Metr
Metr (belgilanishi: m; grekcha μέτρον — o'lchov) — SI dagi uzunlik o'lchov birligi. 1 metr — yorug'lik nurining vakuumda, 1/299 792 458 soniya ichida bosib o'tgan masofasiga teng.
Mundarija |
[tahrir] Hosil bo'ladigan birliklar
[tahrir] Pikometr
Pikometr (belgilanishi: pm) — 10-12 metrga teng. Masalan: Gyeliy atomi radiusi 31 pm.
[tahrir] Nanometr
Nanometr (belgilanishi: nm) — 10-9 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning milliarddan bir qismi. Masalan: Qattiq jismlardagi atomlar orasidagi masofa nanonetrlarda o'lchanadi.
[tahrir] Mikrometr
Mikrometr (belgilanishi: µm) — 10-6 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning milliondan bir qismi. Masalan: Shudring tomchisi taxminan 10 µm ga teng.
[tahrir] Millimetr
Millimetr (belgilanishi: mm) — 10-3 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning mingdan bir qismi. Masalan: Muhandislik loyiha va inshootlarida, meteorologiyada va boshq.
[tahrir] Santimetr
Santimetr (belgilanishi: sm) — 10-2 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning yuzdan bir qismi.
[tahrir] Detsimetr
Detsimetr (belgilanishi: dm) — 10-1 metrga teng. Ya'ni, 1 metrning o'ndan bir qismi.
[tahrir] Kilometr
Kilometr (belgilanishi: km) — 103 metrga teng. Masalan: Transportlarda odatda bosib o'tilgan masofa kilometrlarda o'lchanadi.
[tahrir] Tarixi
- 1790 yil 8-may — frantsuz milliy qurultoyi qarori bilan, 1 metr — 1 soniyada 45° burchak ostida tebranayotgan yarim davrli mayatnik uzunligiga teng qilib olindi.
- 1791 yil 30-mart — frantsuz milliy qurultoyi, frantsuz fanlar akademiyasi talabiga binoan, 1 metr — Parij meridianining 40 milliondan bir qismiga teng deb olindi.
- 1795 yil — vaqtinchalik latundan metr etalonini yasalishi.
- 1799 yil 10-dekabr — frantsuz milliy qurultoyi qarori bilan, 1799 yil 23-iyulda qayta yasalgan metr etaloni tugallangan nusxa hisoblanib davlat arxiviga joylashtirildi.
- 1889 yil 28-sentabr — birincha xalqaro qurultoy (CGPM)
- 1927 yil 6-oktabr — yettinchi xalqaro qurultoy (CGPM) Metr etalonining yanada aniqroq nusxasi. Bu etalonning ko'ndalang kesimi yuzasi «X» shaklida bo'lib, platina va iridiy qorishmasidan tayyorlangan.
- 1960 yil 20-oktabr — 11-xalqaro qurultoy (CGPM): 1 metr — vakuumda nurlangan kripton-86 izotopi to'lqin uzunligining 1650763,73 ga ko'paytmasiga teng deb belgilandi.
- 1983 yil 21-oktabr — 17-xalqaro qurultoy (CGPM):
- 1 metr — yorug'lik nurining vakuumda, 1/299 792 458 soniya ichida bosib o'tgan masofasiga teng.
[tahrir] Qiziqarli ma'lumotlar
- Kompyuter jargon iboralarida «metr» deganda, megabayt tushunilishi mumkin.
- Italiyada metr o'lchov birligi belgisi «m» dan tashqari, yana «mt» belgisini ham uchratish mumkin.