Shisha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yashil shishadan tayyorlangan kuldon.

Shisha qattiq amorf moddadir. Shisha odatda moʻrt va shaffof boʻladi.

Shisha — tarkibi Sh. hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Sh. qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Sh. eritmasi sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Sh. — izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga koʻra, Sh. quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Sh., oksid Sh., galogenid Sh., xalkogenid Sh. va aralash Sh.

Elementar Sh. — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin.

Oksid Sh.ning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Sh. hosil qiladi.

Xalkogenid Sh. sulfidlar, selenidlar va telluridlar asosida olinadi. Margimush sulfid (A8,83), surma sulfid (8253), selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar (A$2Te3) asosidagi Sh.lar maʼlum.

Galogenid Sh. berilliy ftorid VeGʻ2va rux xlorid 2pS12asosida olinadi.

Oksid Sh. tarkibidagi Sh. hosil qiluvchi oksid xiliga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi (qavslarda Sh. hosil qiluvchi komponent koʻrsatilgan): silikat Sh. (8YU2), borat Sh. (V,03), fosfat Sh. (R2b5), germanat Sh., (Oye02), borosilikat Sh. (V20, va 8YU2), alyumosilikat Sh. (A1203va 8YU2).

Ishlatilishiga koʻra, qurilish Sh.si (deraza oynasi, Sh. bloklar va boshqalar), meʼmorlikqurilish Sh.si, avtomobil Sh.si, termik barqaror Sh., kimyoviy lab. Sh.si, tibbiyot Sh.si, optik Sh., elektrovakuum Sh.si, yorugʻlik texnikasi Sh.si, idish Sh.si, navli Sh., shuningdek Sh. tola va Sh. plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saklaydigan Sh., yorib oʻtuvchi radiatsiya indikatorlari Sh.si, oʻzgaruvchan yorugʻlik oʻtkazuvchi fotoxrom Sh., lazer materiallari sifatida qoʻllanadigan Sh., eruvchan Sh. va h.k. ishlab chiqariladi.

Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars Sh.si sanoatda kremniy dioksid 8YU2asosida olinadi. Me20p 8YU2(bu yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli eruvchan binar ishqoriysilikat Sh. ham sanoat ahamiyatiga ega. Deraza oynasi, meʼmorlikqurilish, navli, idish va boshqalar sanoat Sh.lari asosini №20—SaO—8YU2uchlik sistemadagi kompozitsiyalar tashkil etadi. Bu oksidlardan tashqari ular tarkibiga Sh.iing kristallanishga moyilligini susaytiruvchi M§0 va kimyoviy barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi. Baʼzi Sh. turlarining kimyoviy tarkibi jadvalda keltirilgan.

SH.ning xossalari uning tarkibidagi komponentlarga bogʻliq. Eng tavsifli xossasi uning shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83— 90%, optik Sh.niki esa 99,95% gacha). Sh. moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda sezgir. Zichligi 22008000 kg/m3.

Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Sh.lar mavjud (q. Vulkan shishasi). Sunʼiy Sh.ning paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.

SH. mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Sh. ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. Sh.ga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda Sh. eritilgan. Qadimgi Sh.lar 1000—1100°da pishirilgan.

2 muhim masala — shaffof Sh. tayyorlash va mahsulotga puflab shakl berish hal qilingandan boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim oʻzgarish roʻy berdi. 19-asr oxirigacha shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi, 20-asrning 20-y.laridan boshlab turli xil Sh.lar ishlab chiqarish avtomatlashtirildi.

Badiiy Sh. badiiy idish va buyumlar, meʼmorlik qismlari, manzarali kompozitsiyalar, haykaltaroshlik (asosan, kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy bezak toshlar, Sh. mozaika va boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy Misr (mil. av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya, Xitoyda rivojlangan. Bu davrdagi shishasozlik maktablarining ish tajribalari yozilgan asar va kitoblarning eng qadimgisi mil. av. 2 ming yillarga oid boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat topilgan. Aynan shu mamlakatda loyga mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan mil. av. 7-asrga taalluqli jadvallarda eng qadimgi rangli Sh.lar tarkibi va tayyorlash usullari bayon etilgan. Arxeologik izlanishlar qadimgi sunʼiy Sh. buyumlar mil. av. 4-ming yillik oʻrtalariga mansubligini, ular ilk bor Misr yodgorliklarida, keyinroq Mesopotamiyada uchrashini koʻrsatadi. Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga mansub Sh. mahsulotlar koʻpgina mamlakatlar yodgorliklarida topilgan.

Qadimgi dunyo sanʼatida Sh. mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa, tamga va boshqalar), asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori, feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy shishachilik markazi sifatida Vizantiya shuhrat qozondi, Gʻarbiy Yevropada gotika davrida vitraj sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi.

Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda Suriya Sh.si mashhur boʻldi. 15—16-asrlarda Venetsiya Sh.si, 17-asrda Chexiya Sh.si dongtaratdi. 1770-y.lardan (dastlab Angliyada) billursimon Sh. ishlandi. 18-asrdan sunʼiy qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi. 19-asr oxiri va 20asr boshida Sh.dan amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila boshlandi.

Oʻrta Osiyoda bronza va temir davrlarida shaffof va turli rangli Sh. mahsulotlar tayyorlangan. Tuxolo (Toxarisgon) (hoz. Oʻzbekistonning janubi va Tojikistonning bir qismini oʻz ichiga olgan davlat)da havorang , qizil rangli Sh. tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari oʻsha davrlarda Samarqandda ham Sh.dan bezak buyumlari ishlanganligini qoʻrsatadi. Bolaliktepadan topilgan nok shaklidagi medalon (2,5x2 sm) Sh.si yashil boʻlib, gardishga oʻrnatilgan. Movarounnahr 9—10-asrlarda Sh.si bilan ham shuhrat qozongan. 10— 12asr shishasozlari metall qoliplar, qirquvchi, randalovchi dastgohlardan foydalanib badiiy Sh. mahsulotlari tayyorlaganlar. Tabiblarning idishlari, pardoz butomlari Sh.dan ishlangan. Oʻrta asrlarda Sh. meʼmorliqda ham ishlatilgan. Venetsiyalik sayyoh Klavixo oʻz xotiralarida Samarqandning ulugʻvor binolarida rangli Sh. ishlatilganini yozgan.

Ulugʻbekning Chinnixona koʻshki, Ishratxona maqbarasining ganch panjaralarida rangli Sh. ishlatilgan. Buxoro ham qadimdan oʻz Sh.si bilan mashhur boʻlgan. Marv, Nisoda oʻrta asrlarda Sh. tayyorlovchi ustalarning doʻkonlari boʻlgan.

Xitoy manbalarida Oʻzbekiston hududidan Xitoyga borgan ustalarning mil. 424 yilda shu yerli xalqni shishasozlik sirlari bilan tanishtirganliklari, Sh.dan imperator uchun maxsus taxt yasab berganliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Amerika olimi E. Sheferni "Samarqandning oltin shaftolilari" nomli kitobida (1881 yil) Xitoyga Tan Imperiyasi davrida (7—10-asrlar) Fargʻonadan (675 va 761 yillar), Toxaristondan (hoz. Surxondaryo viloyati) (730 va 741 yillar) va Keshdan (hoz. Shahrisabz) (746 yil) qizil va koʻk, havorang , tiniq va shaffof Sh.lar (xitoycha "boli") va qimmatbaho tabiiy toshlar singari nur oʻtkazmaydigan rangli Sh.lar (xitoycha "lyuli") olib borilganligi qayd etilgan. Bu maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarda shishasozlik Oʻzbekiston hududida yuqori darajada rivojlanganligini qoʻrsatadi.

SH. ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo (tabiiy yoki sunʼiy) komponentlarini tayyorlash, aralashtirish (shixta hosil qilish), pishirish, Sh. massasini sovitish, shakl berish, qizdirish va ishlov berish (termik, kimyoviy va mexanik)dan iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars qumlari, soda, potash, ohaktosh, kaolin, dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi materiallar oʻrnida boʻyagichlar (kobalt, nikel, temir, xrom, mis oksidlari va boshqalar), oksidlovchilar (natriy yoki kaliyli selitra va boshqalar) va qaytaruvchilar (koʻmir, koks, vino toshi, qalay birikmalari) ishlatiladi.

SH. sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda pishiriladi. Sh. pishirish jarayoni Sh. massasini suyuqlantirish, tiniqlashtirish (havo va boshqalar gazlardan tozalash), gomogenlash va sovitishni oʻz ichiga oladi. Sh. 1400— 1450°da pishiriladi, 14601500°da tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi. Sh.ga shakl berish va undan buyumlar yasash presslash, puflash, choʻzish va prokatlash yoʻlibilan amalga oshiriladi. Sh.ni 500—600"da (shishalanish trasidan 20—30° yuqori) astasekin sovitish yoki sovitish trasidan keskin sovitish (toblash) yoʻli bilan undagi ichki kuchlanishlarning bir tekis taqsimlanishiga erishiladi. Sh. toblanganda mexanik mustahkamligi ortadi.

SH. xalq xoʻjaligida (sanoat inshootlari qurilishida), Sh. tola va Sh. plastiklar ishlab chiqarishda, texnikaning turli sohalarida — optika, asbobsozlik, yorugʻlik texnikasi, elektrovakuum sanoatida kimyoviy lab. jihozlari, Sh. idishlar, badiiy va maishiy buyumlar ishlab chiqarishda keng qoʻllanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Abdurazakov A.A., Bezborodov M.A., Zadneprovskiy Yu.A., Steklodeliye Sredney Azii v drevnosti i srednevekovye, T., 1963; Amindjanova M., Sayko E., Keramika, steklo i farfor v Sredney Azii, T., 1968; Artamonova M.V., Aslanova M.S., Bujinskiy I . M . i dr., Ximicheskaya texnologiya stekla i sitallov, M., 1983; Abdurazakov A. A., Bezborodov M.A., Srednevekovme stekla Sredney Azii, T., 1966.

Abdugʻani Abdurazeoqov, Rustam Maʼrupov.


Eng keng tarqalgan shisha tarkibining taqriban 75%i SiO2, qolgan qismi Na2O, CaO va boshqa mayda qoʻshimchalardan iborat boʻlgan silikat shishadir, undan deraza oynalari va shisha idishlar tayyorlanadi.

Biroq fanda shisha atamasi har qanday shishalanuvchi kristallmas amorf qattiq jismni bildiradi. Bunday taʼrif bilan baʼzi qotishmalar, suvli eritmalar, molekular suyuqliklar va polimerlar ham shisha, deb qaraladi. Polimer shishalar nisbatan yengil va egiluvchan boʻlgani uchun koʻzoynak va avtomobil oynalari ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.