Texnetsiy
| Texnetsiy(Tc) | |
|---|---|
| Atom raqami | 43 |
| Koʻrinishi | Kulrang-jigarrang radiofaol metall. |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
97.9072 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 136 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
702.2(7.28) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d6 5s1 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 127 pm |
| Ion radiusi | (+7e)56 pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
1.9 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | -1 dan +7 gacha; eng barqarori +7 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 11.5 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.243 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 50.6 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 2445 K |
| Erish issiqligi | 23.8 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 5150 K |
| Qaynash issiqligi | 585 kJ/mol |
| Molar hajm | 8.5 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | geksagonal |
| Panjara davri | 2.740 Å |
| Panjara/atom nisbati | 1.604 |
| Debye harorati | n/a K |
Texnetsiy (yun. technetos — sunʼiy, lot. Technetium), Tc — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 43, at. m. 97,9072. T. ning 20 ta radioaktiv izotopi maʼlum. T. ni 1937 y. da E. Segre bilan italyan kimyogari K. Perrye molibden yadrolarini deytronlar bilan bombardimon qilib olishga muvaffaq boʻlgan. Hoz. T. yadro reaktorlarda uranning yemirilish mahsulotlaridan ajratib olinadi. T.ning eng barqaror izotopi —"Ts (T1/2q2,12105 y).
Metall holdagi T. jigarrang , uning sirti nam xavoda xiralashadi. Suyuqlanish trasi 2140°. Zichligi 11,5 g/sm3. T. — paramagnit, kimyoviy xossalari jihatidan koʻproq reniyga, bir oz marganetsga oʻxshaydi. Birikmalarda valentligi 0 dan 7 gacha (Q2, Q3, Q6, Q7). T. suvda va suyultirilgan xlorid kislotada erimaydi, vodorod peroksid bilan ammoniy gidroksid aralashmasida erimasligi jiqatidan reniydan farq qiladi. Zar suvida va nitrat kislotada erib, eritmada pertexnat ionlar (TsO4~) hosil qiladi. T., asosan, atom sanoati chiqindilaridan olinadi. Metall T. NH4Tc04, TcO2, Tc2S7 ni 600—1000° da vodorod bilan qaytarib olinadi. Pertexnatlar korroziya ingibitorlaridir. T.ning TsO2, TsO3 oksidi xam maʼlum. T. 400° da ftor bilan geksaftorid TsGʻ6, xlor bilan geksaxlorid TsS16 hosil qiladi. T.ning TsO3X, TsOX3 (X — galogen) tarkibli rangli birikmalari, Tc2S7 tarkibli sulfidi, TsS tarkibli karbidi va b. birikmalari, mas., TsS14, TsS12, Ts(SO)4X2, Ts (SO)5X, (S5N5)2Ts2 ham maʼlum.
T. korroziyaga bardoshli modda boʻlganligi uchun reaktorsozlik va aniq asbobsozlik ishlarida konstruksion material sifatida, suyukdanish trasi yuqori boʻlganligi uchun yuqori trali termoelementlarda ishlatiladi. "Ts yemirilganida unurlar hosil boʻlmaydi. Shunga asoslanib, undan radiometriya va dozimetriyada fS standart sifatida foydalaniladi.
Texnetsiy - unsurlar davriy jadvalining 43 unsuri, metall.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |