Al-Mustazhir
Al-Mustazhir | |
---|---|
Xalifa Amir al-Moʻminin unvoni | |
Bagʻdod xalifaligining 28-xalifasi Abbosiy xalifalar Bagʻdodda | |
Saltanat | 3-fevral 1094 – 6-avgust 1118 |
Oʻtmishdoshi | Al-Muqtadiy |
Davomchisi | Al-Mustarshid |
Tugʻilishi |
1078-yil aprel/may Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi |
Vafoti |
1118-yil 6-avgust (40 yoshda) Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi |
Dafn etilgan joy |
Bagʻdod |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Farzandlari |
|
Sulola | Abbosiylar |
Otasi | Al-Muqtadiy |
Onasi | Tayf al-Xayol |
Dini | slom, sunniylik mazhabi |
Abul-Abbos Ahmad ibn Abdulloh al-Muqtadiy (arabcha: أبو العباس أحمد بن عبد الله المقتدي), asosan, al-Mustazhir billoh (arabcha: المستظهر بالله) shoh nomi bilan tanilgan (1078-yil aprel yoki may oyida tugʻilgan – 1118-yil 6-avgustda vafot etgan) – 1094–1118-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa. Otasi al-Muqtadiyning oʻlimidan keyin uning oʻrniga xalifalikka tayinlangan. Uning hukmronligi davridagi asosiy va muhim voqealarga Gʻarbiy Suriyada birinchi salib yurishining paydo boʻlishi, Bagʻdoddagi musulmonlarning salibchilarga qarshi noroziligi, salibchilardan yerlarni qaytarib olish maqsadida Mavdudga bir necha yurish uyushtirishga yordam berish harakatlari kiradi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Mustazhir 1078-yilda (Islomiy taqvim boʻyicha V asrda) tugʻilgan. Otasi xalifa al-Muqtadiy, onasi Tayf al-Xayol ismli turk kanizak edi[1]. Toʻliq ismi Ahmad ibn Abdulloh al-Muqtadiy, kunyasi Abul-Abbos boʻlgan.
Otasi 1094-yil 3-fevralda 37–38 yoshida vafot etgach, uning oʻrniga xalifalik taxtiga al-Mustazhir oʻtirgan. Taxtga oʻtirganda u endigina 16 yoshda boʻlgan.
Amid ad-Davla[2][3] 1099[2] yoki 1100-yilga[3] qadar Abbosiylar vaziri boʻlib xizmat qilgan edi. Keyinchalik, Saljuqiylar sultoni Barqiyoruq tomonidan lavozimidan chetlashtirilib, qamoqqa tashlangan[3][2]. Amid ad-Davlaning hukumat lavozimidan qulashi haqida turlicha maʼlumotlar mavjud. Ulardan birida Saljuqiylar vaziri sifatida otasi Nizom al-Mulkning oʻrnini egallagan Muayyad al-Mulk Abbosiylar xalifaligi vazirligini al-Azzga topshirishni taklif qilgan. Shu tariqa Muayyad al-Mulk va al-Azz Barqiyoruqdan ruxsatsiz Amid ad-Davlani lavozimidan ozod qilish uchun oʻzaro hamkorlik qilgan[2]. Boshqa bir manbaga koʻra[3], Barqiyoruqning oʻzi Amid ad-Davlani hukumat mablagʻlarini oʻzlashtirgani uchun katta miqdorda jarimaga tortgan va zindonga tashlagan. Oradan koʻp oʻtmay, Amid ad-Davla 1100-yilda qamoqda vafot etgan[2][3].
Amid ad-Davla xalifalik vazirligi lavozimidan qulaganidan soʻng uning ukasi al-Kofiy 1102/1103-yildan 1106/1107-yilgacha, soʻngra yana 1108/1109-yildan 1113/1114-yilgacha Abbosiylar xalifasi al-Mustazhirning vaziri boʻlib xizmat qilgan[4].
Mamlakatdagi ichki nizolar hamda Suriyada birinchi salib yurishi boshlanganiga qaramay al-Mustazhir 24 yillik hukmronligi davrida siyosiy jihatdan yirik ahamiyatga ega shaxs boʻlmagan. Uning hukmronligi davrida hatto salibchi Raymond IV ham Bagʻdodga hujum qilishga urinib koʻrgan, ammo 1101-yilgi salib yurishi vaqtida Merzifon yaqinida magʻlubiyatga uchragan. 1100-yilga kelib, dunyoda musulmonlar soni 5% ga, nasroniylar soni esa 11% ga oshgan.
Hijriy 492-yili (milodiy 1099) Quddus salibchilar tomonidan bosib olindi va uning aholisi qirgʻin qilindi. Voizlar xalifalik boʻylab ushbu fojiani xalqqa eʼlon qildilar. Bagʻdodda qochqinlar ommalashib, mahalliy aholi bilan birga franklarga (musulmonlar salibchilar uchun qoʻllagan nom) qarshi urush chaqirishdi. 1111-yilning ikki jumasida Halab qozisi Ibn al-Xashshab qoʻzgʻatgan qoʻzgʻolonchilar Aleppodagi Ulugʻ masjidga bostirib kirib, xalifaning minbari va taxtini parcha-parcha qilib sindirishdi. Biroq shunday boʻlsa-da, na sulton va na xalifa gʻarbga qoʻshin yubormadi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Mustazhirning xotinlaridan biri Ismo xotun Saljuqiylar sultoni Malikshoh I ning qizi boʻlgan. Al-Mustazhir Ismo xotun bilan 1108–1109-yillarda Isfahonda oila qurgan. Keyinroq Bagʻdodga kelib, xalifalik saroyida istiqomat qilgan. 1112-yil 3-fevralda Ismo xotun Abu Is’hoq Ibrohimni dunyoga keltirgan, biroq Ibrohim 1114-yilning oktyabrida chechakdan vafot etgan va Rusofa qabristonidagi al-Muqtadir maqbarasiga, xalifa al-Muqtadiyning oʻgʻli, amakisi Jaʼfarning yoniga dafn qilingan. Al-Mustazhir vafot etgach, Ismo xotun Isfahonga qaytib kelgan va shu yerda 1141—1142-yillarda[5] vafot etgan. Hozirgi Barracks Market koʻchasida oʻzi asos solgan yuridik kollejiga dafn qilingan[5]. Al-Mustahzirning Lubona ismli bagʻdodlik kanizagi ham boʻlib, u boʻlajak xalifa al-Mustarshidning onasi edi[6]. Lubona 1133–1134-yillarda vafot etgan[7]. Al-Mustazhirning Ashin ismli yana bir kanizagi boʻlgan. Ashin Suriyadan boʻlib, boʻlajak xalifa al-Muqtafiyning onasi edi[6]. Shuningdek, al-Mustazhirning efiopiyalik Nzhh, turkiyalik Aqblan va Rozin ismli kanizaklari ham boʻlgan[8]. Xalifaning Amir Abul-Hasan Ali ismli oʻgʻli boʻlib, u 1131-yilning iyun oyida vafot etgan[9].
Vorisligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Mustazhir 1118-yilda 40 yoshida vafot etgan. Oʻlimidan keyin uning oʻrniga oʻgʻli al-Mustarshid 29-abbosiy xalifasi etib tayinlangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gʻazzoliy, taniqli va nufuzli faylasuf, dinshunos, sunniy islom huquqshunosi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rudainy. „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“ 117, 157. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Hanne, Eric (2008). "The Banu Jahir and Their Role in the Abbasid and Saljuq Administrations". Al-Masaq 20 (1): 29–45. doi:10.1080/09503110701823536. https://www.academia.edu/10968481. Qaraldi: 22 March 2022.Al-Mustazhir]]
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Cahen, Claude „DJAHĪR“, . The Encyclopaedia of Islam, Volume II (C-G) Lewis: . Leiden: E.J. Brill, 1991 — 384–5-bet. ISBN 90-04-07026-5.
- ↑ Cahen, Claude „DJAHĪR“, . The Encyclopaedia of Islam, Volume II (C-G) Lewis: . Leiden: E.J. Brill, 1991 — 384–5-bet. ISBN 90-04-07026-5.
- ↑ 5,0 5,1 al-Sāʿī, Ibn. كتاب جهات الأئمة الخلفاء من الحرائر والإماء المسمى نساء الخلفاء: Women and the Court of Baghdad, Library of Arabic Literature. NYU Press, 2017 — 62, 65, 152 n. 91 and 96, 166-bet. ISBN 978-1-4798-6679-3.
- ↑ 6,0 6,1 الدكتور, عبد القادر بوباية ،الأستاذ. الاكتفاء في اخبار الخلفاء 1-2 ج2. Dar Al Kotob Al Ilmiyah دار الكتب العلمية, 2009 — 487, 492-bet.
- ↑ al-Athīr, I.D.I.. The Chronicle of Ibn Al-Athīr for the Crusading Period from Al-Kāmil Fīʼl-taʼrīkh, Crusade texts in translation. Ashgate, 2006 — 309-bet. ISBN 978-0-7546-4077-6.
- ↑ Rudainy. „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“ 117, 157. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
- ↑ Richards, D.S.. The Chronicle of Ibn Al-Athir for the Crusading Period from Al-Kamil Fi'L-Ta'Rikh.: The Years 491-541/1097-1146 the Coming of the Franks and the Muslim Response, Crusade texts in translation. Ashgate, 2010 — 289-bet. ISBN 978-0-7546-6950-0.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- This text is adapted from William Muir's public domain, The Caliphate: Its Rise, Decline, and Fall.
- الدكتور, عبد القادر بوباية ،الأستاذ (2009). الاكتفاء في اخبار الخلفاء 1-2 ج2. الاكتفاء في اخبار الخلفاء 1-2. Dar Al Kotob Al Ilmiyah دار الكتب العلمية. p. 485
Al-Mustazhir Tavalludi: 1078 Vafoti: 1118-yil 6-avgust
| ||
Sunniylik unvonlari | ||
---|---|---|
Oldingisi | Xalifalar roʻyxati Abbosiy xalifalar roʻyxati 1094-yil fevral – 1118-yil 6-avgust |
Keyingisi |