Sallama ummu Abdulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sallama
سلمة
Ummu Abdulloh
أم عبدالله
Tavalludi
Vafoti Humayma
Turmush oʻrtogʻi Muhammad ibn Ali
Bolalari Abu Jaʼfar Abdulloh
Qarindoshlari Abul Abbos Abdulloh (oʻgay oʻgʻli)
Jaʼfar (nabirasi)
Al-Mahdiy (nabirasi)

Sallama Ummu Abdulloh (arabcha: سلمة أم عبد الله) Abbosiylar sulolasining asosiy ajdodi. Muhammad al-Imomning rafiqasi hamda Abbosiylar davlatiga Mansur nomi bilan xalifa boʻlgan Abdullohning onasi.

Sallama Muhammad ibn Alining xotini edi. Magʻriblik. Muhammadga 713/14-yilda turmushga chiqqan. Abbosiylarning ajdodi. Barcha Abbosiy xalifalar Sallamaning avlodlari, faqatgina as-Saffoh oʻgay oʻgʻli boʻlgan. Muhammadning qonuniy xotinimi yoki oddiy kanizagimi, bu bahsli masala. As-Suyutiyning Xalifalar tarixi kitobiga koʻra, Mansur hijriy 95—158-yillarda (milodiy 714—775-yil 6-oktyabr) yashagan[1]. Abdulloh 714-yilda (hijriy 95) Hijozdan hijrat qilingandan keyin Humaymadagi (hozirgi Iordaniya) Abbosiylar xonadonida dunyoga kelgan[2]. Mansurning onasi berber qul ekani haqida maʼlumotlar mavjud[3]. Sallama, ehtimol Umaviylarning Magʻribni zabt etishi paytida asirga olinib, keyinchalik Muhammad egalik qilgan boʻlishi mumkin.

Eri, Muhammad ibn Ali ibn Abdulloh[4] Ali ibn Abdulloh ibn Abbosning oʻgʻli, Abbos ibn Abdulmuttalibning katta nabirasi va Islom payg‘ambari Muhammadning amakisi edi. U Iordaniyadagi Humayma hududida tugʻilgan[5]. Dastlabki ikki Abbosiy xalifa: as-Saffoh va Mansurlarning otasi boʻlib, Abbosiylar sulolasining bevosita ajdodi edi[6][7][8].

Sallam 740-yillarda, erining vafotidan qisqa vaqt oʻtib, vafot etgan.

Avlodlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbosiylar oilasiga mansub shajara daraxti. Yashil rangda Bagʻdodda xalifalik qilganlar koʻrsatilgan. Sariq rangda Qohira xalifalari koʻrsatilgan. Muhammad Abbosiylarning u bilan qarindoshligini koʻrsatish uchun (yuqorida) kiritilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Al-Souyouti, Tarikh Al-Kholafa'a (The History of Caliphs)
  2. Hawting, G.R. „Al Mansur: Abbasid Caliph“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
  3. Najībābādī, Akbar Shāh K̲h̲ān. History of Islam (Vol 2). Darussalam, 2001 — 287 bet. ISBN 9789960892887. 
  4. Khallikân (Ibn), II, 593, quotes Al-Tabari, "Tarikh".
  5. „Humayma - Discover Islamic Art - Virtual Museum“.
  6. Hitti, "History of the Arabs", p.289.
  7. Khallikan (Ibn), "Wafayât al A'yân wa-Anbâ' Abnâ' al-Zamân", II, 592-4.
  8. Nadim (al-), ed, Dodge, B., "Al-Fihrist," pp. 222, 378, 1051.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]