiliklarida birlashgani sayin, mihna jazolarini qoʻllash tobora qiyinlashib bordi. Mihna yana ikki xalifa hukmronligi davrida saqlanib qolgan boʻlsa-da, Mutavakkil 851-yilda undan voz kechdi.
Ulamolar va yirik islom huquq maktablari Maʼmun davrida chinakam tasniflanib, sunniylik qonuniy yoʻnalish sifatida parallel ravishda belgilandi. Sunniylik va shialik oʻrtasida mavjud taʼlimotdagi tafovutlar yanada yaqqol koʻzga tashlana boshladi. Hanbaliylik maktabining asoschisi Ibn Hanbal mihnaga qarshiligi bilan mashhur bo‘lgan. Maʼmun bir vaqtning oʻzida muxolifati va ziyolilar uchun homiyligi ham dunyoviy, ham diniy masalalar boʻyicha muhim muloqotlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Buning natijasida Bayt ul-hikma yunon va boshqa qadimiy matnlarni arab tiliga tarjima qilishning muhim markaziga aylandi. Ushbu islom renessansi ellinizmning qayta kashf etilishiga turtki boʻlib, ushbu matnlar Yevropa Uyg'onish davri uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Maʼmunni Horun Xuroson noibi etib tayinlagan edi. Maʼmun hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Tohirning sadoqatini taʼminlash hamda harbiy xizmatlari uchun noib etib tayinladi. Ma’munning xalifalik hokimiyatini markazlashtirish va mustahkamlash istagiga zid ravishda, Tohir va oilasi Eron siyosatida mustahkam o‘rnashib, kuchayib borayotgani sababli Ma’mun tez orada ushbu tayinlovdan pushaymon bo‘ldi. Maʼmun oʻz siyosati tufayli Tohiriylar oilasi va boshqa raqiblarni oʻzidan uzoqlashitirishi ularning kuchayib borishini ham tahdidga aylantirdi.
Maʼmun ham hukmronligi davrida oʻzidan farzand koʻrmagan xotini bilan ajrashishga uringan. Rafiqasi Maʼmunning oʻzi tanlovni amalga oshirishidan avval oʻziga xos suriyalik qozini yollagan. Xalifaning xotini bilan hammaslak boʻlgan qozi taloqni rad etadi. Maʼmun tajribasidan soʻng keyingi Abbosiy xalifalar oila qurmasdan, oʻz merosxoʻrlarini haramdan tanlashni afzal koʻrdilar.
Maʼmun shia musulmonlarini oʻz qarorgohiga jalb qilish uchun sakkizinchi imom Ali ar-Rizoni, Maʼmundan uzoqroq yashash sharti bilan oʻziga oʻrinbosar deb atadi. Aksariyat shialar ar-Rizoning juda keksa ekanligini tushunib, Maʼmunning ishorasi boʻsh ekanligini anglashdi. Darhaqiqat, Maʼmun Ali ar-Rizoni zaharlagach, 818-yilda vafot etgan. Bu voqea Abul Abbos allaqachon xalifalikni vaʼda qilgan va keyinchalik inkor etgan abbosiylardan shialarni yanada uzoqlashtirishga xizmat qildi.
Abbosiylar saltanati Maʼmun davrida birmuncha kuchaydi. Sinddagi hind qoʻzgʻolonlari bostirildi. Afgʻonistonning katta qismi Kobul rahbari taslim boʻlishi bilan boʻysundirildi. Eronning togʻli hududlari Turkiston hududlari kabi markaziy hukumat tomonidan qattiqroq nazorat ostiga olindi.
832-yilda Maʼmun soʻnggi yirik bashmuriy qoʻzgʻolonini bostirish uchun katta qoʻshinni Misrga boshlab bordi[27].
Shaxsiy xususiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabariy (32-jild, 231-bet) Maʼmunni oʻrtacha boʻyli, och rangli, kelishgan va yoshi oʻtgan sari toʻq rangini yoʻqotgan uzun soqolli deb taʼriflagan. U xalifaning tayyorgarliksiz ixcham va chiroyli gapira olishi, saxovatliligi, Muhammad alayhissalomga va dinga bo‘lgan hurmati, o‘zini tuta bilishi, adolatliligi, she’riyatga mehri va jismoniy yaqinlikka to‘ymas ishtiyoqi haqidagi latifalarni yozib qoldirgan.
Ibn Abd Rabbihi oʻzining Unique necklace (al-'iqd al-Farid) asarida, ehtimol, tarixiy manbalarga tayangan holda, Maʼmunga xuddi shunday taʼrif bergan. Maʼmunni och rangda va bir oz sargʻish sochli, uzun, ingichka soqolli va tor peshonali deb taʼriflagan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼmunning birinchi xotini Ummu Iso amakisi al-Hodiyning (h. 785–786) qizi boʻlib, oʻn sakkiz yoshida uylangan. Ularning Muhammad al-Asgʻar va Abdulloh ismli ikki oʻgʻli boʻlgan[2]. Yana bir xotini Maʼmunning vaziri Hasan ibn Sahlning qizi Buran edi[28]. Ushbu ayoli 807-yil 6-dekabrda tugʻilgan boʻlib, Xadija[28] ismi berilgan[29]. 817-yilda Maʼmunga unashtirilib, 825-yil dekabr yoki 826-yil yanvarda Fam al-Silh shahrida nikohdan oʻtishgan[28]. Buran 884-yil 21-sentyabrda vafot etgan[29].
Maʼmunda, shuningdek, bir nechta kanizaklar ham boʻlgan[2]. Ulardan biri Sundus beshta o‘g‘il tug‘di. Oʻgʻillar orasida Ma’mun hukmronligining oxirida oliy harbiy qo‘mondonlik darajasiga ko‘tarilgan va taxtga da’vogar bo‘lgan Abbos ham bor edi[30]. Yana bir kanizagi Arib edi[31]. 797-yilda tugʻilgan[32] Arib o‘zini barmakiy Ja’far ibn Yahyoning qizi deb da’vo qilgan. Ushbu kanizak bolaligida, barmakiylar hokimiyatdan qulaganida o‘g‘irlab sotilgan. Uni Amin olib kelib, keyin akasiga sotgan[31]. Arib taniqli shoir, qoʻshiqchi va musiqachi edi[31]. 890-yil iyul yoki avgust oyida Samarrada to‘qson olti yoshida vafot etdi[32]. Yana bir kanizak Biʼda al-Kabira edi. U ham qo‘shiqchi bo‘lib, Aribning quli edi[33]. 915-yil 10-iyulda vafot etgan. Janoza namoziga xalifa al-Muhtadiyning o‘g‘li Abu Bakr imomlik qilgan[34]. Yana bir kanizak yunon Munisa edi[35].
Maʼmunning ikki qizi boʻlgan. Ulardan biri Ali ibn Musa al-Rizoga turmushga chiqqan Ummu Habib, yana biri Muhammad ibn Ali ibn Musaga turmushga chiqqan Ummu al-Fazl edi[36].
Vafoti va merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabariy Maʼmun daryo boʻyida oʻtirib, oʻzining yonidagilarga suvning naqadar ajoyibligini aytib berganini hikoya qilgan. Bu suvga nima yaxshi mos kelishini soʻrab, yangi xurmoning maʼlum bir turini aytadi. Kerakli muhit mavjudligini payqab, kimdandir bunday navlar mavjudligini tekshirishni soʻraydi. Oʻzi bilan birga boʻlganlarni xurmo bilan suvdan bahramand boʻlishga taklif qildi. Bu ishni qilganlarning hammasi kasal boʻlib qolishadi. Boshqalar tuzalishgan, ammo Maʼmun vafot etadi. O‘z vorisiga siyosatini davom ettirish va xalqqa ogʻir vazifalarni yuklamaslikni vasiyat qildi. Bu voqea 833-yil 9-avgustda sodir boʻlgan[37].
Maʼmun Tars yaqinida vafot etgan. Shahardagi katta masjidda (Tars katta masjidi) Maʼmunning qabri bor. Maʼmun voris tayinlash uchun hech qanday rasmiy tadbirlar uyushtirmagan. Uning oʻgʻli Abbos hukmronlik qilish yoshiga yetgan, Vizantiyaliklar bilan chegara urushlarida qoʻmondonlik tajribasiga ham ega bo'lgan, ammo merosxoʻr etib tayinlanmagan[38]. Tabariy maʼlumotiga ko‘ra, o‘lim to‘shagida yotgan Ma’mun o‘z o‘rniga Abbosni emas, balki ukasini tayinlash to‘g‘risida xat yozgan[39]. Abu Isʼhoq Muʼtasim (toʻliq nomi al-Muʿtaṣim bi’llāh, „Xudodan panoh soʻragan“) nomi bilan 9-avgustda xalifa deb eʼlon qilingan[40]. Bunda haqiqiy voqealar aks ettirilganmi yoki maktub haqidagi maʼlumot uydirmami, buni bilib boʻlmaydi. Abu Isʼhoq oʻlim arafasida turgan ukasi bilan yaqinligidan va Abbosning uzoqdaligidan foydalanib, taxtga oʻtirdi. Abu Isʼhoq keyingi barcha abbosiy xalifalarning ajdodi bo‘lgani sababli, keyingi tarixchilar uning taxtga oʻtirishining qonuniyligiga shubha qilishni istashmagan. Biroq uning mavqei ishonchli emasligi aniq. Qo‘shinning katta qismi Abbosni qo‘llab-quvvatlagan va askarlar vakillari uning oldiga borib, Abbosni yangi xalifa deb eʼlon qilishga urinishgan. Abbos zaifligidanmi yoki fuqarolar urushi boʻlishini xohlamagani sabablimi, taklifdan voz kechib, o‘zi amakisiga bay’at qilgandagina, askarlar Muʼtasim nomzodiga rozi bo‘ldilar[41][42].
Oyning janubiy-markaziy mintaqasidagi baland togʻlarda joylashgan oyning zarba krateri Maʼmun sharafiga Almanon deb nomlangan[43].
Maʼmun bir soʻzdan iborat laqabga ega boʻlgan oxirgi Abbosiy xalifa boʻlib, vorislari Billah yoki alā Allāh kabi qoʻshimchali laqabga ega boʻldilar.
Maʼmunning jiyani Horun (bo‘lajak Votiq) amakisi xalifa Ma’mundan xattotlik, qiroat va adabiyotni o‘rgangan[44]. Keyinchalik manbalarda bilimdonligi va odob-axloqi uchun unga „Kichik Maʼmun“ deya laqab qoʻyilgan[44].
Diniy eʼtiqodlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼmunning diniy eʼtiqodlari bahs mavzusi boʻlib, keyingi islom ulamolari boshqa Abbosiylar[45] ham uni shia musulmonlaridan deb bilishgan. Jumladan, sunniy olimlari Zahabiy, Ibn Kasir, Ibn Xaldun va as-Suyutiylar Ma’munning shia ekanligiga aniq ishonishgan[46]. Maʼmunning shialikda ekani haqida iddao qilingan dalillar 816/817-yilda paygʻambarning avlodi Ali ar-Rizo yagona xalifa etib tayinlanishdan bosh tortganida, Maʼmun uni rasman oʻziga voris etib tayinlaganidan iborat. Rasmiy Abbosiy tangalarida Maʼmun xalifa, ar-Rizo esa voris sifatida koʻrsatilgan[47]. Yana boshqa dalillar quyidagilar: xalifalikning rasmiy qora rangi Paygʻambar yashil rangiga oʻzgartirildi; Hijriy 210/825-yilda Madina hukmdori Qusam ibn Jaʼfarga Fadakni Fotima orqali Muhammadning avlodlariga qaytarish haqida xat yozadi; ilgari Muhammad va Abu Bakr davrida amalda boʻlib, Umar ibn Xattob taqiqlagan muta nikohini tikladi; Hijriy 211/826-yilda Maʼmun Muoviya ibn Abu Sufyonni maqtaganlarga oʻz antipatiyasini bildirgan va manbalarga koʻra, bunday kishilarni jazolagan[48]; Biroq, as-Suyutiyning keyingi qarashlari shubhali, chunki Maʼmun Muoviyani ochiqcha himoya qilgan ulamolarni, masalan, Bagʻdoddagi Maʼmun saroyida taniqli qozi moʻtaziliy olim Hishom ibn Amr al-Fuvatiy kabilarni eʼzolagani yuqoridagi qarashlarga ziddir[49]; hijriy 212/827-yilda Maʼmun Ali ibn Abu Tolibning Abu Bakr va Umar ibn Xattobdan ustunligini eʼlon qilgan[48]; milodiy 833-yilda moʻtazila ratsionalistik qarashlari taʼsirida Maʼmun mihna sinovini boshlab yubordi. Bunda xalifa ortodoks sunniylarning Qurʼon Xudoning yaratilmagan kalomi ekanligi haqidagi iddaosini qabul qildi.
Shialar Maʼmunni 818-yilda Ali ar-Rizoning zaharlanishi va oxir-oqibat oʻlimida aybdor deb hisoblaganlari uchun qoralaydilar. Keyingi hokimiyat uchun kurashda boshqa abbosiylar Maʼmunning amakisi Ibrohim ibn al-Mahdiy foydasiga Maʼmunni taxtdan agʻdarishga harakat qildilar[50]. Shuning uchun ham ar-Rizodan qutulish birlashgan, mutlaq hamda qarshiliksiz boshqaruvni saqlab qolishning yagona real usuli edi[51]. Maʼmun ar-Rizoni oʻz otasi Horun ar-Rashid qabri yoniga dafn qilishni buyurib, dafn marosimida qattiq qaygʻurdi va uch kun shu yerda qoldi. Ali ar-Rizoning oʻgʻli va vorisi Muhammad al-Javad Maʼmun hukmronligining qolgan davrida (833-yilgacha) hech qanday qarshiliksiz va erkin yashadi. Xalifa qizi Ummul Fazlga uylanishi uchun al-Javadni Bag‘dodga chaqirtirdi. Bu harakat, aftidan, Abbosiylarning keskin eʼtirozlariga sabab boʻlgan. Yaʼqubiyning yozishicha, Ma’mun al-Javadga yuz ming dirham berib: „Albatta, men Rasululloh va Ali ibn Abu Tolib nasliga bobo bo‘lishni xohlardim“, degan[52].
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Maʼmun sunniy musulmon boʻlib, moʻtaziliy va Aliylar tarafdori boʻlgan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rekaya, M. (24 April 2012) (en). al-Maʾmūn. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/al-mamun-SIM_4889. Qaraldi: September 20, 2019.Maʼmun]]
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 Rekaya 1991, s. 331.
- ↑ El-Hibri 2010, s. 274.
- ↑ Kennedy 2004, ss. 133–135.
- ↑ El-Hibri 2010, s. 282.
- ↑ El-Hibri 2010, ss. 282–283.
- ↑ Kennedy 2004, s. 142.
- ↑ Kennedy 2004, ss. 142–143.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 El-Hibri 2010, s. 283.
- ↑ Kennedy 2004, s. 144.
- ↑ Kennedy 2004, ss. 144–145.
- ↑ Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates, 2nd, London and New York: Pearson Longman, 1986 — 148–150-bet. ISBN 0-582-49312-9.
- ↑ 13,0 13,1 Lapidus, Ira M. (1975). "Separation of state and religion in early Islamic society". International Journal of Middle East Studies 6: 375. doi:10.1017/S0020743800025344. https://www.jstor.org/stable/162750. Qaraldi: 2 July 2021.Maʼmun]]
- ↑ 14,0 14,1 Lapidus, Ira M. (1975). "Separation of state and religion in early Islamic society". International Journal of Middle East Studies 6: 376. doi:10.1017/S0020743800025344. https://www.jstor.org/stable/162750. Qaraldi: 2 July 2021.Maʼmun]]
- ↑ 15,0 15,1 Lapidus, Ira M. (1975). "Separation of state and religion in early Islamic society". International Journal of Middle East Studies 6: 363–385. doi:10.1017/S0020743800025344. https://www.jstor.org/stable/162750. Qaraldi: 2 July 2021.Maʼmun]]
- ↑ „Why was Imam al-Reza (A.S.) Invited to Khurasan?“. Imam Reza Network. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
- ↑ W. Madelung. „Alī Al-Reżā, the eighth Imam of the Imāmī Shiʿites.“. Iranicaonline.org (2011-yil 1-avgust). 2012-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyun.
- ↑ al-Qarashi, Bāqir Sharif. The life of Imām 'Ali Bin Mūsā al-Ridā, Translated by Jāsim al-Rasheed. Qaraldi: 2014-yil 22-sentyabr.
- ↑ Mavani, Hamid. Religious Authority and Political Thought in Twelver Islam. New York: Routledge, 2013 — 276+-bet. ISBN 978-1135044732. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
- ↑ The History of al-Ṭabarī, v. 32, p. 95
- ↑ Tesdell, Lee S. „Greek Rhetoric and Philosophy in Medieval Arabic Culture: The State of the Research“, . Discourses of Power: Grammar and Rhetoric in the Middle Ages. Evanston, IL: Northwestern University Press, 1999 — 51–58-bet. ISBN 0-8101-1812-2.
- ↑ Angelo, Joseph. Encyclopedia of Space and Astronomy, 2009 — 78-bet. ISBN 978-1438110189.
- ↑ Goldschmidt, Arthur. A concise history of the Middle East. Boulder, Colorado: Westview Press, 2002 — 78-bet. ISBN 978-0-8133-3885-9.
- ↑ Michael Hamilton Morgan "Lost History", p. 57
- ↑ E.J. Brill's First Encyclopaedia of Islam (1993), Vol. 4, p. 1011
- ↑ Rechnagel, Charles. „World: Historian Reveals Incredible Contributions of Muslim Cartographers“. Radio Free Europe/Radio Liberty (2004-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
- ↑ Gabra 2003, s. 112.
- ↑ 28,0 28,1 28,2 Ibn al-Sāʿī 2017, s. 23.
- ↑ 29,0 29,1 Ibn al-Sāʿī 2017, s. 26.
- ↑ Turner 2013.
- ↑ 31,0 31,1 31,2 Ibn al-Sāʿī 2017, s. 15.
- ↑ 32,0 32,1 Ibn al-Sāʿī 2017, s. 19.
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 20.
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 22.
- ↑ Ibn al-Sāʿī 2017, s. 32.
- ↑ Bosworth 1987, s. 82.
- ↑ Bosworth 1987, ss. 224–231.
- ↑ Kennedy 2006, s. 213.
- ↑ Bosworth 1987, ss. 222–223, 225.
- ↑ Bosworth 1991, s. 1.
- ↑ Kennedy 2006, ss. 213–215.
- ↑ Bosworth 1991, ss. 1–2 (esp. note 2).
- ↑ Andoza:Gpn
- ↑ 44,0 44,1 Kan 2012, s. 548.
- ↑ Naqawī, "Taʾthīr-i qīyāmhā-yi ʿalawīyān", p. 141.
- ↑ Dhahabī, Siyar aʿlām al-nubalāʾ, vol. 11, p. 236; Ibn Kathīr, al-Bidāya wa l-nihāya, vol. 10, p. 275–279; Ibn khaldūn. al-ʿIbar, vol. 2, p. 272; Suyūṭī, Tārīkh al-khulafāʾ, p. 363.
- ↑ „Item #13113 Abbasid (Medieval Islam), al-Ma'mun (AH 194–218), Silver dirham, 204AH, Isfahan mint , with Ali ibn Musa al-Rida as heir, Album 224“.
- ↑ 48,0 48,1 Suyūṭī, Tārīkh al-khulafāʾ, p. 364.
- ↑ „Disputations on 'the Necessity of Imamate' in the Mu'tazilite Political Theory“. 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
- ↑ Donaldson, Dwight M. (1933). The Shi'ite Religion: A History of Islam in Persia and Irak. Burleigh Press. pp. 161–170.
- ↑ According to Madelung the unexpected death of the Alid successor, "whose presence would have made any reconciliation with the powerful ʿAbbasid opposition in Baghdad virtually impossible, must indeed arouse strong suspicion that Ma'mun had had a hand in the deaths."
- ↑ Donaldson, Dwight M. (1933). The Shi'ite Religion: A History of Islam in Persia and Iraḳ. AMS Press. pp. 190–197.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXII: The Reunification of the ʿAbbāsid Caliphate: The Caliphate of al-Maʾmūn, A.D. 813–33/A.H. 198–213, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1987. ISBN 978-0-88706-058-8.
- Kennedy, Hugh. [[[:Andoza:Google Books]] When Baghdad Ruled the Muslim World: The Rise and Fall of Islam's Greatest Dynasty]. Cambridge, Massachusetts: Da Capo Press, 2006. ISBN 978-0-306814808.
- Cooperson, Michael. Al Ma'mun, Makers of the Muslim world. Oxford: Oneworld, 2005. ISBN 978-1851683864.
- Daniel, Elton L.. The Political and Social History of Khurasan under Abbasid Rule, 747–820. Minneapolis & Chicago: Bibliotheca Islamica, Inc., 1979. ISBN 978-0-88297-025-7.
- El-Hibri, Tayeb „Al-Maʾmūn: the heretic Caliph“, . Reinterpreting Islamic Historiography: Hārūn al-Rashı̄d and the Narrative of the ʿAbbāsid Caliphate. Cambridge University Press, 1999 — 95–142-bet. ISBN 0-521-65023-2.
- El-Hibri, Tayeb „The empire in Iraq, 763–861“, . The New Cambridge History of Islam, Volume 1: The Formation of the Islamic World, Sixth to Eleventh Centuries. Cambridge: Cambridge University Press, 2010 — 269–304-bet. ISBN 978-0-521-83823-8.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXI: The War Between Brothers: The Caliphate of Muḥammad al-Amīn, A.D. 809–813/A.H. 193–198, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1992. ISBN 978-0-7914-1085-1.
- Gabra, Gawdat „The Revolts of the Bashmuric Copts in the Eighth and Ninth Centuries“, . Die koptische Kirche in den ersten drei islamischen Jahrhunderten W. Beltz: . Institut für Orientalistik, Martin-Luther-Universität, 2003 — 111–119-bet.
- John Bagot Glubb The Empire of the Arabs, Hodder and Stoughton, London, 1963.
- Ibn al-Sāʿī. Consorts of the Caliphs: Women and the Court of Baghdad, Introduction by Julia Bray, Foreword by Marina Warner, New York: New York University Press, 2017. ISBN 978-1-4798-0477-1.
- E. de la Vaissière, Samarcande et Samarra. Elites d'Asie centrale dans l'empire Abbasside, Peeters, 2007 [1] (Wayback Machine saytida 16 August 2019 sanasida arxivlangan)
- Dimitri Gutas, Greek Thought, Arabic culture: the Graeco-Arabic translation movement in Baghdad and early Abbasid society Routledge, London, 1998
- Hugh N. Kennedy, The Early Abbasid Caliphate, a political History, Croom Helm, London, 1981
- Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, 2nd, Oxford and New York: Routledge, 2016. ISBN 978-1-138-78761-2.
- John Nawas, A Reexamination of three current explanations for Al-Ma’mun's introduction of the Mihna, International Journal of Middle East Studies 26, (1994) pp. 615–629
- John Nawas, The Mihna of 218 A.H./833 A.D. Revisited: An Empirical Study, Journal of the American Oriental Society 116.4 (1996) pp. 698–708
- Nawas, John Abdallah. Al-Maʼmūn, the Inquisition, and the Quest for Caliphal Authority. Atlanta, Georgia: Lockwood Press, 2015. ISBN 978-1-937040-55-0.
- Rekaya, M. (1991). "al-Maʾmūn". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VI: Mahk–Mid (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 331–339 b. ISBN 978-90-04-08112-3. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/al-mamun-SIM_4889.
- [[[:Andoza:Google Books]] The History of al-Ṭabarī, Volume XXXIII: Storm and Stress Along the Northern Frontiers of the ʿAbbāsid Caliphate: The Caliphate of al-Muʿtasim, A.D. 833–842/A.H. 218–227], SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1991. ISBN 978-0-7914-0493-5.
- Kan, Kadir (2012). "Vâsiḳ-Billâh" (Turkish). TDV Encyclopedia of Islam, Vol. 42 (Tütün – Vehran). Istanbul: Turkiye Diyanet Foundation, Centre for Islamic Studies. 548–549 b. ISBN 978-975-389-737-2. https://islamansiklopedisi.org.tr/vasik-billah.
- Peter Tompkins, "Secrets of the Great Pyramid", chapter 2, Harper and Row, 1971.
- Turner, John P. (2013). "al-ʿAbbās b. al-Maʾmūn". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3rd nashri). Brill Online. doi:10.1163/1573-3912_ei3_COM_24639. ISSN 1873-9830.
- Bulgakov P. G., Rozenfeld B. A., Axmedov A. A., Muhammad al-Xorezmi, M., 1983.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- (English) Al-Mamum: Building an Environment for Innovation
- Berggren, Len (2007). "Maʾmūn: Abū al‐ʿAbbās ʿAbdallāh ibn Hārūn al‐Rashīd". in Thomas Hockey. The Biographical Encyclopedia of Astronomers. New York: Springer. p. 733. ISBN 978-0-387-31022-0. http://islamsci.mcgill.ca/RASI/BEA/Ma%27mun_BEA.htm. (PDF version)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |