Geliy
| Geliy (He) | |
|---|---|
| Atom raqami | 2 |
| Koʻrinishi | rangsiz, taʻmsiz va hidsiz inert gaz |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
4.002602 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | n/a pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
2361.3(24.47) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | 1s2 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | n/a pm |
| Ion radiusi | 93 pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
4.5 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 0 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 0.147 (-270 °C da) g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 5.188 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 0.152 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 0.95 (2.5 MPa da) K |
| Erish issiqligi | n/a kJ/mol |
| Qaynash harorati | 4.216 K |
| Qaynash issiqligi | 0.08 kJ/mol |
| Molar hajm | 31.8 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | geksagonal |
| Panjara davri | 3.570 Å |
| Panjara/atom nisbati | 1.633 |
| Debye harorati | n/a K |
Geliy (lot. Helium), He—Mendeleev davriy sistemasining sakkizinchi guruh kimyoviy elementi, tartib rakami 2, at.m. 4,0026, rangsiz va hidsiz gaz. Tabiiy G. ikki izotop aralashmasidan iborat (3Ne, 4Ne). 1868 y.da fransuz astronomi J. Jansen va ingliz astronomi R. Lokyer quyosh spektrida yangi sariq chiziqni aniqladilar. U oʻsha vaqgda maʼlum boʻlgan elementlar chizigʻiga sira oʻxshamasdi. Bu nomaʼlum elementga G. deb nom berildi (yun. helios — quyosh). 1895 y.da ingliz kimyogari U. Ramzay G.ni radioaktiv kleveit mineralidan olishga muvaffaq boʻldi. Kleveitni qizdirilganda ajralib chiqqan gaz spektrida ham oʻsha chiziq bor edi. Yerda G. juda kam: 1 m3 havoda bor-yoʻgʻi 5—24 sm3, 1 kg yer moddasida 0,003 mg G. bor. G. fazoda eng koʻp tarqalgan elementlardan biri (vodoroddan keyin 2-oʻrinda turadi). Kosmos massasining deyarli 23% i G.dan iborat. U hajm jihatidan yer atmosferasining 0,0005% ini tashkil etadi. Yer yuzida G. asosan Yer poʻstidagi radioaktiv elementlar (kleveit, monatsit va torianit) tarkibida uchraydi. G. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan va neft gazlarining uglevodorodli yoki azotli birikmalaridan olinadi. Koʻpgina neft va gaz konlarida tabiiy G. zaxiralari bor. Yer yuzidagi G.ning asosiy qismini 4Ne tashkil etadi. 4Ne uran, toriy kabi radioaktiv elementlarning parchalanishidan hosil boʻladi. 3Ne juda oz miqdorda uchraydi. Tarkibida 2 g uran va 10 g toriy tutgan 1 t granit radioaktiv parchalanganda 1 mg G. ajralib chiqadi. Atmosferada vodorodning ogʻir izotopi tritiy (T) parchalanganda 3Ne hosil boʻladi. G. normal sharoitda bir atomli gaz. Zichligi 0,17846 g/l, qaynash t-rasi — 268,9°. G. normal bosimda har qancha sovitilganda ham suyuq holatini saqlay oladigan yagona modda. G. 2,5 MPa bosim ostida kristallanadi. Issiqlik oʻtkazuvchanligi 0,1437 Vt/(m.k.). G. atomining radiusi 0,85 dan 1,33 Ye gacha. 20° da 1 l suvda 8,61 sm3/l, etanodda 3 sm3/l G. eriydi. 4Ne izotoplaridan iborat suyuq G.ning ajoyib xossalari bor. U tarkibida G. boʻlgan tabiiy gazlardan olinadi. G.ning inertlik xossasidan metallarni qirqishda, payvandlash va oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda foydalaniladi. G.ning yonmasligi va zichligining kichikligi stratostatlarni toʻldirishda qoʻl keladi. G. yuqori issiqlik oʻtkazuvchanligi, kimyoviy inertligi, yadro reaksiyasidagi neytronlar b-n deyarli reaksiyaga kirishmasligi tufayli atom reaktorlarini sovitishda qoʻllaniladi. Suyuq holdagi G. yer yuzidagi eng sovuq suyuqpikdir, u turli ilmiy tekshirishlarda sovutkich sifatida ishlatiladi.[1]
Géliy (He) — unsurlar davriy jadvalining 2 unsuri, gaz.
Qollanishi
Hovo kemalarida (Dirijabllarda)
Bayram pufakchalarida misol uchun
Gaz trubalarida yorilishlarni topish uchun
Ovoz temberini o'zgartirish uchun
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||