Qarmatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qarmatlarismoiliylar asosiy shoxobchalaridan birining tarafdorlari. Q harakati 9-asr oxirida Iroq janubida vujudga kelgan. Suriya va Yamanga tarqalgan dehqonlar, koʻchmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Harakat oʻz nomini uning rahbari va tashkilotchisi Hamdon ibn alAshʼasning laqabi Qarmat (yohud Qarmatiya)dan olgan. Uning maʼnosi manbalarda turlicha ("kalta oyoq", "qizil koʻz" va boshqalar) izohlangan. Biroq Hamdongacha ham Qarmatiya nomi bor edi, binobarin Hamdon oʻz laqabini oʻsha davrda mavjud boʻlgan shialikning biron bir tashkiloti nomidan olgan deb hisoblash mumkin. Q abbosiylar xalifaligiga qarshi qoʻzgʻolonlarga boshchilik qilgan. Q yerga jamoa egaligini, umumiy (qullardan tashqari) tenglik gʻoyalarini targʻib etishgan. Ular islom marosimlarini bajarmagan, shariat qoidalarini tan olmagan, ularda masjidlar boʻlmagan. Q. musulmonlarning ziyoratgohlari (mas, Kaʼba va u yerdagi qora tosh — hajar alasvad)ni bidʼat deb hisoblaganlar. 899 yil Q. Bahraynni bosib olib, AlAqsoda (Sharqiy Arabiston) oʻz davlatini tuzgan, bu davlat 11asr oxirigacha mavjud boʻlgan. 930 yil haj vaqtida Q Makkaga hujum qilib, uni talontoroj etishgan, hajga borganlarning koʻpini oʻldirishgan, bir qismini qul qilishgan, u yerdagi qora toshni oʻlja qilib olib ketishgan (20 yildan soʻng qaytib berishgan). Bu hol keng xalq ommasini Q.dan chetlashtirdi. 11-asr oxiri — 12-asr boshlarida Iroq va Eronda ularga qarshi shiddatli kurash boshlangan va Q. harakati bostirilgan. Keyinchalik Q. ismoiliylarning boshqa oqimlariga qoʻshilib, yoʻqolib ketgan.