Qalay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qalay / Stannum (Sn)
Atom raqami 50
Koʻrinishi Sariq-kumush rangli yumshoq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
118,71 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 162 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
708,2 (7,34) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10 5s2 5p2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 141 pm
Ion radiusi (+4e) 71 (+2) 93 pm
Elektrmanfiylik
(Poling boʻyicha)
1,96
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 4, 2
Termodinamik xossalari
Zichlik 7,31 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,222 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 66,8 Vt/(m·K)
Erish harorati 505,1 K
Erish issiqligi 7,07 kJ/mol
Qaynash harorati 2 543 K
Qaynash issiqligi 296 kJ/mol
Molar hajm 16,3 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi tetragonal
Panjara davri 5,820 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 170,00 K

Qalay — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 50, at. m. 118,710. Tabiiy Q. 10 ta izotopdan iborat: P25p (0,96%), p45p (0,66%), p55p (0,35%), P(,8p (14,30%), "78p (7,61%), ||85p (24,03%), ""5p (8,58%), |j5p (32,85%), sh5p (4,72%), |245p (5,94%). Oxirgi izotop kuchsiz radioaktiv (Rnurlanuvchi, T,/2>1016—1017 yil).

Q. qadimdan maʼlum; uning mis bilan qotishmasi — bronza (tunj)dan odamlar miloddan qariyb 4 ming yil ilgari foydalana boshlaganlar.

Q. Yer poʻstining massa jihatidan 8T0~3% ini tashkil etadi. Q tabiatda erkin holda deyarli uchramaydi. Uning 24 ta minerali maʼlum, shulardan muhimi qalaytosh — kassiterit 5p02 va stannin Si2Gʻe5p54.

Q. — havoda asta-sekin xiralashadigan yaltiroq oq metall; zichligi 7,29 g/sm3. 2 modifikatsiyasi bor. 0modifikatsiyasi (oq tusli) 13,2° dan yuqori trada barqaror; u tetragonal shaklda kristallanadi. |3Q. sovutilsa, kub strukturali kulrang ssQ (zichligi 5,75 g/sm3)ga aylanadi. Kulrang Q. suyuqlantirilganida oq Q. hosil boʻladi. Q.ning suyuqlanish t-rasi 231,9°, qaynash t-rasi =2600°. Q. boshqa metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Oddiy trada havoda ham, kislorodda ham oksidlanmaydi; suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, kimyoviy jihatdan faol emas. Galogenlar bilan uchuvchan tetragalogenidlar (mas, 5pS14) hosil qiladi. Konsentrlangan xlorid kislotada qizdirilsa, 8pS12hosil boʻladi (q. Qalay xloridlari). Konsentrlangan qaynoq sulfat kislotani 802ga qadar qaytaradi. Suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganida ammiakka qadar, konsentrlangan nitrat kislota taʼsirida 1\YU2ga qadar qaytariladi. Q. zar suvidya juda yaxshi eriydi. Amfoter xossaga ega boʻlganligi uchun kuchli ishqorlarda erib stanninlarga; ishqorda oksidlovchilar ishtirokida eritilsa, kislota tuzlariga aylanadi. Q. oʻz birikmalarida 2 va 4 valentli. 2 valentli Q. birikmalari tez oksidlanishi sababli qaytaruvchilar sifatida ishlatiladi. Q birikmalaridan 8pO — qora tusli, 8p5 — toʻq jigarrang ( 8p8, — sariq tusli; Qalay sulfidlari); qolgan birikmalari deyarli rangsiz. Q. kislotalarda ham, ishqorlarda ham eriganida vodorod ajralib chiqadi.

Q. rudalarida volfram, titan, lantanoidlar va boshqalar nodir metallarning qoʻshilmasi boʻladi. Bu rudalarni turli usullar bilan boyitib, tarkibida 50—70% Q. boʻlgan konsentrat hosil qilinadi. Konsentratda boʻlgan A$ va 5 ni yoʻqotish uchun 600—700° da kuydiriladi. Temir, vismut, surma va boshqalar qoʻshilmalardan tozalash uchun konsentratga konsentrlangan NS1 eritmasi qoʻshib ishlanganidan keyin, qoddiq koʻmir bilan maxsus pechlarda eritiladi; tarkibida Q. bor toshqollar qayta ishlanib, xomaki Q. olinadi (uning tarkibida 94—98% Q. boʻladi). Q.ni tozalashda 502, SO, A$203, A$N3kabi zaharli moddalar ajralib chiqishi sababli mehnat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish lozim.

Ishlab chiqarilgan Q.ning 50% ga yaqini ikkilamchi metallardir. U oq tunuka chiqindilari, temirtersak va turli qotishmalardan olinadi. Q.ning 40% ga yaqini konserva sanoati uchun oq tunuka tayyorlashga sarflanadi, qolgan qismi esa kavsharlar, podshipnik va bosmaxona qotishmalari tayyorlashga ketadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Bolshakov K.A., Fedorov P.I., Ximiya i texnologiya malnx metallov, M, 1984; Parpiyev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.A., Anorganik kimyo, T., 2003.

Zikrilla Isaboyev.

Qalay - unsurlar davriy jadvalining 50 unsuri, metall.

Unsurlarning davriy jadvali
H He
Li Be B C N O F Ne
Na Mg Al Si P S Cl Ar
K Ca Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr
Rb Sr Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe
Cs Ba * Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn
Fr Ra ** Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Uub Uut Uuq Uup Uuh Uus Uuo
* La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu
** Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr