Germaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Germaniy / Germanium (Ge)
Atom raqami 32
Koʻrinishi Och-kulrang metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
72,61 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 137 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
760,0 (7,88) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d10 4s2 4p2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 122 pm
Ion radiusi (+4e) 53 (+2e) 73 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
2,01
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 4
Termodinamik xossalari
Zichlik 5,323 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,322 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 60,2 Vt/(m·K)
Erish harorati 1 210,6 K
Erish issiqligi 36,8 kJ/mol
Qaynash harorati 3 103 K
Qaynash issiqligi 328 kJ/mol
Molyar hajm 13,6 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi olmos
Panjara davri 5,660 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 360,00 K
32
Germaniy
Ge
72,630
3d104s24p2

Germaniy (lotincha: Germanium), Ge — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhi kimyoviy elementi. Tartib nomeri 32; atom massasi 72,59. Barqaror izotoplari beshta: 7"Ge (20,52%), 72Ge (24,43%), 73Ge(7,76%), 74Ge(36,54%) va 76Ge(7,76%). Germaniyning juda koʻp sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan. Germaniy mavjudligini 1871-yilda Germaniy Germaniy Mendeleyev oldindan aytdi; uni "ekasilitsiy" deb atadi va davriy sistemada bu element uchun joy qoldirdi. 1886-yilda nemis kimyogari Germaniy Vinkler argirodit nomli mineral tarkibida oʻsha vaqtda maʼlum boʻlmagan element borligini topdi va unga vatani — Germaniya sharafiga Germaniy deb nom berdi. Germaniy tarqoq element. Yer poʻstida ogʻirlik jihatidan 7-10~4* ni tashkil qiladi. Tabiatda erkin holda uchramaydi. Qushimchalar holida temir, pyx, nikel-volfram rudalarida, toshkoʻmir, torf, neftda, termal suvlarda, suv oʻtlarida va silikatlar tarkibida boʻladi. Asosiy minerallari: germanit (6,2-10,2%), argirodit (3,65-6,93%), reniyerit (5,46-7.80%) va plyumbogermanit (8,18%). Erkin Germaniy kulrang tusli metall; zichligi 5,33 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 938,25°, qaynash temperaturasi 2850°. Olmos tipida kristallanadi. Atom radiusi 1,39 Germaniy Germaniy moʻrt, uni mexanik ishlash qiyin. Germaniy tipik yarimoʻtkazgich. Havoda barqaror; choʻgʻ holatigacha qizdirilganida oksidlanib GeO2 ga aylanadi. Germaniyga suyultirilgan xlorid va sulfat kislota taʼsir etmaydi. Nitrat kislota Germaniyni GeO2 ga qadar oksidlaydi. Germaniy oʻz birikmalarida +2 va +4 valentli boʻladi. 500—700° gacha qizdirilganda GeO va GeO2 gacha oksidlanadi. Germaniy (1U)-oksid GeO2 — kristall holdagi oq modda. 1035° gacha tetragonal panjarali a-GeO2 holatda turgʻun. Suyuqlanish temperaturasi 1086°, zichligi 6,277 g/sm3. 10,35° dan yuqorida a=GeO2 geksagonal panjarali, zichligi 4,280 g/sm3 boʻlgan 3-GeO2 ga aylanadi. Germaniy (1U)-oksid Germaniy olishda oraliq mahsulot; maxsus shishalar, sirlar, emallar, optik tolalar ishlab chiqarishda, muxim Germaniy birikmalari, germanatlar va b. olishda ishlatiladi.

Germaniy oltingugurt bilan 600-700°da GeS, 10001100° da GeS2, selen bilan 500° da GeSe hosil qiladi. Galogenlar bilan oson reaksiyaga kirishib, tetragalogenidlar beradi. Azot, kremniy, vodorod, uglerod bilan bevosita birikmaydi. Germaniy va uning birikmalari yarimoʻtkazgich materiallar, turli xil diodlar, tranzistorlar, detektorlar, termoelektrik va termoemission materiallar, zargarlik mahsulotlari va maxsus krplamalar tayyorlashda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil