Marojil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marojil
مرجل
Abbosiy xalifaning ummu valadi
Davri 786 – 786-yil 14/15-sentyabr
Tugʻilishi Badgʻis, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti tax. 786
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Dafn etilgan joy
Bagʻdod
Turmush oʻrtogʻi Horun ar-Rashid
Farzandlari Maʼmun

Marojil (arabcha: مراجل; vaf. 786-yil) xalifa Horun ar-Rashidning ummu valadi va xalifa Maʼmunning onasi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marojil Abbosiy shahzodasi Horunning (boʻlajak xalifa Horun ar-Rashid) fors qul kanizi edi. Bir rivoyatga ko'ra, u abbosiylar xonadoniga harbiy asir sifatida keltirilgan. Marojil shahzoda Horunga kanizaklikka berilgunga qadar Abbosiylar xonadonida tarbiyalangan. Marojil Horundan ikki yosh kichik edi.

Marajilning yagona farzandi Abdulloh (boʻlajak Maʼmun) Bagʻdodda milodiy 786-yil 13-sentyabrdan 14-sentyabrga oʻtar kechasi tugʻilgan. Keyinchalik „uch xalifa kechasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan oʻsha kechada Maʼmunning amakisi Hadiy vafot etib, oʻrniga otasi Horun ar-Rashid Abbosiylar xalifaligi hukmdori etib tayinlangan[1]. Horun 786-yil yigirma yoshida xalifa boʻlgan. Oʻsha vaqtda Horun baland boʻyli, koʻrinishi chiroyli, nozik, ammo kuchli, jingalak sochli va terisi zaytun rangli edi[2]. Horun xalifa boʻlishi bilan Bagʻdoddagi Katta masjidda juma namozini oʻqidi. Soʻngra amir al-moʻminin huzuriga kelganidan xursand boʻlganlarini eʼlon qilib, bayʼat qilish uchun saf tortgan amaldorlar va oddiy xalq oldida chiqish qildi[3]. Horun oʻz hukmronligini qobiliyatli vazirlarni tayinlashdan boshlagan. Vazirlar hukumat ishini shu qadar yaxshi olib borganki, natijada xalqning ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan[4]. Marojil Horunning taxtga oʻtirishiga guvoh boʻlib, xalifadan Ummu Abdulloh unvonini oldi. Biroq, 786-yil sentyabrda Horun taxtga oʻtirgan kechada Abdulloh tugʻilganidan keyin Marojilning ahvoli yomonlasha boshladi.

Farzandi tugʻilganidan koʻp oʻtmay Marojil vafot etdi. Abdulloh Horun ar-Rashidning rafiqasi, xalifa Mansurning (h. 754–775 nabirasi Zubayda qoʻlida tarbiyalandi[5]. Marojilning Xuroson bilan aloqasi borligi Maʼmunning kelajakdagi faoliyatiga katta hissa qoʻshdi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rekaya, M. „al-Maʾmūn“ (en). Encyclopaedia of Islam, Second Edition (2012-yil 24-aprel). Qaraldi: 2019-yil 20-sentyabr.
  2. Bobrick 2012, s. 37.
  3. Bobrick 2012, s. 36.
  4. New Arabian nights' entertainments, Volume 3
  5. Rekaya 1991, s. 331; Abbott 1946, s. 141.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]