Volfram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volfram (Wolframium), W - Mendeleev davriy sistemasinint VI guruh elementi; tartib soni 74, at. m. 183,85; och kulrang , qiyin suyuqlanuvchi ogʻir metall. Tabiiy V. massa soni 180, 182, 183, 184 va 186 boʻlgan beshta barqaror izotop aralashmasidan iborat. 1781 y.da shved kimyogari K. V. Sheele V.ni tungsten minerali (keyinroq esa sheelit) dan volfram angidridi WO, sifatida ajratib olgan. 1783 y.da ispan kimyogarlari aka-uka d’ Elxuyarlar \UO3ni volframit mineralidan va uni uglerod bilan qaytarib, metallning oʻzini olishdi va uni V. deb atashdi. V. uzok yillar davomida sanoat miqyosida qoʻllanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan boʻlib, Yer poʻstidagi mikdori ogʻirligi jihatidan 110-4%. Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Bulardan volframit (Fe, Mn) WO, va sheelit CaWO4 sanoat ahamiyatiga ega.

V. kub shaklida kristallanadi, zichligi 19,3 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 3380+10*, qaynash t-rasi 5900°. 400-500° da W havoda sezilarli darajada WO, gacha oksidlanadi, Suv bugʻlari 600° dan yuqorida uni WQj gacha oksidlaydi. Galogenlar, oltingugurt, uglerod, kremniy va bor V. bilan yuqori t-rada (ftor esa kukun holatdagi V. bilan xona t-rasida) reaksiyaga kirishadi. Vodorod bilan suyuqlanish t-rasigacha reaksiyaga kirishmaydi; azot bilan 1500° dan yuqorida nitrid hosil qiladi. Oddiy sharoitda V. xlorid, sulfat, nitrat va ftorid kislotalar hamda zar suvi taʼsiriga chidamli; 100° da ular bilan bir oz reaksiyaga kirishadi; Ftorid va nitrat kislotalar aralashmasida tez eriydi. V. oʻz birikmalarida 2 dan 6 gacha valentli boʻlib, yuqori valentlilari barqaror.

V. toʻrtta oksid hosil qiladi: yuqori oksidi — 6-oksid WO3 (volfram angidridi), past oksidi — 4-oksid WO2 va ikki oraliq oksidi — W10O2, bilan W,OM. Volfram angidridi limon rangli kukun boʻlib, ishqor eritmasida eriganda volframatlar hosil qiladi. Suv hamda kislotalarda erimaydigan sariq kukundan iborat volframat kislota — H2WO4188° da suv ajratib, WO3 ga oʻtadi. V. xlor bilan xloridlar hamda oksixloridlar hosil qiladi. Bulardan muhimlari WC16 va WO2C12 dir. V oltingugurt bilan ikki sulfid —WS2 va uch sulfid WS, hosil qiladi. V. karbidlari — WC va W2C qiyin eruvchi birikmalar boʻlib, 1000—1500° da V.ning uglerod bilan birikishidan hosil boʻladi.

Volframit hamda sheelit konsentratlari (50—60% WO3) V. va uning birikmalari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi.

V. hozirgi zamon texnikasida toza metall hamda qotishmalar sifatida ishlatiladi. Elektr lampalarda, radioelektronika va rentgen texnikasida elektrovakuum asboblari tayyorlash uchun foydalaniladi. V.ning birikmalari texnikaning turli tarmoklarida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Temirjon Otatsoʻziyev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil