Talliy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 24: Qator 24:


+3 oksidlanish darajasiga ega boʻlgan talliyning birikmalari esa tegishli aluminiy (III) birikmalariga oʻxshab ketadi. Ular oʻrta kuchli oksidlovchi xususiyatga ega boʻlib, Tl<sup>3+</sup> + 3 e<sup>-</sup> → Tl(''s'') uchun qaytarilish potensiali +0,72 voltga teng. Talliy (III) oksidi qora rangli qattiq modda boʻlib, 800&nbsp;°C dan oshiq temperaturada talliy (I) oksidi va kislorodga parchalanadi.<ref name="HollemanAF"/>
+3 oksidlanish darajasiga ega boʻlgan talliyning birikmalari esa tegishli aluminiy (III) birikmalariga oʻxshab ketadi. Ular oʻrta kuchli oksidlovchi xususiyatga ega boʻlib, Tl<sup>3+</sup> + 3 e<sup>-</sup> → Tl(''s'') uchun qaytarilish potensiali +0,72 voltga teng. Talliy (III) oksidi qora rangli qattiq modda boʻlib, 800&nbsp;°C dan oshiq temperaturada talliy (I) oksidi va kislorodga parchalanadi.<ref name="HollemanAF"/>

== Tabiatda tarqalishi va sanoatda olinishi ==
Talliy Yer yuzida 0.7&nbsp;mg/kg,<ref name="USGS-CS2010">{{cite web|first = David E.|last = Guberman|title = Mineral Commodity Summaries 2010: Thallium|url = http://minerals.usgs.gov/minerals/pubs/commodity/thallium/mcs-2010-thall.pdf| accessdate = 2010-05-13|publisher = United States Geological Survey}}</ref> miqdorida, asosan [[kaliy]]li [[mineral]]lar shaklida [[loy]], [[tuproq]] va [[granit]] tarkibida uchraydi. Ammo, iqtisodiy jihatdan bu manbalar talliy olinishi uchun yetarli emas. Amaliy maqsadlar uchun ishlatiladigan talliyning asosiy manbasi bu [[mis]], [[rux]], [[qoʻrgʻoshin]] va boshqa metall sulfidlarining konlaridir.<ref>{{cite doi|10.1007/BF01684859}}</ref><ref name="Vira">{{cite journal|doi = 10.1016/j.envint.2004.09.003|title = Thallium: a review of public health and environmental concerns|year = 2005|last1 = Peter|first1 = A|last2 = Viraraghavan|first2 = T|journal = Environment International|volume = 31|pages = 493–501|pmid = 15788190|issue = 4}}</ref>


== Manbalar ==
== Manbalar ==

23-Fevral 2013, 11:21 dagi koʻrinishi

Talliy / Thallium (Tl)
Atom raqami 81
Koʻrinishi oqish-kumush rang
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
204,38(1) m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 170 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
589,4 kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Xe] 4f14 5d10 6s2 6p1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 145±7 pm
Ion radiusi (+1e) 164 (+3e) 102,5 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,62
Elektrod potensiali Tl←Tl+ −0,338 V
Tl←Tl3+ 0,71 V
Oksidlanish darajasi 3, 2, 1

(zaif asosli oksid)

Termodinamik xossalari
Zichlik 11,22 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi

36,32 J/(K·mol)

Issiqlik oʻtkazuvchanlik

46,1 Vt/(m·K)

Erish harorati

577 K

Erish issiqligi

4,14 kJ/mol

Qaynash harorati

1746 K

Qaynash issiqligi

165 kJ/mol

Molyar hajm

17,2 sm³/mol

Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi

yopiq geksagonal

Panjara davri

3,460 Å

Panjara/atom nisbati

1,599

Debye harorati

96,00 K

Talliy (grekcha: θαλλός, tallos — „yashil navda“) kimyoviy element boʻlib, belgisi — Tl, atom raqami esa — 81. Bu yumshoq kulrang metall tabiatda erkin holda uchramaydi. Ajratib olinganida qalayga oʻxshab koʻrinadi, biroq havoda rangini yoʻqotadi. Kimyogarlar William Crookes (talaffuzi: Uilyam Kruks) va Claude-Auguste Lamy (talaffuzi: Klod-Ogust Lami) bir-biridan mustaqil ravishda talliyni 1861-yilda sulfat kislota qoldigʻida kashf etishgan. Ular yangi ishlab chiqilgan atomik emissiya spektroskopiyasi metodi yordamida talliyni yorqin yashil spektr chizigʻi sifatida ochishgan. Nomini Crookes bergan. Lamy esa talliyni elektroliz yordamida ajratib olgan.

Talliy +3 va +1 oksidlanish holatlarida ionli tuz sifatida oksidlanadi. +3 holati talliy guruhidagi boshqa unsurlarga (bor, aluminiy, galliy, indiy) ham xos. Biroq +1 holati ishqor metalllarni eslatib, talliy(I) ionlari kaliy konlarida topilishini va hujayralar tomonidan K+ ionlari kabi ishlatilishini izohlaydi.

Sanoat miqyoslarida esa talliy kaliy emas, balki ogʻir metall sulfid konlarida olinadi. Olingan talliyning 60-70% elektronikada, qolgani esa farmatsevtika va shisha sanoatida ishlatiladi.[1] U shuningdek infraqizil detektorlarda ham qoʻllaniladi. Talliy-201 radioizotopi (TlCl xloridi tarkibida) kichik hajmlarda bezarar boʻlib, yadroviy tibbiyot, xususan veloergometriyada ishlatiladi.

Eruvchan talliy tuzlari esa taʼmsiz, lekin yuqori darajada zaharli, sanoatda kalamush va hasharot qirishda ishlatiladi. Bunday zaharni oz miqdorda isteʼmol qilish soch toʻkilishiga olib keladi va margimush qatorida ayrim mamlakatlarda taqiqlangan.[2]

Xossalari

Talliy — juda yumshoq, egiluvchan va xona haroratida pichoq bilan kesish mumkin boʻlgan metall. Talliy metall yaltiroqligiga ega boʻlib, havoda qoʻrgʻoshinni eslatuvchi koʻkish-kulrang tusga kiradi. Bunday holatni oldini olish uchun, uni yogʻga botirib olish mumkin. Uzoq vaqt havoda qoldirilganda, ogʻir oksid qavatini hosil qiladi. Suv taʼsirida talliy giroksidini hosil qiladi. Sulfat va nitrat kislotalari taʼsir ettirilganda sulfat va nitrat tuzlari hosil boʻladi, xlorid kislotasi taʼsirida esa erimaydigan talliy (I) xlorid qavati hosil boʻladi..[3] Talliyning standart elektrod potensiali −0,34 ga teng boʻlib, temirnikidan (-0,44) ozgina balandroqdir.

Izotoplar

Talliy 25 ta izotopga ega boʻlib, ularning atom massalari 184 dan 210 gachadir. Faqatgina 203Tl va 205Tl izotoplari barqaror boʻlib, eng barqaror 204Tl radioizotopining yarim parchalanish davri 3,78 yilga teng.[4]

202Tl (yarim parchalanish davri 12,23 kun) siklotronda olinishi mumkin.[5] 204Tl esa yadroviy reaktorda barqaror talliydan neytron faollashtirish usuli orqali olinishi mumkin.[4][4][6]

201Tl (yarim parchalanish davri 73 soat) elektronlarni ushlab qolish orqali parchalanadi.

208Tl (yarim parchalanish davri 3,05 daqiqa) tabiatda uchraydigan toriy parchalanish zanjiridan hosil boʻladi.

Kimyoviy xossalari

Talliyning ikki asosiy oksidlanish darajalari bu +1 va +3 dir. +1 oksidlanish darajasida talliyning koʻpchilik birikmalari kaliy va kumush birikmalariga oʻxshab ketadi (talliy (I)ning ion radiusi 1.47 Å, kaliyniki 1.33 Å, kumushniki 1.26 Å). Shu sababli talliy ilk kashf etilgan paytda Yevropada (lekin Angliyada emas) ishqoriy metall deya eʼtirof etilgan.[7] Masalan, suvda eruvchan va kuchli ishqor boʻlgan talliy (I) gidroksidi karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishib, suvda eriydigan talliy karbonatini hosil qiladi. Ushbu karbonat suvda eriydigan yagona ogʻir metall karbonatidir. Kumush birikmalari bilan oʻxshashlik talliyning galogenid, oksid va sulfid birikmalarida kuzatiladi. Talliy (I) bromid yorugʻlikka taʼsirchan, sariq, kumush bromidga oʻxshash birikma. Qora rangli talliy (I) oksidi va talliy (I) sulfidlari esa kumush oksidi va kumush sulfidlariga oʻxshab ketadi.

+3 oksidlanish darajasiga ega boʻlgan talliyning birikmalari esa tegishli aluminiy (III) birikmalariga oʻxshab ketadi. Ular oʻrta kuchli oksidlovchi xususiyatga ega boʻlib, Tl3+ + 3 e- → Tl(s) uchun qaytarilish potensiali +0,72 voltga teng. Talliy (III) oksidi qora rangli qattiq modda boʻlib, 800 °C dan oshiq temperaturada talliy (I) oksidi va kislorodga parchalanadi.[3]

Tabiatda tarqalishi va sanoatda olinishi

Talliy Yer yuzida 0.7 mg/kg,[8] miqdorida, asosan kaliyli minerallar shaklida loy, tuproq va granit tarkibida uchraydi. Ammo, iqtisodiy jihatdan bu manbalar talliy olinishi uchun yetarli emas. Amaliy maqsadlar uchun ishlatiladigan talliyning asosiy manbasi bu mis, rux, qoʻrgʻoshin va boshqa metall sulfidlarining konlaridir.[9][10]

Manbalar

  1. „Chemical fact sheet — Thallium“. Spectrum Laboratories (April 2001). Qaraldi: 2008-yil 2-fevral.
  2. Hasan, Heather. The Boron Elements: Boron, Aluminum, Gallium, Indium, Thallium. Rosen Publishing Group, 2009 — 14 bet. ISBN 978-1-4358-5333-1. 
  3. 3,0 3,1 Holleman, Arnold F.; Wiberg, Egon; Wiberg, Nils „Thallium“,. Lehrbuch der Anorganischen Chemie, 91–100 (German), Walter de Gruyter, 1985 — 892–893 bet. ISBN 3-11-007511-3. 
  4. 4,0 4,1 4,2 Audi, Georges; Bersillon, O.; Blachot, J.; Wapstra, A.H. (2003). "The NUBASE Evaluation of Nuclear and Decay Properties". Nuclear Physics A (Atomic Mass Data Center) 729 (1): 3–128. doi:10.1016/j.nuclphysa.2003.11.001. 
  5. „Thallium Research“. United States Department of Energy. Qaraldi: 2010-yil 13-may.
  6. „Manual for reactor produced radioisotopes“. International Atomic Energy Agency (2003). Qaraldi: 2010-yil 13-may.
  7. Crookes, William (1864). "On Thallium". The Journal of the Chemical Society, London (Harrison & Sons) XVII: 112–152. doi:10.1039/js8641700112. http://books.google.com/books?id=H58wAAAAYAAJ. Qaraldi: January 13, 2012. 
  8. Guberman, David E. „Mineral Commodity Summaries 2010: Thallium“. United States Geological Survey. Qaraldi: 2010-yil 13-may.
  9. Template loop detected: Andoza:Doi
    This citation will be automatically completed in the next few minutes. You can jump the queue or expand by handTalliy]]
  10. Peter, A; Viraraghavan, T (2005). "Thallium: a review of public health and environmental concerns". Environment International 31 (4): 493–501. doi:10.1016/j.envint.2004.09.003. PMID 15788190. 



Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Cn Uut Fl Uup Lv Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr

Andoza:Link FA Andoza:Link GA