Ksenon
| Ksenon / Xenon (Xe) | |
|---|---|
| Atom raqami | 54 |
| Koʻrinishi | Ksenon undan elektr toki oʻtkazilganda shuʻlalanadi |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
131,29 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | n/a pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
1 170,0 (12,13) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d10 5s2 5p6 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 131 pm |
| Ion radiusi | n/a pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
0,0 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 7 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 3,52 (-109 °C da) g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0,158 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 0,0057 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 161,3 K |
| Erish issiqligi | n/a kJ/mol |
| Qaynash harorati | 166,1 K |
| Qaynash issiqligi | 12,65 kJ/mol |
| Molar hajm | 42,9 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | kubik markazlashgan |
| Panjara davri | 6,200 Å |
| Panjara/atom nisbati | n/a |
| Debye harorati | n/a K |
Ksenon (yun. xenos — begona, lot. Xsepop), Xe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 53, at.m. 131,29. Inert gazlar jumlasidan. Havodan ajratib olingan tabiiy K. 9 ta izotopdan iborat: i24Xe (hajmi jihatidan 0,096%), l26Xe(0,090%), 128Xe(1,92%), 129Xe(26,44%), 13OXe(4,O8%), |3|Xe(21,18%), 132Xe(26,89%), |34Xe(10,44%), |36Xe(8,87%). Uran minerallaridan ajratib olingan. K.ning izotop tarkibi bundan farq qiladi, chunki 235U va 238U boʻlinganda radioaktiv izotoplar hosil boʻladi. Yadroviy portlashlarda ham shu hodisa kuzatiladi. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,6; at. radiusi 0,218 nm. K. hajm jihatidan atmosferaning 0,86-10~5%ni tashkil etadi. Fazoda juda siyrak tarqalgan (7,7108 atom geliyga 1 atom K. toʻgʻri keladi). K. — bir atomli rangsiz va hidsiz gaz. Qaynash t-rasi 165,05K; qattiq holatdagi K.ning zichligi 2,700 g/sm3 (133K), suyuq holatdagi K.niki 2,987 g/sm3 (165K), gaz holatdagi K.niki 5,85 kg/m3 (273K, 0,1 MPa). K. faqat ftor bilan bevosita birikadi va K. ftoridlari (XeF2 XeF4 va XeF6) hosil qiladi. K.ning boshqa birikmalari bilvosita usullar yordamida K. ftoridlardan olinadi.
K. (Sh)-oksid, XeO, — oddiy sharoitda rangsiz kristall modda. Suvli eritmalarda oksidlovchi, koʻpgiva organik moddalarni parchalab SO2 ajratib chiqaradi. Kristall holatdagi XeO3 — portlovchi modda. 30 mg dan ortiq mikdorda oʻz-oʻzidan portlaydi. XeO3dantashqari K. (1U)-oksid, XeO4 (suyuklanish t-rasi — 35,8°, oddiy sharoitda oson parchalanadi) ham maʼlum.
K. sanoatda havodan olinadi. Uni kripton-ksenonli konsentratdan ajratib olish ham mumkin. Elektrovakuum texnikasida, gaz yorugʻlik lampalari, kuchli gazrazryadli- va impulsli yorugʻlik manbalarini radiografiya va tibbiyot diagnostikasida, shuningdek, vakuum qurilmalaridagi yoriqlarni aniqlashda qoʻllaniladi. [1]
Ksenon - unsurlar davriy jadvalining 54 unsuri, inert gaz.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||
Manbalar[tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |