Alamut
Qiyofa
Alamut – Qazvin (Eron) shahrining shimoli-gʻarbida, Elburs togʻidagi qal’a. Ismoiliylar mazhabining maxfiy tariqati boʻlgan hashshoshiylar boshligʻi Hasan Sabboh 1090-yil bosib olgan. Nihoyatda mustahkam deb hisoblangan bu qal’ani tariqatning maxfiyatini saqlash maqsadida oʻziga qarorgoh qilgan. Hasan Sabbohning maxfiy fidoiy aygʻoqchilari shu yerdan topshiriq olib, oʻsha vaqtdagi podshoh, xalifa va hokimlarga tahdid solgan. Shu sababli bu qal’a 11-asr oxiri va 12-asr boshlarida qotillar va ur-yiqitchilar markazi degan nom bilan mashhur boʻlgan. Alamut 1090—1256-yildahashshoshiylar markazi boʻlib turdi. 1256-yil Alamut Hulokuxonning askarlari tomonidan egallanib vayron qilingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |