Margimush
| Margimush(As) | |
|---|---|
| Atom raqami | 33 |
| Koʻrinishi | kulrang , moʻrt nimmetall |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
74.92159 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 139 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
946.2(9.81) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Ar] 3d10 4s2 4p3 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 120 pm |
| Ion radiusi | (+5e)46 (-3e)222 pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
2.18 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 5, 3, −2 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 5.73 (grey arsenic) g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.328 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | (50.2) Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 1090 K |
| Erish issiqligi | n/a kJ/mol |
| Qaynash harorati | 876 K |
| Qaynash issiqligi | 32.4 kJ/mol |
| Molar hajm | 13.1 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | trigonal |
| Panjara davri | 4.130 Å |
| Panjara/atom nisbati | 2.805 |
| Debye harorati | 285.00 K |
Mishyak (rus. mish — sichqon, yad — zahar) — q. Margimush. [1]
Margimush ( fors, marg — ulim, mush — sichqon), mishyak (Arse-nicum), As — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 33, at. m. 74,9216. Tabiiy M. bitta barqaror izotop 75As dan iborat. Sunʼiy radioaktiv izotoplardan 73As, 74As, 76As muhim. M.ni ilk bor kim ajratib olgani nomaʼlum. 1789 y.da M.ni A. Lavuazye element deb aytgan. M. massa jihatdan yer poʻstining 1,7-10-4 % ini tashkil qiladi. Daryo suvida 3-10^7%, dengiz suvida 6,6-10^4% M. boʻladi. Tarqoq element, lekin tabiatda 160 dan ortiq minerallari uchraydi. M. kolchedani (arsenopirit) FeAsS, M.li kolchedan (lellingit) FeAs2, realgar As4S4, auri-pigment As2S3 koʻp tarqalgan boʻlib, sanoat ahamiyatiga ega. Sof M. toʻq kulrang kristall modda, moʻrt metall kabi yaltiraydi. Havoda oksidlanib, qorayadi. Issiklikni va elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. Zichligi 5,72 g/sm3. Kristall holatdagi M.dan tashqari, amorf M. ham boʻladi. Qizdirilganda (615°da) M.ning ikkala turi ham suyuqlanmay bugʻga aylanadi. M. birikmalarida 3 va 5 valentli. Suvda erimaydi. Havoda yonganda oksidlanib, arsenit angidrid As,O3 hosil qiladi. As2O3 tabiatda ar-senolit minerali holida uchraydi. Suyuklanish t-rasi 314°, zichligi 4,15 g/sm3. Suvda oz eriydi. Sof M. va uning birikmalarini olishda, optik shisha i.ch.da, tibbiyotda va q.x. zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. M.ning 5 valentli oksidi arsenat angidrid As2O5 ham mavjud. Zichligi 4,1 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. M. galogenlar va oltingugurt b-n, yuqori t-rada koʻpgina elementlar bilan bevosita birikadi. Metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Ularga suyultirilgan kislota taʼsir ettirib, sarimsoq hidi keladigan zaharli gaz — vodorod arsenid olish mumkin. Nitrat kislota va zar suvi M.ni oksidlab, arsenat kislota H3AsO4 hosil qiladi. Arsenat kislota — suvda oson eriydigan qattiq modda. Tuzlari arsenatlar deyiladi. Ar-senit kislota H,AsO3 erkin holda olingan emas, fakat suvdagi eritmasi maʼlum. Uning tuzlari — arsenitlar deb ataladi. M. As2O3 ni kumir bilan qaytarish orqali olinadi: As2O3+ +3C->2As+3COt. Birikmalari juda zaqarli boʻlgani uchun ishlatganda niho-yatda ehtiyot boʻlish lozim. M. qotishmalar olishda, M. birikmalari esa shisha i.ch.da, teri (koʻn), moʻynani uzoq asrashda va M. preparatlari olishda ishlatiladi. Tuproqda 4-10^4%, oʻsimlik kulida 3-10~5% M. bor. Dengiz hayvonlari organizmida quruqlikdagi hayvonlardagiga qaraganda M. koʻp boʻladi. Odam tanasida 0,08—0,2 mg/kg M. bor. M. preparatlari tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda qoʻllanadi. [2]
Margimush - unsurlar davriy jadvalining 33 unsuri, nimmetall.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |