Ittriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ittriy / Yttrium (Y)
Atom raqami 39
Koʻrinishi Kumus rangli, yumshoq, kimyoviy faol metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
88,90585 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 178 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
615,4 (6,38) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d1 5s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 162 pm
Ion radiusi (+3e) 89,3 pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
1,22
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 3
Termodinamik xossalari
Zichlik 4,47 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,284 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik (17,2) Vt/(m·K)
Erish harorati 1795 K
Erish issiqligi 11,5 kJ/mol
Qaynash harorati 3 611 K
Qaynash issiqligi 367 kJ/mol
Molar hajm 19,8 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 3,650 Å
Panjara/atom nisbati 1,571
Debye harorati n/a K

Ittriy (lot. Yttrium), Y — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 39, at. m. 88,9059. Tabiiy I. ning bitta barkaror izotopi 39Y maʼlum. Yer poʻstida massa jihatidan 2,0-10~3%, dengiz suvida 3-10~4 mg/l I. bor. I. boshqa nodir metallar b-n birgalikda ksenotim, fergyusonit, evksenit, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. I. — oqish kumushrang metall. Zichligi 4,45 g/sm3. Suyuklanish t-rasi 1528°, qaynash t-rasi 3320° atrofida. Brinell boʻyicha kattikligi 628 MPa, unga mexanik ishlov berish oson. I. havoda yupqa mustahkam oksid parda b-n qoplanadi. Metall holdagi I. ilk bor F. Vyoler tomonidan 1828 y. da ajratib olingan. I. qaynoq suvda havo kislorodi taʼsirida sekin oksidlanadi, mineral kislotalar b-n oson (ftorid kislotadan tashqari) reaksiyaga kiri-shadi. Quyida I.ning eng muhim birikmalari haqida maʼlumot keltirilgan.

I. (Sh)-o ks id. Y2O3 — rangsiz kris-tallar. Suyuklanish t-rasi 2430°, qaynash t-rasi 4300° atrofida; zichligi 4,85 g/sm3. Suvda erimaydi, mineral kislotalarda yaxshi eriydi. I. ning nitrat, oksalat, karbonat va b. tuzlarini 800—1000° da parchalash usuli b-n olinadi. I. (Sh)toksid maxsus optik shi-shalar, issiqbardosh, oʻta oʻtkazuvchan va shaffof keramik mahsulotlar, lyuminoforlar, ittriy-temir va b. ittriyli granatlar olishda qoʻllaniladi.

I. (Sh)-ftori d — rangsiz kristallar. Suyuklanish t-rasi 1155°, qaynash t-rasi 2230°; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda I. olish uchun ishlatiladi.

I. (Sh)-xlorid — rangsiz, gigroskopik kristallar. Suyuklanish t-rasi 721°, qaynash t-rasi 1482°; zichligi 2,8 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda sof I. olishda ishlatiladi.

I. poʻlat va choʻyanlarga legirlovchi, issiqqa chidamliligini oshiruvchi qoʻshimcha sifatida, qiyin eriydigan, lyuminofor va lazer materiallar olishda qoʻllaniladi. ITUZUM (Solanum) — ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar, chala butalar va butalar, baʼzan past boʻyli daraxtlar (tropiklarda) turku-mi, dorivor oʻsimlik. 1700 ga yaqin turi bor. Aksariyat turlari Jan. Amerikada tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda pal-lali I. (S. laciniatum) dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi (bargi va poyasida solasonin va salamargin alkaloidlari koʻp). Oʻzbekistonda begona oʻt hisoblanadigan guli binafsha rang , mevasi qora (S. nigrum) va qizil turi uchraydi. Poyasi sershox, tik usadi, boʻyi 90 sm gacha. Barglari oddiy va mu-rakkab, tuxumsimon, oʻyiq. Mevasi — koʻsakcha, qora yoki qizil dumaloq rezavor. Iyul—okt.da gullab mevalaydi. Bir oʻsimlik 40 mingtagacha urugʻ beradi. Urugʻlari qattiq qobikli, tuttroqda uzoq vaqtgacha unuvchanlik qobiliya-tini saqlaydi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekinzor dalalarda begona oʻt sifatida koʻp uchraydi. I.ning do-rivorlik xususiyatlari ham bor. Xalq tabobatida tomoqnafas yoʻllari xas-taliklarini davolashda mevasidan foydalaniladi.[1]

Ittriy - unsurlar davriy jadvalining 39 unsuri, metall.

Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil