Kislorod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kislorod(O)
Atom raqami 8
Koʻrinishi rangsiz, hidsiz gaz
havo rang suyuqlik
(past haroratda)
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
15.9994 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1313.1(13.61) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [He] 2s2 2p4
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 73 pm
Ion radiusi 132 (-2e) pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
3.44
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi -2, -1, +2, +1, -½
Termodinamik xossalari
Zichlik (-183 °C da)1.149 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0.916 (O-O) J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0.027 Vt/(m·K)
Erish harorati 54.8 K
Erish issiqligi n/a kJ/mol
Qaynash harorati 90.19 K
Qaynash issiqligi n/a kJ/mol
Molar hajm 14.0 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik
Panjara davri 6.830 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K

Kislorod (lot. Oxygenium, yun. oxys — nordon va gennao — tugʻmoq), O — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 8, at. m. 15,9994. Ilk bor shved kimyogari K. Sheyele (1771) selitra (KNO3, NaNO3)HH, marganets qoʻsh oksid (MpO2)ni va ingliz kimyogari J. Pristli (1774) simob oksid (HgO)HH, surik (R^O^ni qizdirish natijasida bir-biridan mustaqil holda ajratib olishgan. 1775 y.da A. Lavuazye havo azot va kisloroddan iborat ekanligini aniqladi. Kislotalar tarkibida K. borligidan Lavuazye uni oxygen, yaʼni "kislota hosil qiluvchi" deb atadi. K. tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Massasi jihatidan Yer poʻstining 47% ini, suvning 85,82% ni, atmosfera havosining 23,10% ini (hajm jihatdan 20,95% ni) tashkil qiladi. K. juda koʻp (1400 tacha) mineral hosil qiladi. Tirik organizmlarda 70% atrofida K. bor; u koʻpgina organiq (oqsillar, yogʻlar, uglevodlar) va anorganiq birikmalar tarkibiga kiradi. Fiziologik jarayonlarda, ayniqsa, nafas olishda juda muhim rol oʻynaydi. Odam organizmi tinch turganda sutkasiga 300 l, jismoniy ish qilganda 10—15 marta koʻp K. sarf qiladi. Sarflangan K. mikdorini yashil oʻsimliklar tiklab turadi (q. Fotosintez). K. yonish; achish; chirish jarayonlarida ishtirok etadi; mas, yoqilgʻilarning yonishi uchun butun dunyoda har yili 9-10 t K. sarf boʻladi.

K.ning 3 barqaror izotopi bor: |6O(99,759%), |7O(0,037%), |8O(0,204%). K. atomining elektron kavati 2 ichki va 6 tashki elektrondan iborat boʻlib, 2s22p4 koʻrinishida ifodalanadi. K. atomining tashki qavati toʻliq boʻlmagani uchun kimyoviy birikmalarda K. atomi boshqa atomlardan elektronlar qabul qilib, manfiy zaryadli boʻlib qoladi. K.ning elektron yoʻqotadigan birikmalari juda kam.

K. molekulasi 2 atom O2 dan iborat; havoga yoki K.ning oʻziga elektr uchqunlari taʼsir ettirilganda molekulasi 3 atom K. dan iborat ozon (O3) hosil boʻladi. K. ioni O2" ning radiusi (qavslarda koordinatsiyey sonlar keltirilgan) 0,121 nm(2), 0,124 nm(4), 0,126 nm(6) va 0,128 nm(8). K. molekulasi 1500° da toʻliq dissotsiatsiyalanadi.

Fizik hossalari. K. rangsiz, hidsiz va taʼmsiz gaz: — 182,9° da zichligi 1,14 g/sm3 boʻlgan havorang suyuqlikka aylanadi, — 218,7° t-rada esa qotib, koʻk kristall hosil qiladi. Kristall holdagi K. bir nechta modifikatsiyaga (a, fS, u — shakl oʻzgarishiga) ega. Gaz holatidagi K.ning zichligi (0° va normal bosimda) 1,42897 g/l. K. 1 m3 suvda (20° va 1atm.

da) 0,031 m\ 0° da esa 0,049 m3, etanolda 0,2201 m3, atsetonda 0,2313 m3 eriydi.

Kimyoviy qossalari. K. eng faol (ftordan keyin) metallmas element, yengil inert gazlardan boshqa hamma elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Koʻp elementlar bilan bevosita reaksiyaga kirishadi; ogʻir inert gazlar, galogenlar, oltin va platina bundan mustasno. K. boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganda — oksidlanish reaksiyalarida issiqlik ajraladi (ekzotermik reaksiya). Odatdagi t-rada K. vodorod bilan nihoyatda sekin reaksiyaga kirishadi, 550° da esa reaksiya portlash bilan davom etadi: 2N2+O2=2N2O. Oltingugurt, uglerod, azot, fosfor bilan normal sharoitda juda sekin reaksiyaga kirishadi. T-ra oshirilganda reaksiya tezlashadi, element qizigach, yona boshlaydi. K.ning azot bilan reaksiyasi endotermik (issiqlik yutilishi bilan boradigan) reaksiya boʻlib, faqat 1200° da amalga oshadi. K. deyarli hamma metallarni, ayniqsa, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarini oson oksidlaydi. K.ning moddalar bilan reaksiyaga kirishishida suv muhim rol oʻynaydi. Mac, kaliy oʻta faol metall boʻlishiga qaramay, suvsiz sharoitda (quruq) K. bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin ozgina suv bugʻlari taʼsirida odatdagi t-rada kaliy K.da yona boshlaydi. K. metallarni oksidlab, korroziyaga sabab boʻladi. Baʼzi metall oksidlari K. bilan birikib, peroksid birikmalarni beradi. Katalizator ishtirokida ammiakning K. bilan oksidlanishidan azot (P)-oksid (NO2) hosil boʻladi (nitrat kislota ishlab chiqarishda shu jarayondan foydalaniladi). Muhim issiqlik manbai — uglevodorodlar (tabiiy gaz, benzin, kerosin) ning K.da yonishi sanoat va turmushda katta ahamiyatga ega. Hujayralarda oziq moddalarning K. bilan oksidlanishi tirik organizmlar uchun energiya manbaidir.

K. olishda: kimyoviy, elektroliz va fizik (havoni parchalash) usullaridan foydalaniladi. Kimyoviy usul ancha ilgari kashf qilingan. Bunda Bertole toʻzi (KSGO3) qizdirilganda parchalanib, toza kislorod O2 (1 kg toʻzdan 0,27 m3) ajralib chiqadi. Bu usulda olingan K.ning tannarxi qimmat va kam samarali boʻlgani uchun faqat lab. da qoʻllaniladi. Elektroliz usulida suvdan oʻzgarmas elektr toki oʻtkaziladi. Elektr oʻtkazuvchanlikni oshirish uchun suvga oʻyuvchi natriy (NaOH) eritmasi qoʻshiladi. Bunda suv kislorod va vodorodga parchalanadi. Fizikaviy usul. K. hozirgi vaqtda, asosan, havoni parchalash yoʻli bilan olinadi. Gazsimon havoni parchalash juda qiyin, shuning uchun uni oʻta sovitib (—180°) suyultirish, soʻngra tarkibiy qismlarga ajratish kerak. Dastlab azot, keyin K. bugʻlanib chiqadi. Havoni membrana — toʻsiqdan saralaboʻtkazish (diffuziya) usuli bilan ham lab.da K. olish mumkin. Sanoatda texnologik (92—98% O2), texnik (1-nav 99,7% O2, 2-nav 99,5% O2 va 3-nav 99,2% O,) va suyuq (99,7% O2) K. ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, davo muolajalari uchun (tibbiy K. 99,5% O,) maxsus K. ishlab chiqariladi. Gazsimon K. poʻlat ballon va ressiverlarda 150 yoki 420 atm. bosim ostida, suyuq K. metalldan yasalgan Dyuar idishlari yoki maxsus sisterna-tanklarda tashiladi va saqlanadi.

Metallurgiyada (q. Konverter, Kislorod bilan kesish va b.) va metallarni gaz alangasi bilan ishlash jarayonida payvandlash, sirt (yuza)ni toblash, shuningdek, aviatsiya, suv osti kemalarida texnik K. ishlatiladi. Texnologik K. esa kimyo sanoatida sunʼiy suyuq yoqilgʻi, surkov moylari, nitrat va sulfat kislota, metanol, ammiak va ammiakli oʻgʻitlar, metall peroksidlari olishda qoʻllaniladi. Suyuq K. portlatish ishlarida, reaktiv dvigatellarda va sovituvchi vosita sifatida lab.larda ishlatiladi. Sof K. katta balandliklarda, kosmik parvoz paytida, suv ostida nafas olish uchun va tibbiyotda davolash maqsadida (q. Kislorod bilan davolash) qoʻlaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Razumovskiy S.D., Kislorod — elementarnie formi i svoystva, M., 1979; Termodinamicheskiye svoystva kisloroda, M., 1981.

Stalina Qosimova.[1]

Kislorod - unsurlar davriy jadvalining 8 unsuri, gaz.

Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil