Berilliy
| Berilliy / Beryllium (Be) | |
|---|---|
| Atom raqami | 4 |
| Koʻrinishi | kul rang, qattiq, moʻrt metall |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
9,01218 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 112 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
898,8 (9,32) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [He] 2s2 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 90 pm |
| Ion radiusi | 35 (+2e) pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
1.57 |
| Elektrod potensiali | −1,69 В |
| Oksidlanish darajasi | 2 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 1,848 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 1,824 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 201 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 1 551 K |
| Erish issiqligi | 12,21 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 3 243 K |
| Qaynash issiqligi | 309 kJ/mol |
| Molar hajm | 5,0 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | geksagonal |
| Panjara davri | 2,290 Å |
| Panjara/atom nisbati | 1,567 |
| Debye harorati | 1 000,00 K |
Berilliy (Beryllium), Be— kimyoviy element. Mendeleev da vri i sistemasining II guruhiga mansub, tartib rakami 4, atom m. 9,012; kumushdek oq, yengil va qattiq metall. Tabiatda bitta barqaror izotop ‘Be holida uchraydi. Fransuz kimyogari L. Voklen 1798 i.da berill mineralidan ajratib olingan oksidi VeO shaklida topgan (B.ning nomi ham shundan olingan). F. Vyoler bilan A. Byussi 1828 y.da bir-biridan mustaqil holda metall B.ni birinchi marta sof xolda olgan. B.ning yer poʻstidagm oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatdan 610~ 4% ga teng . Dengiz va okean suvlarida esa 610~4~7 mgGʻl ni tashkil etadi. B.ning 54 ta minerali maʼlum. Ulardan berillning amaliy ahamiyati katta, fenakit, gelvin, xrizoberill, bertranditning istiqboli porlokdir.
B. berilliy xloridni elektrolizlab olinadi. B.ning ikki (a va (1) shakl oʻzgarishi maʼlum. a va (5 B. 1277° trada bir-biriga aylanadi. B. geksagonal sistemada kristallanadi.
B.ning zichligi 1816 kg/m3, suyuqlanish t-rasi 1287°, qaynash t-rasi 247G. Poling buyicha elektr manfiyligi 1,5; atom radiusi 0.113 nm; ion radiusi Ve2Q 0,030 nm, koordinatsion soni 3 ga teng . Havoda sirti himoyalovchi VeO pardasi bilan qoplanishi tufayli B. oksidlanmaydi. 800° dan yuqori trada qizdirilganda tez oksidlanadi. Amfoterligi bilan II guruhning boshqa mstallaridan farqqiladi. B. suyultirilgan kislota va ishqorlarda eriydi, shu jihatdan alyuminnyga uxshaydi. B. ishqorlarning suvdagi eritmalarida eriganda, berillatlar (mas, Na,BeO2) hosil boʻladi. Yuqori trada aksari metallar bilan oʻzaro taʼsir etib, berillidlarni hosil qiladi.
B. f-torid VeQ ishqoriy metallar f-toridlari va ammoniy f-torid taʼsirida sanoat uchun katta ahamnyatga ega boʻlgan f-torberillatlar (mas, Na,BeF4)HH hosil qiladi. B.ning changi va uchuvchan birikmalari juda zaharli. B. samolyotsozlik, raketa va yadro texnikasida, elektrotexnikada rentgen trubkalari tayerlashda mis, nikel, xrom, alyuminiy hamda temir qotishmalariga qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi. B.dan neytronlar maibai sifatida foydalaniladi. B.ning tuzlari yorugʻlik texnikasida ishlatiladigan lyuminofor moddalar tarkibiga qoʻshiladi.[1]
Berilliy - unsurlar davriy jadvalining 4-unsuri, metall.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |