Angstrem

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angstrem (Ongstryom) (Angstrom) — shved olimlari, ota, oʻgʻil va nevara; 1) Andree Yonas (1814 — 74) fizik va astronom, spektral tahlil asoschilaridan biri; 2) Knut Yuxan (1857 — 1910), geofizik, pirgeliometr va pirgeometrni yaratgan; 3) Anders Knutson (1888), geofizik, piranometrni yaratgan, quyosh doimiysi va quyosh faolligi oʻzgarishini tekshirgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil