Kobalt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kobalt / Cobaltum (Co)
Atom raqami 27
Koʻrinishi havorang qattiq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
58,9332 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 125 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
758,1 (7,86) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d7 4s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 116 pm
Ion radiusi (+3e) 63 (+2e) 72 pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
1,88
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 3, 2, 0, -1
Termodinamik xossalari
Zichlik 8,9 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,456 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 100 Vt/(m·K)
Erish harorati 1 768 K
Erish issiqligi 15,48 kJ/mol
Qaynash harorati 3143 K
Qaynash issiqligi 389,1 kJ/mol
Molar hajm 6,7 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 2,510 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 385,00 K

Kobalt (Cobaltum), Co — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, at.m. 58,9332. K. metalini ilk bor 1735 y.da shved kimyogari Yu. Brand rudalardan ajratib olgan. Uzoq, vaqtgacha K.ni rudadan ajratib olish mumkin boʻlmagan, shuning uchun Kobold deb atalgan (nem. Kobold togʻ va konlarda yashaydigan jin demakdir; metall K. nomi shundan olingan).

Tabiatda 2 ta barqaror izotopdan tashkil topgan: 59So (99,83%) va 57So (0,17%). Oksidlanish darajasi +2 va +3, goho +1, +4 va +5; Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan I1So(T]/2=5,27 y.) muhim ahamiyatga ega. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,9; atom radiusi 0,125 nm. K. massa jihatidan yer poʻstining 4-10~3% ini tashkil qiladi, okean suvlaridagi mikdori 0,005 mg/l. 30 ga yaqin minerallari bor. Eng muhimlari: karrolit CuCo2S4, linneit Co3S4, kobaltin CoAsS, safflorit (CoFe)As2, skutterudit CoAs3, shmaltin CoAs2, absolin Co3O4-mMnO2 pN2O, eritin Co3(AsO4)2-8H2O, sfero-kobaltit SoSO3 va h.k. Sof. K. rudalari juda kam. K., asosan, mis, nikel, kumush, temir, margimush, marganets bilan birikma holida uchraydi. K. — kumushsimon oq, qizgʻishochsariq rangda tovlanadigan metall. Suyuqlanish t-rasi 1494°, kaynash t-rasi 2960°, zichligi 8,90 g/sm3. Ferromagnit xossasiga ega. Brenel boʻyicha qattiqligi 470—1230 MPa. Zichjoylashgan K. havo taʼsiriga chidamli, 300° da oksid parda bilan qoplanadi, kukun holdagi K. havoda oʻz-oʻzidan alangalanadi. Suv, ishqor, karbonat kislota bilan reaksiyaga kirishadi. Ftorid kislota hatto qizdirilganda ham unga taʼsir qilmaydi, tutunlanuvchi nitrat kislota K.ning faolligini susaytiradi (oksidlaydi). Oddiy haroratda galogenlar (Gʻ dan tashqari) bilan birikmalar hosil qiladi. Oʻyuvchi ishqorlar K. eritmalariga taʼsir ettirilganda havorang So(ON)2 choʻkmaga toʻshadi, havo taʼsirida esa u So(ON)3 ga oʻtadi. K. anorganik va organik birikmalar bilan 2 va 3 valentli kompleks birikmalar, koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. K. metalini K. rudalaridan ajratib olish uchun dastlab rudalarni oksidlovchi sharoitda maxsus pechlarda kuydirib eruvchan holga oʻtkaziladi. K.ni boshqa metallardan tozalash uchun kimyoviy va gidrometallurgiya usullaridan foydalaniladi. Oxirgi mahsulot sifatida So3O4 olinadi. Uni koʻmir, vodorod, SO kabi qaytaruvchilar ishtirokida qaytarib yoki alyumotermiya va elektroliz usullari bilan metall holidagi K. olinadi.

Hoz. ajratib olinayotgan K.ning taxminan 65%i maxsus qotishma va poʻlatlar, 10%i katalizatorlar, 10%i pigmentlar tayyorlashda qoʻllaniladi. K. birikmalari rangli shishalar, keramika, organik sintez uchun katalizatorlar olishda, neft va ammiakni tozalashda, moy boʻyoqlarni quritishda, chiroyli va turgʻun emal va boʻyoqlar, yarimoʻtkazgichlar (CoSb2, CoSb3) va oʻta kesgich asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Soʻnggi yillarda radioaktiv 60So ("Kobalt lushkasi") tibbiyotda saraton kasalligini davolashda qoʻllanmokda. Hayvonlardagi anemiya kasalligiga qarshi kurashda ham K.dan foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Bolshakov K. A., Ximiya i texnologiya kobalta, M., 1981; Borbat V. F., Volkov V. I., Kaza nekiy L. A., Proizvodstvo kobalta iz sulfidnix rud, M., 1983; Axmetov N. S Obshaya i neorganicheskaya ximiya, M., 1998.

Saidjamol Eshonxoʻjayev.[1]

Kobalt - unsurlar davriy jadvalining 27 unsuri, metall.

Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil