Indiy
| Índiy / Indium (In) | |
|---|---|
| Atom raqami | 49 |
| Koʻrinishi | Oq-kumush rangli yumshoq metall |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
114,818 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 166 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
558,0(5.78) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d10 5s2 5p1 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 144 pm |
| Ion radiusi | (+3e) 81 pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
1,78 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 3 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 7,31 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0,234 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 81,8 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 429,32 K |
| Erish issiqligi | 3,24 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 2353 K |
| Qaynash issiqligi | 225,1 kJ/mol |
| Molar hajm | 15,7 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | tetragonal |
| Panjara davri | 4,590 Å |
| Panjara/atom nisbati | n/a |
| Debye harorati | 129,00 K |
Indiy (lot. Indium), In — Mendeleyev davriy sistemasining III guruxiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 49, at. m. 114,82. Kumushsimon-oq rangli, yaltiroq, yumshoq metall. Ik-kita - ||31p (4,33%) va ||51p (95,67%) izotopi bor. 1|51p kuchsiz radioaktiv (R — nurlanuvchi, yarim yemirilish davri T’/,=51014 y.) Atom radiusi 0,166 nm., ion radiusi (kavslarda koordinatsion sonlar koʻrsatilgan) In3+ uchun 0,076 nm (4), 0,094 nm (6), 0,106 nm (8). 1863 y. nemis olimlari F. Reyx va T. Rixter rux minerali — sfaleritni spektral analiz yoʻli b-n tekshirayotib, nomaʼlum elementning spektr chizigʻini topishgan. Spektr chizigʻi indigo rangida boʻlgani uchun bu yangi element I. deb ataldi. Uchta minerali — sof I., rokezit (CuInS2) va indit (FeIn2S4), jalindiy In (ON)3, sakuranit (CuInFe)3 (InSn)S4 bor, lekin ular kam uchraydi. I. ning zichligi 7,31 g/sm3, suyuklanish t-rasi 156,78°; qaynash t-rasi 2024°. Birikmalarida 1, 2 va 3 (koʻpincha) valentli. I. kislotalarda eriydi, ishkrrlarda deyarli erimaydi. Ochiq havoda oʻzgarmaydi. Yuqori t-rada oksidlanadi, 800° dan yuqorida koʻkbinafsha alanga berib yonib, kislotada eriydigan sariq kristall — I. oksid (1p2O3) hosil qiladi. Qizdirilganda galogenlar b-n oson birikib, galogenidlar (InCl3, InBr3, Inl3), oltingugurt b-n sulfidlar (In2S3, InS) hosil qiladi. Galogenidi (InHal) va qora oksidi (In2O) juda kuchli qayta-ruvchilardir. I. birikmalaridan I. sulfat In2(SO4)3, I. nitrat In(NO3)3-4,5 N2O va I. ortofosfat 1pRO4 lar ahamiyatlidir. I. qoʻrgʻoshin, rux, qalay i. ch. dagi chiqindilardan olinadi. Korroziyaga qarshi qoplamalar, oson eriydigan qotishmalar olishda, shisha va reflektorlar tayyorlashda va yarim oʻtkazgichlar texnikasida ishlatiladi.
Ad..Fedorov P. I., Moxosoyev M. V., Alekseyev F. P., Ximiya galliya, indiya i talliya, Novosibirsk, 1977; Yasenkos. P., Indiy; svoystva i primeneniye, M., 1987.[1]
Indiy - unsurlar davriy jadvalining 49 unsuri, metall.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||