Mansur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mansur, al-Mansur, Abu Jaʼfar Abdulloh ibn Muhammad (707— 775) — abbosiylar sulolasiga mansub xalifa (754—775). Yirik davlat arbobi. Maʼmuriymoliya islohotini oʻtkazgan. Savdo va xunarmandchilikni taraqqiy etishiga rahnamo boʻlgan. Xalifalik chegarasini yanada kengaytirish maqsadida poytaxtni Al-Xoshimiyya degan joydan hozirgi Bagʻdod oʻrniga koʻchirib, shu bilan Bagdod shahriga asos solgan (762 yil). Barmakiylar xonadoniga mansub vazirlar koʻmagida davlatni idora qilgan. MANSUR (al-Mansur, Almansor) (? — 1002) — Kurtuba xalifaligining amaldagi hukmdori (976 yildan). Xalifa alhakam II davrida (961—976) hojib lavozimini egallagan. Ispaniyaning xristian davlatlari koʻshinlarini bir necha bor qaqshatqich magʻlubiyatga uchratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil