Selen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Selén / Selenium (Se)
Atom raqami 34
Koʻrinishi Yumshoq metallmas
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
78,96 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 140 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
940,4 (9,75) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d10 4s2 4p4
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 116 pm
Ion radiusi (+6e) 42 (-2e) 191 pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
2,55
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 6, 4, -2
Termodinamik xossalari
Zichlik 4,79 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi (Se-Se) 0,321 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0,52 Vt/(m·K)
Erish harorati 490 K
Erish issiqligi 5,23 kJ/mol
Qaynash harorati 958,1 K
Qaynash issiqligi 59,7 kJ/mol
Molar hajm 16,5 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 4,360 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K

Selen [yun. Selene — Oy (avvalroq kashf etilgan tellurning analogi sifatida nomlangan), lot. Selenium], Se — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 34, at. m. 78,96. Tabiatda 6 ta barqaror izotopi mavjud: 74Se(0,87%), 76Se(9,O2%), 77Se(7,58%), 78Se(23,52%), 80Se(49,82%), 82Se(9,19%). 16 ta radioaktiv izotoplaridan faqat 75Se(T1/2=121 kun) amaliy ahamiyatga ega. S.ni Y. Ya. Berselius 1817 y.da kashf etgan.

S. Yer poʻstining massa jihatdan 510 6% ini tashkil qiladi. Muhim minerallari jumlasiga kumush, qoʻrgʻoshin, simob va mis selenidlari AgSe — naumanit, PbSe — klaustalit, HgSe — timanit, Cu2Se — berselianit, Hg(Se, S) — onofrit va selenit kislotaning misli tuzi CuSeO32H20 — xalkom ye n i t kiradi. S. jigarrang tusli toʻq kulrang modda. ir necha modifikatsiyasi bor. Ulardan oddiy sharoitda eng barkarori kristall holdagi kulrang S. Suyuklanish t-rasi 217°, qaynash t-rasi 685°, zichligi 4,81 g/sm3.

S.ning eng ajoyib xususiyati shundaki, yorugʻlik nuri taʼsirida uning elektr oʻtkazuvchanligi keskin oʻzgaradi. S. metallmaslar jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga koʻra, oltingugurtga oʻxshash, lekin faolligi oltingugurtnikidan past. S. oʻz birikmalarida, asosan, —2, +2, +4 va +6 valentli.

S. sulfat kislota va sellyulozaqogʻoz z-dlarining "balchiklaridan" va misni elektroliz yoʻli bilan tozalashda elektrolizyor tubiga choʻkadigan "balchikdan" olinadi.

S. yarimoʻtkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha i.ch.da, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va rezina sanoatida qoʻllanadi. Birikmalari zaharli. Koʻpchilik tirik organizm toʻqimasida 0,01 dan 1 mg/kg gacha S. boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar uchun S. hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning S.ga boʻlgan ehtiyoji 50— 100 mkg/kg . Hayvonlarning kunlik ozuqasida S.ning mikdori 2 mg/kgdan koʻp boʻlsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi. Selen birikmalari. S.ning SeO, SeO2 va SeO3 tarkibli oksidlari mavjud. S. (II) oksid SeO faqat yuqori tralarda bugʻ holatida barqaror. C.(IV)oksid SeO2 — oq rangli yaltiroq tetragonal panjarali kristall modda. Zichligi 3,954 g/sm3, sublimatsiyalanadi, uni faqat kavsharlangan idishlardagina suyuklantirish mumkin (suyuqlanish t-rasi 340—390°). S. (VI) oksid SeO3 ning suyuklanish t-rasi 118,5°. Atmosfera bosimida 185°da parchalanadi. Selenat kislota H2Se04 ni degidratlash yoʻli bilan olinadi. Suvda erib, N28eO4hosil qiladi. Kimyoviy jihatdan juda faol, kuchli oksidlovchi: oltingugurtni SO gacha; qizil fosforni R2O5 gacha oksidlaydi.

S. galogenlar bilan reaksiyaga kirishib SeF6, SeF4 SeCl4 SeBr4 Se2Cl2 va b. birikmalar hosil qiladi.

S. geksaftorid SeF6 — xona t-rasida rangsiz gaz, suyuklanish t-rasi —34,6°; —46,6° da sublimatsiyalanadi. S. tetraftorid SeF4 — rangsiz suyuklik, suyuklanish t-rasi 13,2°, qaynashtrasi93°. S. tetraxlorid SeO4 — rangsiz kristall modda, suyuklanish t-rasi 305° (bosim ostida), 196° da sublimatsiyalanadi. S. tetrabromid SeBr4 — beqaror sariq rangli modda, kuchsiz qizdirilganda toʻq qizil rangli Se2Br2 ga aylanadi. Quy i xlorid Se2Cl2 — jigarrangqizil suyuklik (suyuklanish t-rasi —85°, qaynash t-rasi 127130°).

S. digalogenidlar SeCl2 va SeBr2 faqat bugʻ holatda mavjud. S.ning SeF2, SeOCl2 va SeOBr2 tarkibli oksigalogenidlari olingan. S. ftoroksid SeOF2 — xona t-rasida suyuklik, suyuklanish t-rasi 4,6°, kaynash t-rasi 124°. S. xloroksid SeOCl2 — sariq rangli ogʻir suyuklik, suyuklanish t-rasi 11°, qaynash t-rasi 179°, zichligi 2,44 g/sm3. S. bromoksid SeOBr2 — sariqqizil rangli qattiq modda, suyuqlanish t-rasi 41,6°, keyingi qizdirilganda parchalanadi.

S. ning uglerod bilan CSe, azot bilan (SeN)4 fosfor bilan P4Se3, P2Se3, P2Se5 kabi birikmalari olingan. S. vodorod bilan bevosita birikib suvda eruvchan koʻlansa hidli, zaharli gaz — vodorod selenid H2Se hosil qiladi. Bu kislotaning tuzlari selenidlar texnikada muhim ahamiyatga ega. Pyx va kadmiy selenidlari yorqin qizil rangli shisha va shishasimon materiallar, fotoelementlar, fotokarshiliklar, televizor trubkalarining yorugʻlikka sezgir qatlamlarini tayyorlashda, galliy selenid lazer texnikasida, simob selenid magnit maydoni kuchlanishini oʻlchaydigan asboblarda qoʻllanadi. Oraliq metallar (shuningdek, lantanoid va aktinoidlar)ning selenidlari yuqori traga chidamli yarimoʻtkazgich qurilmalarda, mashina ishqalanish qismlarida qattiq surkama sifatida ishlatiladi.

Rustam Maʼrupov.[1]

Selen - unsurlar davriy jadvalining 34 unsuri, metallmas.

Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil