Safforiylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Safforiylar davlati - Eronda safforiylar sulolasi hukmronlik kilgan davlat (861—900). Seyistonlik dehkon Yaʼqub ibn Lays asSaffor asos solgan. 9-asrning 2-yarmida Oʻrta Osiyo va Eron chegarasida xalq harakatlari kuchayib ketadi. Bu xalq harakatlaridan misgar akauka Yaʼqub va Amr ibn Layslar oʻz niyatlarini amalga oshirishda foydalandilar. Avval ular qarokchilik qildilar, soʻngra Seyistondagi "gʻoziylar" ("eʼtiqod uchun kurashuvchilar") Koʻshiniga koʻshildilar. Yaʼqub tez orada bu qoʻshinning boshligʻi boʻlib oladi. U 861 yilda Seyistonning poytaxti Zaranj shahrini tohiriylarsan tortib oldi. 873 yilda ularga soʻnggi zarbani berib poytaxt Nishopurni egallaydi. Natijada arab xalifasi Xuroson noibligini Yaʼqubga topshirishga majbur boʻladi. 876 yilda Yaʼqub katta qoʻshin bilan Bagʻdod tomon yoʻl oldi. Bu jangda Yaʼqub xalifa qoʻshinidan magʻlubiyatga uchradi va u orqaga kaytdi. 879 yilda Yaʼkub vafot etib taxtga ukasi Amr ibn Lays oʻtirdi va xalifaga oʻz vassalligini bildirdi. Bunga javoban xalifa Amr ibn Laysni Xuroson va Eronning noibi ekanligini qayd qiluvchi yorliq yubordi. Bu davrga kelib Movarounnahrda somoniylar sulolasi kuchayib borayotgan edi. Xalifa alMuʼtazid (892—902) Ismoil Somoniy Movarounnahr hokimligidan tushirilgani va u yerga Amr ibn Laysni hokim qilib tayinlaganini eʼlon qildi. Movarounnahr noibligi toʻgʻrisidagi yorliqni olgan Amr ibn Lays Ismoilga karshi qoʻshin tortdi. 900 yilda Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qoʻshinlari tormor etildi. Tohir ibn Muhammad bir necha marta harakat qilib Safforiylar davlatini tiklay olmadi. 9-asr boshlarida Somoniylar mulkiga qoʻshib olindi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil