Kadmiy
| Kádmiy / Cadmium (Cd) | |
|---|---|
| Atom raqami | 48 |
| Koʻrinishi | Havo rangli, yumshoq metall |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
112,411 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 154 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
867,2 (8,99) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d10 5s2 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 148 pm |
| Ion radiusi | (+2e) 97 pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
1,69 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 2 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 8,65 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0,232 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 96,9 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 594,1 K |
| Erish issiqligi | 6,11 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 1 038 K |
| Qaynash issiqligi | 59,1 kJ/mol |
| Molar hajm | 13,1 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | geksagonal |
| Panjara davri | 2,980 Å |
| Panjara/atom nisbati | 1,886 |
| Debye harorati | 120,00 K |
Kadmiy (lot. Cadmium), Cd — Mendeleyev davriy sistemasining 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, at. m. 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd( 1,22%), l(l8Cd(0,88%), n0Cd(12,39%),mCd(12,75%), ll2Cd(24,07%),mCd(12,26%), ll4Cd(28,85%) va n6Cd(7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,7.
K.ni 1817 y.da nemis kimyogari F. Shtromeyer kashf etgan. Dastlab rux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasining yunoncha nomi ("Kadmeia") b-n atalgan. Tabiatda rux, qoʻrgʻoshin va mis rudalari b-n aralash uchraydi. K. — siyrak element; uning yer poʻstidagi oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011 mg/l. K.ning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. K. — kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogʻir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) Maos boʻyicha qattiqligi 2, suyuklanish t-rasi 320,9°, qaynash t-rasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda K.ning sirti yupqa oksid parda b-n qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish t-rasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. K. NS1, H2SO4 da, ayniqsa, HNO, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. K. kislorod, oltingugurt, galogenlar va b. b-n reaksiyaga kirishadi. K.ning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. K. mis, rux, qoʻrgʻoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boʻyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi.
Adabiyot [tahrir]
- Fedorov P. I., Ximiya i texnologiya malix metallov. Vismut i kadmiy, M., 1986.[1]
Kadmiy - unsurlar davriy jadvalining 48 unsuri, metall.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||