Oltingugurt
| Oltingugurt / Sulphur (S) | |
|---|---|
| Atom raqami | 16 |
| Koʻrinishi | och-sariq, moʻrt, qattiq modda, tozasi hidsiz |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
32,066 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 127 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
999,0 (10,35) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Ne] 3s2 3p4 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 102 pm |
| Ion radiusi | 30 (+6e) 184 (-2e) pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
2,58 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 6, 4, 2, -2 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 2,070 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0,732
Oltingugurt (Sulfur), S - Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 16, at.m. 32,064. Tabiiy O. 4 ta barkaror izotop 32S, 33S, 34S, 36S dan iborat. Sunʼiy radioaktiv izotoplari 3IS, 35S, 37S ham olingan. Yer poʻstining massa jihatdan 5410~2% ini tashkil qiladi. Dengiz suvida 0,08—0,09% O. bor. Tabiatda erkin (tugʻma O.) va birikmalar holida uchraydi. O.ning eng muhim tabiiy birikmalari metall sulfidlari, mas, FeS2 — temir kolchedan (pirit), ZnS — aldama pyx, PbS — qoʻrgʻoshin yaltirogʻi yoki glenit, Cu2S — mis yaltirogʻi va h.k. O. sulfatlar holida (angidrit CaSO4 gips CaSO4-2H2O, ogʻir shpat BaSO4, glau-ber tuzi va q.k.) ham uchraydi. Bundan tashqari, O. kumir, slanets, neft, tabiiy gazlar, hayvon va oʻsimlik orga-nizmlarida organik va anorganik birikmalar xrlida mavjud. Mas, oqsilda 0,8—2,4% O. bor. Tugʻma O. Meksika, AQSH, Italiya, Yaponiya, MDH mamla-katlarida bir necha allotropik koʻri-nishlarda uchraydi. Ulardan muhimlari romb va monoklin singoniyali O.dir. Romb panjarali O. sariqtusli, zichligi 2,07 g/sm3 (20°da), suyuklanish t-rasi 112,8°, qaynash t-rasi 445°. Sak-kiz burchakli halqasimon Sg tarkibli molekulalardan tuzilgan. Monoklin O. prizma shaklidagi tiniq kristallardan iborat, zichligi 1,96 g/sm3, suyuklanish t-rasi 118,9°. O. qizdirilsa, 112,8° da erib, sariq tusli harakatchan suyuqlikka aylanadi. 160°da qoʻngʻir tusga kirib, qovushoq boʻlib qoladi. O. metalloidlar jumlasiga kiradi. U inert gazlar, azot, yod, platina, oltina&n tashqari deyarli barcha elementlar bilan birikadi. Kis-lorodda 250°da, qavoda 360° da alangalanadi. O. birikmalarda —2, +4 va +6 valentli. Ishqoriy metallar, mis, kumush va simob bilan xona t-rasida, qizdirilganda faqat metallar bilan emas, balki metallmaslar bilan ham re-aksiyaga kirishadi. Mas, ftor bilan SF6, kislorod bilan SO2 hosil qiladi. Uning vodorodli birikmasi — vodorod sulfid H2S 350°da O. ustidan vodorod oʻtka-zib, shuningdek, SO2 ni qaytarib, H2S ni oksidlab hosil qilinadi. O.ning juda koʻp birikmalari maʼlum. O. konlardan (tugʻma O. holida) qazib olinadi. Shoʻrtang gaz kompleksida shu usulda guvalasimon (komovaya) O. olinadi. O.ning 50%ga yaqini sulfat kislota, 25% ga yaqini sulfat sellyuloza, qolgan qismi rezina sanoatiga, sunʼiy tola, portlovchi moddalar i.ch.ga, organik sintez va tibbiyot ehtiyojlariga sarflanadi. Sobirjon Aminov.[1] |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 0,27 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 386 K |
| Erish issiqligi | 1,23 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 717,824 K |
| Qaynash issiqligi | 10,5 kJ/mol |
| Molar hajm | 15,5 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | ortorombik |
| Panjara davri | 10,470 Å |
| Panjara/atom nisbati | n/a |
| Debye harorati | n/a K |
Oltingugurt - unsurlar davriy jadvalining 16 unsuri, metallmas.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |