Vikipediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Vikipediya
155pxVikipediya logosi
Web-manzil www.wikipedia.org
Interviki Bosh Sahifa
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Oʻzbekcha boʻlimi uz.wikipedia.org
Asos solingan sana 15-yanvar, 2001-yil
Asoschi Jimmy Wales va Larry Sanger
Maqolalar soni 20 milliondan dan ortiq
Viki-mexanizm Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yo'q

Vikipediya — ko‘p tillik, vebga asoslangan, erkin ensiklopediya. U ko‘pchilik tomonidan yoziladi va uni yozishda hech qanday cheklanishlar qo‘yilmaydi. Ushbu loyiha 15 yanvar 2001 yil mutaxassislarga mo‘ljallangan Nupediaga to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng ko’p qaraladigan ma'lumot manbasiga aylandi.[1] Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor. Vikipedianing eng katta ingliz tili bo‘limi 3.8 milliondan ortiq maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qog‘oz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi bo‘lmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi) dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur bo‘lib ketishi tufayli unga yo‘ldosh Wiktionary, Wikibooks, hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo bo‘lganidir.

Mundarija

Tarixi

Vikipediyaga 2001-yil Amerika Qo’shma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger “Vikipediya” so’zini inglzicha “wiki” va “encyclopedia” so’zlarini birlashtirib o’ylab topgan. “Wiki” sozi aslida Gavayliklarning so’zi bo’lib, “tez” degan ma’noni bildiradi va ko’pchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Wales’ning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish.

O'zbek tilidagi Vikipediya

O’zbek tilidagi Vikipediyada 7 884 ta maqola bor.

O'zbek Vikipediyasining O'zbekiston hududida to'silishi

2011 yilning oxirida no'malum sabablarga ko'ra O’zbekiston hududida o’zbek Vikipediyasi to’sib qo’yildi.[2] Hozir O’zbekistonda bosh sahifani ochganlar msn.com ga uloqtirilib tashlanmoqda. O'zbekiston hududidan tashqarida o'zbek Vikipesiyasining bosh sahifasi ochilsa “Oʻzbekcha Vikipediya Oʻzbekiston hududida toʻsilgan. Toʻsilish sababi va muhlati nomaʼlum.” – deb yozilgan.[3] Bu o’zbek Vikipediyasining rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirmoqda. Bu to'sishni ko'pchilik O’zbekistonda inson huquqlari poymol bo’layotgani va so’z erkinligi yo’qligan nishona deb qaramoqda.[4]

Turli Tillardagi Nashrlari

Vikipedia juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:

  1. Ingliz (2 mln dan ortiq)
  2. Nemis (395,809)
  3. Fransuz (286,090)
  4. Polyak (234,750)
  5. Yapon (211,862)
  6. Datcha (190,161)
  7. Shved (159,000)
  8. Italyan (157,600)
  9. Portugal (134,818)
  10. Ispan (118,483)

...
94. Oʻzbek (8,265)

Manbalar

  1. Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha). Alexa Internet. 18 Fevral, 2012.
  2. Ўзбекистонда ўзбекча Wikipedia тўсиб қўйилди. Ozodlik Radiosi (16 Fevral 2012). 18 Fevral, 2012.
  3. O'zbek Vikipediyasining bosh sahifasi. 18 Fevral, 2012.
  4. Nodir Atayev (17 Fevral 2012). Vikipediya ishonchlimi?. Ozodlik Radiosi. 18 Fevral 2012.

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda