Kimyoviy unsur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimyoviy unsur (kimyoviy element) - bir xil zaryadli yoki atom raqamli atomlar majmui. Bugungi kunga kelib (2011), unsurlar soni 118 taga yetgan.[1] Ulardan 25 tasi sunʻiy yoʻl bilan (yadroviy reaksiya yordamida) hosil qilingan.

Kimyoviy elementlar - yadrolarining musbat zaryadi hamda atom qobigʻidagi elektronlar sonining bir xilligi bilan tavsiflanadigan atomlarning alohida bir turi. Massa soni (atom yadrosini tashkil etadigan protonlar va neytronlar massalarining yigʻindisi) har xil boʻlgan K.e. izotoplar deb ataladi. Tabiatda koʻp K.e. 2 yoki undan koʻp izotoplardan tashkil topgan. Yer poʻstida tarqalgan tabiiy K. e.ning izotop tarkibi oʻzgarmasdir, shuning uchun ularning eng muhim hisoblangan tavsifi — atom massasi deyarli oʻzgarmas boʻladi. Tabiiy K.e., asosan, noradioaktiv boʻlib, turlituman oddiy (kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan) va murakkab (kimyoviy birikmalar) moddalarni tashkil etadi. a, r, u — nurlanuvchi K.e. (uran, toriy, poloniy, radiy) radioaktiv elementlardir (q. Radioaktivlik).

Elementlar tabiatdagi butun mavjudotning eng oddiy tarkibiy qismlari, degan tushuncha miloddan bir necha asr ilgari vujudga kelgan. Aristotelning fikricha, boshlangʻich materiya 4 abstrakt "prinsip" (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik va quruklikdan tashkil topgan. Ularning juftlarida qismlar mikdori maʼlum bir sonni tashkil etgach, 4 asosiy element — olov, suv, havo va tuproq hosil boʻlarmish. Keyinchalik alkimyogarlar Aristotelning "prinsip" va "element"lariga eruvchanlik (tuz), yonuvchanlik (oltingugurt) va metallsimonlik (simob) degan tushunchalarni kiritdilar.

Sharq olimlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kindiy va b. koʻpgina olimlar elementlar qaqida oʻz fikrlarini aytishgan. Mas, Kindiyning fikriga koʻra, tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan, materiya esa olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Ilk bor K.e. taʼrifini 1661 y.da ingliz kimyogari Robert Boyl bergan, u oddiy moddalarni belgilash uchun kimyoga "element" degan terminni kiritgan, shu sababli "oddiy modda" va "element" degan tushunchalar uzoq, vaqtgacha bir maʼnoni anglatadi, deb hisoblab kelindi. 19-a.

ning60-y.larida, oddiy modda bilan K.e. molekula bilan atomga uxshaydi, yaʼni oddiy modda ham, har qanday modda singari, molekulalardan tuzilgan, K.e. esa atomlardan tuzilgan, deb hisoblanardi; 1869 y.da D.I. Mendeleyev "... bu tushunchalardagi farq qar doim hisobga olinishi kerak" deb taʼkidlagan edi. Soʻngra K.e. atomga, yaʼni elementning molekulalarda boʻladigan va barcha xossalarini uzida mujassam etgan eng kichik zarrachaga tobora koʻproquxshaydigan boʻldi. Demak, har qanday atom K.e.dir, ammo atomlarning har qanday birikmasi element boʻla olmaydi; bir xil element atomlarining oʻzaro birikishi natijasida oddiy moddalar hosil boʻladi. Koʻpchilik K.e. tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan bir necha oddiy moddalar hosil qilishi mumkin (q. Allotropiya); bir xil elementdan hosil boʻladigan oddiy moddalarning oʻzi oʻsha elementning allotropik shakl uzgarishlari deb ataladi; turli elementlar atomlarining birikishi natijasida esa yo oddiy moddalar aralashmasi yoki murakkab modda hosil boʻladi. K.e. kimyoviy jarayonlarda oʻzgarmaydi, ammo yadro reaksiyalarshi bir-biriga aylanishi mumkin. Hoz. kunda 109 ta (2001 y.) K.e. maʼlum; boʻlardan 21 si (Ts, Pm, At, Fr, Np, Pu va elementlar davriy sistemasining 95dan 109gacha 15 elementi) ilk bor sunʼiy ravishda olingan, keyinchalik Ts, Pm, Fr, Np elementlari juda oz miqdorda uran rudalari tarkibida topilgan.

K.e.ning yana bir muhim tavsifi ularning Yer poʻstida tarqalganligidir. Rus olimi akad. A. P. Vinogradov tuzgan Yer poʻstining oʻrtacha kimyoviy tarkibi jadvaliga koʻra, eng koʻp tarqalgan element — kislorod massa jihatdan 47,2% ni tashkil etadi, soʻngra kremniy — 27,6%, alyuminiy — 8,80%, temir — 5,10%, kalsiy — 3,6%, natriy — 2,64%, kaliy — 2,6%, magniy — 2,10%, vodorod — 0,15%, bu elementlar Yer poʻsti massasining 99,79%ni, qolgan barcha K.e. fakat 0,21%ni tashkil etadi.

Tabiatda at.m. kichik elementlar eng koʻp tarqalgan, organizmlarda esa nisbatan yengil elementlar (N, S, N, O) koʻp boʻladi. Koinotda ham eng yengil elementlar — vodorod bilan geliy juda koʻp tarqalgan. Uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt, fosfor, xlor, kremniy, kaliy, magniy, kalsiy va temir elementlari usimlik va hayvonlar hayotida muhim rol oʻynaydi.

Baʼzi elementlarning Yer poʻstidagi umumiy mikdori kam boʻlsada, yer yuzida toʻplanib qatlamlar hosil qiladi, bu qatlamlardan ularni qazib olish mumkin. K.e. baʼzan tugʻma (yombi) holda ham uchraydi (oltin, simob, platina va b.). Bu elementlarni qazib olish birmuncha oson boʻlib, ular insoniyatga kadimdan maʼlum. Baʼzi elementlar Yer poʻstining qazib chiqarish mumkin boʻlgan qatlamida juda tarqoq holda boʻladi; ular nodir elementlar deb ataladi. Ammo "nodir" degan tushuncha K.e.ga nisbatan mutlaqo oʻzgarmaydigan tushuncha emas. Mas, hoz. koʻp ishlatiladigan alyuminiy va magniy bundan bir necha oʻn yil muqaddam nodir element deb hisoblanar va juda qim-mat turar edi. Lekin keyinchalik bu elementlarni i.ch. usullarining takomillashishi ularni maʼlum elementlar qatoriga kiritilishiga sabab boʻldi[2].

Manbalar[tahrir]

  1. Yu. Ts. Oganessian; Abdullin, F. Sh.; Bailey, P. D.; Benker, D. E.; Bennett, M. E.; Dmitriev, S. N.; Ezold, J. G.; Hamilton, J. H. et al. (2010). "Synthesis of a New Element with Atomic Number Z=117". Physical Review Letters (Physical Review Letter) 104 (14): 142502. doi:10.1103/PhysRevLett.104.142502. PMID 20481935. 
  2. Sayfullo Hamroyev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr