Galliy
| Galliy / Gallium (Ga) | |
|---|---|
| Atom raqami | 31 |
| Koʻrinishi | Oq-kumush rangli yumshoq metall |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
69,723 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 141 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
578,7 (6,00) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Ar] 3d10 4s2 4p1 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 126 pm |
| Ion radiusi | (+3e) 62 (+1e) 81 pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
1,81 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 3 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 5,91 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0,372 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 28,1 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 302,93 K |
| Erish issiqligi | 5,59 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 2 676 K |
| Qaynash issiqligi | 270,3 kJ/mol |
| Molar hajm | 11,8 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | ortorombik |
| Panjara davri | 4,510 Å |
| Panjara/atom nisbati | n/a |
| Debye harorati | 240,00 K |
Galliy (Gallium), Ga — Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 31; at.m. 69,72; barqaror izotoplari: Ga""(61,2%) va Ga71(38,8%). Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan Ga72 (yarim yemirilish davri 14,2 soat) radioaktiv indikator sifatida qoʻllaniladi. G.ni 1875 y.da fransuz kimyogari Lekok deBuabodran kashf etgan va Fransiyaning lotincha nomi b-n "galliy" deb atagan. G. kumush kabi oqish-kulrang metall. Tabiatda nodir minerallar: zengeit Ga(OH)3 gallit CuGaS2 va b. holida uchraydi. G. Yer poʻstlogʻida ogʻirlik jihatidan 1,8-10-3%, dengiz va okean suvlarida 3-1O"5% ni tashkil qiladi.Atom radiusi 0,139 nm-. Qattiq G.ning zichligi 5,904 g/sm3 (20° da), suyuqlanish t-rasi 29,5°; qay-nash t-rasi 2205°. G. kimyoviy xossalari jihatidan alyuminiyga juda oʻxshaydi, havoda keyingi oksidlanishdan himoyalovchi oksid parda b-n qoplanadi. Bosim ostida qizdirilganda G. suv b-n birikib gidroksid hosil qiladi. Galliy gidroksid Ga(OH)3 amfoter. G. oddiy sharoitda mineral kislotalar b-n taʼsirlanib tuzlar, ishqor eritmalari yoki ishqoriy metallar karbonatlari b-n reaksiyaga kirishib gid-roksogallatlar beradi. Xona t-rasida xlor va ftor b-n, brom b-n esa —35° dayoq (20° da — alangalanish b-n), qizdirilganda yod b-n reaksiyaga kirishadi. Vodorod, azot, uglerod, kremniy va bor b-n birikmalar hosil qilmaydi. G. koʻpgina metallar b-n gallidlar hosil qiladi. Ulardan ahamiyatlilari NbGa va Y3Ga dir. G. margimush, fosfor, surma b-n birikib, tegishli galliy arsenid, galliy fosfid, galliy antimonid, oltingugurt, selen va tellur b-n 600—1100° da xalkogenidlar hosil qiladi. Ga2S3 — oq (zichligi 3,650 g/sm3), och sariq (3,74 g/sm3) yoki toʻq sariq kristall modda. Suyuklanish t-rasi 1125°. Ga2S2 — sariq rangli kristall modda, suyuklanish t-rasi 1015°; zichligi 3,75 g/sm3. Ga2Se2— toʻq qizil kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 960°, zichligi 5,03 g/sm3; yarimoʻtkazgich sifatida qoʻllaniladi. Ga2Te3— qora rangli kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 810°; zichligi 5,582 g/sm3. G. va uning birikmalariga 1050—1200° da ammiak taʼsir ettirib galliy nitrid GaN olinadi. Uning suyuklanish t-rasi -1700°; zichligi 6,1 g/sm3; radiotexnikada, dielektrik qoplamalar tayyorlashda va istiqbolli lazer material sifatida qoʻllaniladi. G., asosan, alyuminiy va rux xom ashyolarini qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilardan olinadi. G. yuqori t-ralarni oʻlchaydigan termometrlar, yarimoʻtkazgichlar, maxsus optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi.
Rustam Maʼrupov.[1]
Galliy - unsurlar davriy jadvalining 31 unsuri, metall.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||