Stronsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stronsiy / Strontium (Sr)
Atom raqami 38
Koʻrinishi Kumus rangli, yumshoq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
87,62 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 215 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
549,0 (5,69) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 5s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 191 pm
Ion radiusi (+2e) 112 pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
0,95
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 2
Termodinamik xossalari
Zichlik 2,54 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,301 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik (35,4) Vt/(m·K)
Erish harorati 1 042 K
Erish issiqligi 9,20 kJ/mol
Qaynash harorati 1657 K
Qaynash issiqligi 144 kJ/mol
Molar hajm 33,7 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik markazlashgan
Panjara davri 6,080 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K

Stronsiy (lot. Strontium), Sr -Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkorsher metallar guruhiga kiradi. Tartib rakami 38, at. m. 87,62. Tabiiy S. 4 ta barqaror izotopdan iborat: 84Sr (0,55%), 86Sr (9,87%), S7Sr (7,02%) va 88Sr (82,56%). S.ning massa sonlari 80 dan 97 gacha boʻlgan bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari, jumladan, uranning parchalanishi natijasida hosil boʻladigan eng uzok, vaqt mavjud boʻluvchi mahsulotlardan 90Sr (T1/2q27,7 y.) ham olingan. S.ni 1790 y.da ingliz mineralogi Krouford Shotlandiyaning Stronshian (Strontian) shahri yaqinida topilgan stronsianit minerali tarkibida kashf qilgan. Metall xrldagi S.ni amalgama koʻrinishida 1908 y.da ingliz kimyogari G.Devi elektroliz yoʻli bilan gidroksiddan ajratib olgan. S. Yer poʻstining massa jiqatdan 4102% ini tashkil qiladi. Uning 30 ga yaqin minerali maʼlum. Ulardan selestin SrSO4 va stronsianit SrCO3 sanoat ahamiyatiga ega.

S. kumushdek oq va yumshoq metall. Suyuklanish t-rasi 770°, qaynash t-rasi 1380°, zichligi 2,63 g/sm3. S. atom radiusi 0,215 nm; ion radiusi 0,12 nm. Kimyoviy faolligi va xossalariga kura, u kalsiy bilan bariy oʻrtasidagi oraliq xolatni egallaydi. S. havoda tez oksidlanadi, suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi, koʻpgina elementlar bilan bevosita birikadi. Birikmalarida 2 valentli. Metall holdagi S.ni SrCl2 ning suyultirilgan eritmasini elektroliz qilish yoʻli bilan olish mumkin. Sanoatda S. selestin va stronsianit konsentratlarini avval boyitish, yuqori trada (900—950°) kumir ishtirokida qaytarish, hosil boʻlgan SrS ni gidrolizlash, SO2 yoki HNO3 taʼsir ettirib, SrCO3 yoki Sr(NO3)2 ga aylantirish va soʻngra ularni termik parchalash yoʻli bilan olinadi. S. mikroorganizmlar, oʻsimlik va tirik organizmlarning tarkibiy qismidir. Dengiz radiolyariysi (akantariysi) skeleti S. sulfatselestindan iborat. Dengiz suvoʻtining 100 g quruq moddasi tarkibida 26—140 mg , quruqlikdagi oʻsimlikda 2,6 mg , dengiz hayvonlarida 2—50 mg , qurukGʻshkdagi hayvonlarda 1,4 mg , bakteriyalarda 0,27—30 mg S. boʻladi. Suyak toʻqimalarida S. kalsiy bilan birga toʻplanib uning analogi sifatida moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Metall holdagi S. mis, bronza va baʼzi krtishmalar tarkibiga koʻshiladi, elektr vakuum texnikasida gazlarni yutuvchi vosita sifatida ishlatiladi. S.ning radioaktiv izotoplaridan 89Sr telegraf kabellaridagi shikastlarni aniklashda, ‘”Sr esa elektr batareyalarida manba sifatida ishlatiladi. S. birikmalari zaharli emas, odam organizmiga tushganda ular kalsiy birikmalariga oʻxshash taʼsir etadi, ammo yadro sinovlari paytida atmosferada yigʻiladigan 90Sr izotopi insoniyat uchun uta xavflidir. S. bilan ishlaganda ishqoriy va ishqoriyer metallarga oid qoʻllanma va qoidalarga rioya qilish lozim.

Stronsiy birikmalari. S. xona t-rasida kislorod bilan birikib oksid, yuqori bosim ostida esa peroksid qosil qiladi. S. oksid, SrO — rangsiz kristallar. Suyuklanish t-rasi 2430°, zichligy 4,7 g/sm1. Ohakka oʻxshash; suv bilan birikkanda koʻp miqdorda issiqlik ajratib chikarib S. Gidroksidga aylanadi. S. karbonatni 1100°da termik parchalash yoʻli bilan olinadi.

S. gidroksid, Sr(OH)2 — rangsiz kristallar. Suyuqlanish t-rasi 375°, zichligi 3,625 g/sm3. Suvda kalsiy gidroksidga nisbatan yaxshi eriydi. Kuchli asosli xossaga ega, suv bilan oktagidrat Sr(OH)28H2O hosil qiladi, suvli eritmasi SO2 ni yutib SrCO3 beradi. Oktagidrat quruq havoda monogidratga, 100° da suvsiz gidroksidga, 400° dan yuqorida SrO ga aylanadi. S. gidroksid kand ishlab chiqarish.da patokada krlgan qandni ajratib olishda ishlatiladi. Bunda patokaga Sr(OH)2 qoʻshilganda, Cl2H22OnSrO5H2O tarkibli qiyin eriydigan modda hosil boʻladi. Bu moddaga SO, taʼsir ettirilsa, SrO S. karbonatga aylanib choʻkmaga tushadi, qand esa eritmada qoladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Kasimova S.S., Milyukov Ye.M., Petrovskiy G.T., Stronsiy v stekle, L., 1978; Kasimova S.S, Biogennie elementi, T., 1990.

Stalina Qosimova.

Stronsiy - unsurlar davriy jadvalining 38 unsuri, metall.

Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr