Salohuddin al-Ayyubiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salohuddin al-Ayyubiy
Tavalludi 1138
Vafoti 4-mart 1193
Fuqaroligi Abbosiylar va Ayyubiylar davlati
Otasi Najm ad-Din Ayyub
Onasi Sitt al-Mulk Khatun

Salohuddin al-Ayyubiy, Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (11381193.4.3, Damashq) — Misr hukmdori (1171 yildan), ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 116469 yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171 y. fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—86 yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187 y. 3—5 iyulda S. Al-A. qoʻshini salibchilarni Xittin yaqini (Falastin)da tormor qilgan, 1187-yil 2-oktabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. S. alA.ning ichki siyosati harbiy len tizimi (qarang Iqto)ni rivojlanganligi, soliklarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil